Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Yanvar, 2025   |   10 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:32
Shom
17:16
Xufton
18:35
Bismillah
10 Yanvar, 2025, 10 Rajab, 1446

Masjidlarda yog'ingarchiliklar oqibatlaridan panoh va yaxshiliklarga sababchi bo'lish duosi o'qiladi – ISTISHO

16.03.2022   2571   5 min.
Masjidlarda yog'ingarchiliklar oqibatlaridan panoh va yaxshiliklarga sababchi bo'lish duosi o'qiladi – ISTISHO

O'zbekiston Respublikasi Gidrometereologiya xizmati xabariga ko'ra, shu yilning 16–19 mart kunlari yurtimiz hududida uzluksiz davom etayotgan yog'ingarliklar oqibatida, Respublikamizning 10 ta viloyatida sel kelish xavfi mavjudligi e'lon qilindi.
Ma'lumki, Islom dini manbalarida har bir holat uchun – yaxshi-yomon kunlar, xursandchilik-musibatli damlarda o'ziga xos duolarni o'qish haqida bayon etilgan. Haq taolodan shu kunlarda yurtimizda bo'layotgan yog'ingarchiliklarning salbiy oqibatlaridan panoh va yaxshiliklarga sababchi bo'lishini so'rab, vaqtli namozlarda, xususan, bugun 16 mart kuni peshin namozida mamlakatimizdagi barcha jome masjidlarda yog'ingarchiliklar oqibatlaridan panoh va yaxshiliklarga sababchi bo'lish duosi (ISTISHO) o'qiladi.

ISTISHO (YoMG'IR TINIShINI SO'RASh) DUOSI

Nabiy sollallohu alayhi vasallam yomg'ir yoqqanda “Allohim uni rahmat yomg'iri ayla, azob yomg'iri qilma!” deganlar. Qachonki, yomg'ir ko'payib ketib, uning zararidan xavf paydo bo'lsa, mazkur duoni o'qish mustahabdir.
Istisho (الاستصحاء) bu – lug'atda “havo ochilishi, samo yomg'irsiz bo'lishini so'rash" ma'nosini anglatadi.
Duoning arabcha matni:

"اللهم حوالَيْنا ولا علينا، اللهم على الآكام والجبال والآجام والظِّراب والأودية ومنابت الشجر"

O'qilishi: "Allohumma havaalayna va laa 'alaynaa. Allohumma 'ala-l-aakaami val-jibaali va-l-aajaami vaz-zirobi val-avdiyati va manaabiti-sh-shajar".
Ma'nosi: "Ey Alloh, ustimizga emas, atrofimizga yog'dir. ey Alloh, tepaliklarga, tog'larga, chakalakzorlarga, qir-adirlarga, vodiylarga va daraxtzorlarga yog'dir". Ushbu siyg'a bilan imom Buxoriy rivoyatida kelgan.
Imom Muslim va boshqalar rivoyatida ayrim lafziy farqliklar bor. Imom Muslim rivoyatida biroz qisqaroq:

"اللَّهمَّ حوالَينا ولا علَينا ، اللَّهمَّ على الآكامِ والظِّرابِ ، وبُطونِ الأوديةِ ، ومَنابتِ الشَّجرِ"

O'qilishi: "Allohumma havaalayna va laa 'alaynaa. Allohumma 'ala-l-aakaami vaz-zirobi va butuni-l-avdiyati va manaabiti-sh-shajar".
Ma'nosi: "Ey Alloh, ustimizga emas, atrofimizga yog'dir. ey Alloh, tepaliklarga, qir-adirlarga, vodiylar bag'riga va daraxtzorlarga yog'dir".
Yodlab olish uchun aynan ushbu rivoyatdagisi osonroq. Shu bois ham duo va zikr kitoblarida imom Muslim rivoyatlarida kelgan duo tavsiya qilinadi.
Anas (raziyallohu anhu)dan rivoyat qilinishicha, bir kishi Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) xutba qilib turganlarida masjidga kirib keldi va Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ga yuzlanib, "ey Allohning Rasuli, mollarimiz nobud bo'ldi, yo'llarimiz uzildi (ya'ni qurg'oqchilik tufayli chorvalarimiz, tuyalarimiz eyishi uchun o't-o'lanlar ham o'smayapti. Ulovlarimiz ozib ketdi. Shu tufayli safar ham qilolmaydigan bo'ldik). Shunday ekan, Allohga duo qiling, bizga yomg'ir bilan yordam bersin!", dedi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) qo'llarini ko'tarib "للَّهمَّ أغِثنا ، اللَّهمَّ أغِثنا" ya'ni "ey Alloh bizga yomg'ir yubor, ey Alloh bizga yomg'ir yubor" dedilar. Anas (raziyallohu anhu) aytadilar: "Allohga qasamki, osmonda bir parcha bulut ham yo'q edi. Sal' tog'i bilan masjidimiz orasidagi har bir uy va hovli (ahli) bunga guvoh edi. Shu payt mazkur tog' ortidan qalqondek keladigan bir bulut chiqib keldi. Samoning qoq o'rtasiga kelgandan so'ng, kengaya boshladi. Allohga qasamki, bir hafta quyosh ko'rmadik. Keyin keyingi jumada Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) xutba qilib turganlarida o'sha eshikdan boshqa bir kishi kirdi va U zotga yuzlanib: "ey Allohning Rasuli, mollarimiz nobud bo'ldi. Yo'llarimiz uzilib qoldi (ya'ni davomli yomg'ir yog'averganidan chorvalarimiz o'tlolmayapti. Hammayoq suv va loy bo'lib ketganidan rizq talabida safar ham qilolmayapmiz). Shunday ekan, Allohga duo qiling, yomg'irni to'xtatsin!", dedi. Shunda Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) "اللَّهمَّ حوالَينا ولا علَينا ، اللَّهمَّ على الآكامِ والظِّرابِ ، وبُطونِ الأوديةِ ، ومَنابتِ الشَّجرِ" ya'ni "ey Alloh, ustimizga emas, atrofimizga yog'dir. ey Alloh, tepaliklarga, qir-adirlarga, vodiylar bag'riga va daraxtzorlarga yog'dir", deb duo qildilar. Anas (raziyallohu anhu) aytadilar: "o'sha zahoti yomg'ir tindi va quyosh chiqib turgan holatda masjiddan chiqdik" (Muttafaqun alayh).

Ushbu hadisi sharif Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning Allohga naqadar karamli va aziz banda ekanliklariga dalolat qiladiki, duo qilishlari bilan yo'q joydan bulut paydo bo'lib yomg'irga mo'l bo'ldilar. Keyingi haftasi esa yomg'ir tinishini so'rashlari zahoti yomg'ir, tinib bulut tarqab ketdi.

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Farzand tarbiyasiga oid 6 oyat

9.01.2025   2903   2 min.
Farzand tarbiyasiga oid 6 oyat

Luqmoni Hakim o‘z o‘g‘illariga qilgan nasihatlari Qur’oni karimda keltiriladi.


Nasihatning eng birinchisi – shikrdan qaytarish.

“Ey, o‘g‘ilcham! Allohga shirk keltirmagin! Chunki shirk ulkan zulmdir” (Luqmon surasi, 13-oyat).

Shirk eng og‘ir zulm, eng qabih jaholat va eng katta gunoh sanaladi.


Nasihatning ikkinchisi – ota-onaning haqqini ado etish.

“Agar ular (ya’ni ota-onang) seni o‘zing bilmagan narsalarni Menga sherik qilishga zo‘rlasalar, u holda ularga itoat etma! Ularga (garchi kofir bo‘lsalarda) dunyoda yaxshi muomalada bo‘lgin” (Luqmon surasi, 15-oyat).

Ota-ona hatto mushrik bo‘lsalar-da, ularga qo‘pol munosabatda bo‘lmaslik talab etiladi.


Nasihatning uchinchisi – Alloh oshkor maxfiy har bir narsa bilib turuvchi Zot.

“Ey, o‘g‘ilcham! Shubha yo‘qki, agar xantal (o‘simligining) urug‘idek (yaxshi yoki yomon amal qilinadigan) bo‘lsa, bas, u (amal) biror xarsang tosh ichida yo osmonlarda yoki yer ostida bo‘lsa, o‘shani ham Alloh keltirur. Zero, Alloh lutfli va ogoh zotdir” (Luqmon surasi, 16-oyat).


Nasihatning to‘rtinchisi – namoz, amri ma’ruf, nahyi munkar va sabr.

“Ey, o‘g‘ilcham! Namozni barkamol ado et, yaxshilikka buyur va yomonlikdan qaytar hamda o‘zingga yetgan (balolar)ga sabr qil!...” (Luqmon surasi, 17-oyat).


Nasihatning beshinchisi – ochiq yuzli, shirin so‘zli, tavoze’li bo‘lish, kibrlanmaslik.

“Odamlarga (kibrlanib) yuzingni burishtirmagin va yerda kerilib yurmagin! Chunki Alloh barcha kibrli, maqtanchoq kimsalarni suymas” (Luqmon surasi, 18-oyat).


Nasihatning oltinchisi – baqir-chaqir qilmaslik.

(Yurganingda) o‘rtahol yurgin va ovozingni past qilgin! Chunki ovozlarning eng yoqimsizi eshaklar ovozidir(Luqmon surasi, 19-oyat).

 

Davron NURMUHAMMAD