Mamlakatimizda hech bir inson e'tibordan chetda emas. Ayniqsa, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarga ko'rsatilayotgan mehr va g'amxo'rlik milliy qadriyatlarimizga xos, muqaddas dinimiz ta'limotiga hamohangligi bilan tahsinga sazovor.
O'zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan joriy yilning 12–13 mart kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasi va Horazm viloyatida eshitish va nutqida nuqsoni bor insonlar bilan “Siz bizga keraksiz!” tadbiri o'tkazildi.
Tadbirlarda mahalliy hokimliklar, viloyat vakilligi, Pensiya jamg'armasi, Mehnat bandligi va Sog'likni saqlash boshqarmasi xodimlari, imomlar, otinoyilar va surdo tarjimonlari ishtirok etishdi.
– Bizlar o'zimiz bilmagan holda adashib, boshqa e'tiqodda bo'lganmiz. Ammo bugun bu tadbirdan ko'nglimiz yorishib, haqiqatan barchamizning ota-onamiz, avlod-ajdodlarimiz musulmonligini tushunib etdik. Imon kalimalaridan qalbimiz yorishib, halovatni his qildik, – deya o'z fikrlarini ko'zlarida yosh ila bayon qilishdi qoraqalpog'istonlik R.Davlatmurodov, A.Jaliyeva, G.Shilimbetova.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg'ambar sallollohu alayhi vasallam: “Muhammadning joni Uning qo'lida bo'lgan zot bilan qasamki, ushbu ummatdan birortasi: yahudiysimi, nasroniysimi mening haqimda eshitsayu, so'ngra menga yuborilgan narsaga imon keltirmay o'lib ketsa, albatta do'zax egalaridan bo'ladi”, dedilar» (Imom Muslim rivoyati).
Bunday tadbirlar Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlarida ham o'tkazildi.
https://vaqf.uz/oz/news/view/789
https://vaqf.uz/oz/news/view/772
https://vaqf.uz/oz/news/view/773
https://vaqf.uz/oz/news/view/774
https://vaqf.uz/oz/news/view/777
https://vaqf.uz/oz/news/view/778
https://vaqf.uz/oz/news/view/780
https://vaqf.uz/oz/news/view/785
https://vaqf.uz/oz/news/view/789
https://vaqf.uz/oz/news/view/790
Munira ABUBAKIROVA,
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Hotin-qizlar masalalari bo'yicha bo'lim mutaxassisi