O'zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan viloyatdagi muammoli mahallalarning aholisi bilan uchrashuvlar tashkil qilinib, mahallabay ishlash tizimini yo'lga qo'yildi. Mavjud kamchiliklarni joyida o'rganish va bartaraf etish maqsadida 22 fevral kuni shahar va tuman bosh imom xatiblari hamda Jomboy tumanidagi mavjud 7 ta masjid imom xatiblari ishtirokidagi navbatdagi sayyor uchrashuv va suhbatlar tashkil qilindi. Mazkur tartibdagi dastlabki sayyor uchrashuv Jomboy tumanidan boshlandi..
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati