39- وَلِلصِّدِّيقَةِ الرُّجْحَانُ فَاعْلَمْ عَلَى الزَّهْرَاءِ فِي بَعْضِ الْخِلاَلِ
Ma'nolar tarjimasi:
Siddiqa (roziyallohu anho)ning Zahro (roziyallohu anho)dan ba'zi fazilatlarda ustunligi borligini bilib qo'ygin.
Nazmiy bayoni:
Siddiqada Zahrodan ustun taraf bor,
Ba'zi xislatlarda, qilsang e'tibor.
Lug'atlar izohi:
لِ – “shibhi mulk” (mulk ko'rinishidagi) ma'nosida kelgan jor harfi.
الصِّدِّيقَةِ – jor majrur xabari muqaddam.
الرُّجْحَانُ – xabaridan oldin kelgan mubtado.
فَاعْلَمْ – amr fe'li. Taqdiriy اَنْتَ foili.
عَلَى – “isti'lo” (ustun bo'lish) ma'nosidagi jor harfi.
الزَّهْرَاءِ – jor majrur الرُّجْحَانُ ga mutaalliq.
فِي – majoziy zarfiyat ma'nosida kelgan jor harfi.
بَعْضِ – bu jor majrur ham الرُّجْحَانُ ga mutaalliq.
الْخِلاَلِ – bu kalima خَلَّة ning ko'plik shakli bo'lib, “o'ziga xos ijobiy xususiyatlar” ma'nosini anglatadi. خَلَّةٌ va خَصْلَةٌ o'rtasida umum va xoslikda farq bor:
خِصَالٌ – خَصْلَةٌ – o'ziga xos xususiyatlar. Ijobiy xususiyatlarga ham, salbiy xususiyatlarga ham qo'llanadi.
خِلاَلٌ – خَلَّةٌ – o'ziga xos xususiyatlar. Faqat ijobiy xususiyatlarga qo'llanadi. Shuning uchun Nozim rahmatullohi alayh خِلاَلِ ni ishlatgan.
Matn sharhi:
Siddiqa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning jufti halollari Abu Bakr siddiq roziyallohu anhuning qizlari Oisha roziyallohu anhodir. Zahro esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qizlari Fotima roziyallohu anhodir. Ushbu baytda chahoryorlarning qolgan barcha insonlardan afzal ekanlarining isboti bor. Ya'ni Oisha roziyallohu anho ba'zi xislatlarda Fotima roziyallohu anhodan afzal bo'ladigan bo'lsa, to'rtalalari bilittifoq Oisha roziyallohu anhodan afzaldir. Ushbu muhtarama zotlarning ikkalalari haqlarida ham afzalliklariga dalolat qiladigan hadislar kelgan. Quyidagi hadisi sharifda Fotima roziyallohu anhoning jannatiy ayollarning sayyidasi ekani ochiq-oydin bayon qilingan:
عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا قَالَتْ أَقْبَلَتْ فَاطِمَةُ تَمْشِي كَأَنَّ مِشْيَتَهَا مَشْيُ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مَرْحَبًا بِابْنَتِي ثُمَّ أَجْلَسَهَا عَنْ يَمِينِهِ أَوْ عَنْ شِمَالِهِ ثُمَّ أَسَرَّ إِلَيْهَا حَدِيثًا فَبَكَتْ فَقُلْتُ لَهَا لِمَ تَبْكِينَ ثُمَّ أَسَرَّ إِلَيْهَا حَدِيثًا فَضَحِكَتْ فَقُلْتُ مَا رَأَيْتُ كَالْيَوْمِ فَرَحًا أَقْرَبَ مِنْ حُزْنٍ فَسَأَلْتُهَا عَمَّا قَالَ فَقَالَتْ مَا كُنْتُ لِاُفْشِيَ سِرَّ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حَتَّى قُبِضَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَسَأَلْتُهَا فَقَالَتْ أَسَرَّ إِلَيَّ إِنَّ جِبْرِيلَ كَانَ يُعَارِضُنِي الْقُرْآنَ كُلَّ سَنَةٍ مَرَّةً وَإِنَّهُ عَارَضَنِي الْعَامَ مَرَّتَيْنِ وَلاَ أُرَاهُ إِلاَّ حَضَرَ أَجَلِي وَإِنَّكِ أَوَّلُ أَهْلِ بَيْتِي لَحَاقًا بِي فَبَكَيْتُ فَقَالَ أَمَا تَرْضَيْنَ أَنْ تَكُونِي سَيِّدَةَ نِسَاءِ أَهْلِ الْجَنَّةِ أَوْ نِسَاءِ الْمُؤْمِنِينَ فَضَحِكْتُ لِذَلِكَ. رَوَاهُ الْبُخَارِىُّ
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Fotima yurib kela boshladi. Uning yurishi xuddi Nabiy sollallohu alayhi vasallamnikidek edi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Marhabo xush kelibsan qizim”, – dedilar. So'ngra uni o'ng tomonlariga yo chap tomonlariga o'tirg'izdilar. So'ngra unga bir so'zni shivirlab aytdilar. U yig'lab yubordi. Men unga: "Nega yig'layapsiz", – dedim. So'ngra unga bir so'zni shivirlab aytgan edilar, u kuldi. Shunda men: “Bugungi kundagi kabi xursandlikning xafalikka yaqinligini ko'rmaganman”, –dedim va undan u zotning nima deganlarini so'radim. U: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sirlarini fosh qiluvchi emasman”, – dedi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam vafot etdilar, so'ngra men undan so'radim. U shunday dedi: “U zot shivirlab: “Jabroil Qur'onni menga har yili bir marta o'qib berardi, bu yil ikki marta o'qib berdi, buni men ajalim kelgani deb bilyapman, uydagilarimdan birinchi bo'lib orqamdan etib boradigani sensan”, – dedilar, men yig'lab yubordim. U zot: “Jannat ahli ayollarining sayyidasi bo'lishga rozi bo'lmaysanmi? yoki mo'minlar ayollarining sayyidasi bo'lishga rozi bo'lmaysanmi?”, – dedilar, men o'shanga kuldim”. Buxoriy rivoyat qilgan.
Ushbu hadisda Fotima roziyallohu anhoning jannat ahli ayollarining yoki mo'minlarning ayollarining sayyidasi bo'lishi bayon qilingan bo'lsa, quyidagi hadisda Oisha roziyallohu anhoning boshqa barcha ayollardan afzal ekaniga ishora qilingan:
عَنْ أَبِي مُوسَى الْأَشْعَرِيِّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَضْلُ عَائِشَةَ عَلَى النِّسَاءِ كَفَضْلِ الثَّرِيدِ عَلَى سَائِرِ الطَّعَامِ كَمُلَ مِنْ الرِّجَالِ كَثِيرٌ وَلَمْ يَكْمُلْ مِنْ النِّسَاءِ إِلَّا مَرْيَمُ بِنْتُ عِمْرَانَ وَآسِيَةُ امْرَأَةُ فِرْعَوْنَ. رَوَاهُ الْبُخَارِىُّ
Abu Muso Ash'ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Oishaning ayollardan afzalligi "sariyd"ning boshqa taomlardan afzalligi kabidir. Erkaklardan ko'pchiligi kamolga etgan ayollardan esa faqat Imron qizi Maryam va Fir'avnning ayoli Osiyolargina kamolga etgan”, – dedilar”. Buxoriy rivoyat qilgan.
Ushbu hadisda Oisha roziyallohu anho boshqa ayollardan “sariyd”ning boshqa taomlardan afzalligi kabidir, deyilgan. “Sariyd” deb ataladigan taom esa hozirgi kunda bizlardagi “qozon kabob”ga o'xshagan non bilan go'shtdan iborat taom bo'lgan. Nonga qo'shib eyiladigan narsalarning eng ulug'i go'sht ekani esa boshqa bir hadisda kelgan:
عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ بُرَيْدَةَ، عَنْ أَبِيهِ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنَّهُ قَالَ سَيِّدُ إِدَامِ الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ اللَّحْمُ وَسَيِّدُ رَيْحَانِ أَهْلِ الْجَنَّةِ الْفَاغِيَةُ. رَوَاهُ الْبَيْهَقِىُّ
Abdulloh ibn Burayda roziyallohu anhumo otasidan rivoyat qiladi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Dunyoyu oxiratda nonga qo'shib eyiladigan narsalarning ulug'i go'shtdir, jannat ahli rayhonining ulug'i xinadir”, – dedilar”. Bayhaqiy rivoyat qilgan.
Oisha roziyallohu anhoning boshqa ayollardan afzalligi "sariyd"ning boshqa taomlardan afzalligi kabidir, degan so'zdan u zotning dunyoyu oxiratdagi eng afzal ayol ekani ma'nosi kelib chiqadi.
Oisha Siddiqa roziyallohu anhoning ba'zi xislatlarda Fotima Zahro roziyallohu anhodan afzal deb hisoblanishiga Mulla Ali Qori ikkita dalilni iqtibos qilib keltirgan:
So'ngra so'zlarida davom etib: “Ammo bu so'z imom Molikdan naql qilingan: “Fotima Nabiy sollallohu alayhi vasallamning bir bo'laklaridir, u zotning bir bo'laklaridan hech kimni afzal sanamayman”, – degan so'zlariga zid emas. Chunki imom Molik rahmatullohi alayh aytgan jihatdan qaralsa, hech kim u zotning gapiga qarshi chiqmaydi, – degan.
