Asrlar davomida yurtimizda mehr-muruvvat va oqibat, ezgulik va yaxshilik, tinchlik va do'stlik g'oyalariga asoslanadigan, ularni targ'ib etadigan turli dinlarga e'tiqod qiladigan kishilar hamkor va hamjihat yashab kelgan. Hususan, qadimdan diyorimizda islom, nasroniylik, iudaizm kabi dinlar yonma-yon mavjud bo'lib kelgan. Yirik shaharlarimizda masjid, cherkov va sinagoglar faoliyat ko'rsatgani, tariximizning eng murakkab va og'ir davrlarida ham ular o'rtasida kelishmovchilik va mojarolar bo'lmagani buning tasdig'idir.
Bugun ham mamlakatimizda turli konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar faoliyat ko'rsatmoqda, fuqarolarimiz o'z diniy amallarini erkin ado etib kelmoqdalar.
Diniy tashkilotlar o'z faoliyatlarini amalga oshirishlari va mamlakat hayotida faol ishtirok etishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu boradagi huquqiy asoslar O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi Qonunda o'z ifodasini topgan. Ana shu asoslar mamlakatimizdagi barcha din vakillarining hamkor, hamjihat bo'lib, ulug' va mushtarak g'oyalar yo'lida harakat qilishi uchun imkon yaratadi.
Missionerlik – biror dinga e'tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ'ib qilish, demakdir.
Missionerlik asosan, xristianlikka xos bo'lib, bu harakat xristianlik Vizantiya imperiyasida davlat dini sifatida e'lon qilinganidan e'tiboran olib boriladi.
Missionerlik faoliyatining eng cho'qqisi prozelitizmdir. Prozelitizm — bu to'g'ridan-to'g'ri biron bir dinga ishongan fuqaroni majburan o'z dinidan voz kechtirib, o'zga dinni qabul qilishga majbur qilishdan iborat.
Albatta, bu harakatlar mablag'siz, siyosiy quvvatlash va axborot ko'magisiz amalga oshmaydi. Yirik missionerlik tashkilotlari va manfaatdor geosiyosiy doiralar bu harakat uchun katta pul tikishdi. Chunki ularning ko'zlagan natijalari sarf-xarajatlarini tez orada bir necha o'n, yuz, hatto ming barobar qoplab olish edi.
Missionerlar makkorona uslublardan foydalanib, asosan yashirincha ish olib borishdi. Ular diyorimizga til, komp'yuter o'rgatish, har xil sohalar bo'yicha mutaxassislar tayyorlash yoki xayriya ishlari bilan shug'ullanuvchi nodavlat tashkilotlar orasida kirib kelishdi. Ilmga chanqoq odamlar, tabiiy, bunday o'quv markazlariga murojaat qilishga shoshdilar. Lekin o'qish jarayonida ba'zi «o'qituvchi»larning qiyofalari tezda ma'lum bo'lib qoldi.
Missionerlar qimmatbaho qog'ozlarda, jozibali ko'rinishda nashr etilgan kitoblarini, varaqa (buklet)larini bozorlar, kasalxona, sihatgoxlar va ayrim ishxonalarda tarqatishga harakat qilishdi. Afsuski, ba'zilar turli sabablar bilan ularning tuzog'iga ilindi.
XXI asr boshida missionerlik haqiqatan ham o'ziga xos xususiyatlar kasb etmoqda Eng avvalo, missionerlar konkret mamlakatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan o'zlarining g'arazli maqsadlariga erishishda unumli foydalanishga harakat qilayotganliklarini ta'kidlash zarur. Bunda boquvchisini yo'qotgan bolalar, qarovchisiz qolgan qariyalar hamda nogironlar muammolari bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar va muassasalarga xayriya yordamlarini ko'rsatish, aholining nochor qatlamlarini moddiy qo'llab-quvvatlash va muhtojlarni oziq-ovqat bilan ta'minlash, ularga tibbiy yordamni tashkil etish orqali o'z qarashlari va harakatlariga xayrixohlikni uyg'otishga intilmokdalar.
Missionerlarning turli davlatlar, jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarida olib borayotgan amaliyoti tahlili xristianlikni targ'ib qilishda maxsus adabiyotlar, audio va videokassetalarni mahalliy tillarda tayyorlash va bepul tarqatish, masihiylikka da'vat g'oyalari bilan sug'orilgan maxsus gazeta va jurnallarni nashr qilish masalalariga ham alohida e'tibor berilayotganini ko'rsatadi.
Missionerlar zamonaviy texnika va texnologiya, ommaviy axborot va kommunikatsiya vositalari imkoniyatlaridan ham samarali foydalanishga harakat qilmoqdalar. Turli davlatlar va mintaqalarda ish yuritayotgan missionerlar internet tarmog'i orqali o'z faoliyatlarini muvofiqlashtirayotgani, moliyaviy mablag'larni bemalol u mamlakatdan bu mamlakatga o'tkazayotgani ham shunday xulosa chiqarish uchun asos bo'ladi. Bunday yo'l bilan missionerlar va ularning homiylari u yoki bu davlatdagi diniy muvozanatni izdan chiqarish, soxta insonparvarlik yordami ko'rsatish bahonasida o'z ta'sir doiralarini kengaytirishga intilmokdalar.
Shunday ekan, xushyor bo'lishimiz, loqaydlikka berilmasligimiz kerak bo'ladi, chunki «Vatan», «Millat», «Imon-e'tiqod» muqaddas tushunchalardir. Uni hech narsaga almashtirib bo'lmaydi. Missionerlik Respublikamiz aholisi tinchligi va osoyishtaligi uchun taxdid ekanini chuqur anglash, uning oldini olish hamda unga qarshi kurash bo'yicha tizimli va tadrijiy ishlarni olib borish har bir fuqaroning millat va Vatan oldidagi muqaddas burchi hisoblanadi.
Hidayatulla ISAYeV
Yangiyer shahar “Muhammad Bobur”
jome masjidi imom-xatibi
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 852 nafar jazo o‘tayotgan shaxsni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Afv etilganlar orasida 7 nafar xorij fuqarosi, 375 nafar yoshlar, 49 nafar ayol va 60 yoshdan oshgan 37 nafar erkak bor, xabar bermoqda Batafsil.uz.
Afv etilgan 852 nafar shaxsdan 604 nafari jazoni to‘liq o‘tashdan ozod qilinadi. Yana 115 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etiladi.
52 nafar mahkumga tayinlangan jazo yengilroq jazo turiga almashtiriladi. 81 nafar shaxsning ozodlikdan mahrum qilish jazosi muddati esa qisqartiriladi.
Afv etilganlar orasida taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgan 63 nafar shaxs ham bor.
Prezident farmonida afv etishga asos sifatida mahkumlarning qilmishiga pushaymonligi va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgani ko‘rsatilgan.
"O‘zbekiston 24" telekanali ma’lumotiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 2017 yildan buyon 31 ta afv etish to‘g‘risidagi hujjatni imzolagan. Ushbu hujjatlar jami 10 567 nafar jazo o‘tayotgan shaxsni qamrab olgan.
Xususan, Prezident Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida ham 392 nafar mahkumni afv etgandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati