Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Yanvar, 2025   |   18 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:45
Peshin
12:38
Asr
15:41
Shom
17:25
Xufton
18:43
Bismillah
18 Yanvar, 2025, 18 Rajab, 1446

QORAQALPOG'ISTON QOZIYoTINI QO'LLAB-QUVVATLASh UChUN 100 MILLION SO'M AJRATILDI

22.02.2022   1550   2 min.
QORAQALPOG'ISTON QOZIYoTINI QO'LLAB-QUVVATLASh UChUN 100 MILLION SO'M AJRATILDI

Ayni kunlarda muftiy Nuriddin domla hazratlarining Qoraqalpog'iston diyoriga tashriflari davom etmoqda. Safar asnosida ma'rifiy suhbatlar tashkil etish barobarida qoraqalpoq ahlini yurtdagi yangilanishlar mohiyati haqida xabardor qilish, ularning dardu tashvishlariga quloq tutish, taklif va murojaatlarini o'rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

Orolbo'yi mintaqasini har jihatdan rivojlantirish bo'yicha hukumatimiz tomonidan amaliy ishlar bajarilmoqda. Ayniqsa, aholini ish bilan ta'minlash, oilalarni kambag'allikdan olib chiqish, yordamga muhtoj kishilarga ko'mak berish va atrof-muhitni o'nglashga qaratilgan manzilli dasturlar ijro qilinmoqda.

Muftiy hazratlarining ushbu mintaqaga ishchi guruhlar qatorida uyushtirgan safarlari mobaynida u erdagi aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar qilish, olib borilayotgan o'zgarishlarni qo'llab-quvvatlash bilan cheklanib qolmay, Davlatimiz Rahbari tomonidan belgilangan muhim vazifalarni ado etishda soha xodimlarining munosib hissasini ta'minlashga undamoqdalar.

Ushbu so'zlarning amaliy ifodasi sifatida Muftiy hazratlari Diniy idora hisobidan Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyotini ma'naviy-ma'rifiy sohadagi faoliyatini qo'llab-quvvatlash uchun 100 million so'm xayriya sifatida ajratildi. Mazkur moliyaviy yordam mintaqadagi masjid-madrasalar faoliyatini yaxshilash va diniy soha xodimlarini qo'llab-quvvatlash kabilarga yo'naltiriladi.

Ma'lumki, Qoraqalpog'istonda 61 ta jome masjid faoliyat yuritadi. Ularda 16 nafar oliy ma'lumotli, 45 nafar o'rta maxsus imom-xatiblar mehnat qiladi. Shuningdek, mazkur masjidlarda 5 nafar oliy ma'lumotli, 63 nafar o'rta maxsus imom noiblari ham xizmat ko'rsatmoqda.

O'tgan yili 8 nafar imom-xatib Toshkent islom instituti huzuridagi modul' ta'lim tizimiga oliy ma'lumotli qilish uchun o'qishga qabul qilindi. Bundan tashqari, 2 nafar imom-xatib Toshkent islom instituti sirtqi bo'limini muvaffaqiyatli tamomladi.

Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti tasarrufidagi diniy tashkilotlar va soha xodimlarini har jihatdan qo'llab-quvvatlash ishlarini bundan buyon ham davom ettiriladi.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Qur’onni yodlay olmayapman

17.01.2025   5100   2 min.
Qur’onni yodlay olmayapman

Al-Kisoiy al-Kufiy 119/737 yil Kufada dunyoga kelgan.

To‘liq ismi: Ali ibn Hamza ibn Abdulloh ibn Bahman ibn Fayruzm al-Kisoiy al-Kufiy. Imom al-Kisoiy yoshligida ilm o‘rganishga juda intilardi, lekin boshlang‘ich davrda muvaffaqiyat qozona olmasdi. Bir safar Qur’onni yod olishda qiynalgach, ustoziga: “Men hech narsani yodlay olmayapman, charchadim”, dedi.
Ustoz unga sabr qilishni va Qur’onning barakasiga ishonishni tavsiya qildi. Shundan so‘ng, Imom al-Kisoiy sabr bilan harakat qilib, Qur’onni mukammal yod oldi va keyinchalik mashhur qiroat imomlaridan biri bo‘ldi. Bu voqea sabr va mehnatning samarasini eslatadi.

Hayoti: Al-Kisoiy Kufada tug‘ilgan va tilshunoslikda ham, qiroatda ham yuqori maqomga ega bo‘lgan. Undan nega «Kisoiy» deb nom olganligi haqida so‘rashganida u, – "chunki men hajda kisoda (kiyimda) ehrom bog‘laganman", deb javob bergan ekan. U asli fors bo‘lib, Bani Asad qabilasining qullaridan edi.  

Ilmiy faoliyati: Uning asosiy ustozlari Hamza al-Kufiy va boshqa yirik qiroatchilar bo‘lgan. Bundan tashqari Kufa maktabini asoschisi hisoblanadi.
Muoz al-Harro va Abu Ja’far Ruasiylarda nahvdan tahsil oldi. Ular-dagi ilmlarni olib bo‘lib, ulardan qoniqmay qolgach, Basraga kelib Iso ibn Umar, Abu Amr ibn al-Alo va Al-Xalil ibn Ahmaddan ilm o‘rgangan. Qiroatni esa Sho‘ba ibn Hajjojdan ta’lim olgan. 

U zot juda ko‘p asarlar ham yozgan: "Kitab muxtasar fi an-nahv" (Nahvga oid qisqa bo‘lgan kitob), "Kitab al-hudud fi an-nahv"  (Nahvdagi hadlar oid kitob), "Kitob al-qiroat (Qiroatga doir kitob)", "Kitab al-adad (Sonlarga doir kitob)", "Kitab ixtilaf al-adad (Sonlarning ixtilofiga oid kitob)", "Kitab al-huruf (Harflarga oid kitob)", "Kitab maoniy al-Qur’an (Qur’on ma’nolari haqidagi kitob)" kabi ko‘plab kitoblar yozgan. 
Nahvdan Farro uning xos shogirdlaridan hisoblanadi. 

Kisoiy 189/805 yil Roy shahrida vafot etgan.

Matkarimov Nurmuhammad,
Hadis ilmi maktabi o‘qituvchisi.