Mazhabboshimiz Imom A'zam rahmatullohi alayh “Vasiyat” kitobida shunday yozgan: “Oisha roziyallohu anho Hadijai kubrodan so'ng olamdagi barcha ayollarning sayyidasi va mo'minlarning onalaridir”.
KYeYINGI MAVZU:
YaZID IBN MUOVIYa HAQIDAGI BAHSLAR
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
أَلْعِلْمُ فِى الصِّغَرِ كَالنَّقْشِ فِى الْحَجَرِ
Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir.
Ilm olish uchun eng afzal davr bu insonning yoshlik chog‘idir. Chunki yoshlikda bolaning xotirasi kuchli bo‘ladi. Bu vaqtda olingan ilm bola xotirasida uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi. Shuningdek, yoshlikda har xil tashvish va yumushlardan uzoq bo‘lgan bolaning fikri faqat o‘qishda bo‘lib, natijada u ilmni yaxshi o‘zlashtiradi. Katta bo‘lib, ishlari ko‘paygach, fikri bo‘linadi yoki ilm olishga vaqt ajratolmay qoladi.
Afsuski, aksariyat bolalar ayni ilm olish payti kelganda ham o‘yin-kulgi va bekorchi mashg‘ulotlar bilan ovora bo‘lib yuraveradilar. Ota-onalari ham: “Hali farzandimiz yosh, katta bo‘lgach o‘qir”, deya bunga beparvo qaraydilar. Aslida bola taxminan 3-4 yoshlarida xotirasi eng yaxshi ishlaydigan davr bo‘ladi. O‘sha paytdan boshlab, bolani sekin-asta ilmga jalb qilish yaxshi natija beradi.
So‘zimizni dalili sifatida bir misol keltiramiz. Mashhur alloma bobomiz Abu Ali ibn Sino 4 yoshida Qur’oni karimni to‘liq yod olgan. Bundan tashqari, tarix, falsafa, tibbiyot, mantiq va boshqa fanlarni chuqur o‘zlashtirgan. O‘n sakkiz yoshigacha hayotida kerak bo‘ladigan barcha ilmlarni mukammal o‘rganib, mashhur olim, tabib darajasiga ko‘tarilgan. Bundan kelib chiqadiki, ota-onalar farzandlarini yoshlik davridan unumli foydalanib, kerakli ilmlarni egallashlari uchun qulay sharoitlarni ta’minlab berishlari lozim.
مَنْ لَمْ يَتَعَلَّمْ صَغِيرًا لَمْ يَتَقَدَّمْ كَبِيرًا
Kim yoshlik chog‘ida ilm olmasa, katta bo‘lganida yuksalmaydi.
Ushbu maqolni ikki xil ma’noda tushunish mumkin:
1. Kim yoshlik chog‘ini g‘animat bilib, ilm egallamasa, katta bo‘lganida bunga iloj topa olmaydi. Kishining yoshi keksaygan sari uning xotirasi pasayishi ham bor haqiqat.
2. Kim yoshligida ilm olmasa, katta bo‘lganida biron pog‘onaga ko‘tarila olmaydi, insonlar orasida ham eng keyingi o‘rinda turadi, chunki uning ilm-ma’rifati yo‘q. Ilm insonni yuksaltiradi va ravnaq topishiga yordam beradi. (Lekin, o‘rni kelganida shuni ham aytib qo‘yish lozimki, ilm faqat biron martabaga erishish uchungina o‘rganilmaydi).
يُطَيَّبُ القَلْبُ لِلْعِلْمِ كَمَا تُطَيَّبُ الأَرْضُ لِلزِّرَاعَةِ
Yer ekin ekish uchun tozalangani kabi qalb ham ilm uchun tozalanadi.
Ilmning makoni qalbdir. Ma’lumki, ilm ezgulik va nurdir. Kishi ilmni puxta egallash uchun qalbini turli xil ma’naviy illatlar, jumladan kibr, hasad, gina, kudurat, g‘iybat va shu kabilardan tozalashi lozim. Ushbu kamchiliklar bor qalbga ilm yaxshi o‘rnashmaydi, tezda unutiladi yoki biron manfaat keltirmaydi. Shuning uchun ilm olishga kirishayotgan kishi birinchi navbatda qalbini tozalashi, so‘ngra yaxshi niyat bilan ilm tahsliga o‘tishi kerak.
Bola yoshligida xotirasi kuchli, qalbi toza va beg‘ubor bo‘ladi. Bunday paytda olingan ilm har taraflama pishiq va mustahkam bo‘ladi. Demak, ota-onalar bu borada mas’uliyatliroq bo‘lsalar, farzandlarining kamolga yetib, olim bo‘lib, dini va yurtiga foydasiga tegadigan chin inson bo‘lishida hissa qo‘shgan bo‘ladilar.
Odilxon qori Ismoilov