frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Alloh osmonda deb e'tiqod qilish joizmi?

10.02.2022   1885   3 min.
Alloh osmonda deb e'tiqod qilish joizmi?

Bugungi kunda jamiyatda ijtimoiy tarmoqlarni, butun internet olamini egallab olib shirk, bid'at va zalolat masalalari bilan shug'ullanadigan Abdulloh Zufar, Maxmud Abdulmo'min kabi shaxslar manfur niyatlarini amalga oshirish payida bo'lmoqdalar. Ular ilmsiz bo'lgani uchun aqida va fiqh masalalarida jiddiy va qo'pol xatolarga yo'l qo'ygan. Masalan:Hizbchilarning Behayo suratlarni tomosha qilish joiz, Begona ayolni shahvat bilan yoki shahvatsiz o'pish joiz.  Ikki qutbda yashovchilardan namoz va ro'za soqit bo'ladi – deya  mana shunga o'xshagan umuman dinimiz qonun-qoidalirga to'g'ri kelmaydigan ko'plab “fatvolari” va da'volari  mavjud bo'lib, bunday holatlar birorta sahoba, birorta tobe'in, birorta mujtahid imomlardan naql qilinmagan. Ular Islomni ma'lum bir shakl bilan belgilab olib, o'zlaridan boshqacha fikrdagilarni bid'at va zalolatda ayblashadi.

Shuningdek,Soxta salafilar targ'ibotchisi bo'lib tanilgan Shayx Sodik Samarqandiy –“Alloh taolo osmonda deb e'tiqod kilish shart deb da'vo kilmoqda. Bizning Ahli sunna ulamolari Alloh taologa makon nisbat bermaydilar,va  ularning hech bunday fikrga ko'shilgan emas. Aksincha, ba'zi ulamolar Alloh taologa makon nisbat berish kufr ekanini aytishadi, chunki bunday e'tiqod U Zotni bandalariga va jismlarga o'xshatishdir.

Alloh taolo osmonda deyish yoki biror joyda o'rnashgan deb e'tiqod qilish mutlaqo joiz emas. Chunki Payg'ambarimiz alayhissalom shunday deganlar: ya'ni: “Alloh taolo bor edi, undan boshqa hech narsa bo'lmagandi” (Imom Buxoriy rivoyati).

 “Kim Alloh taoloni insonlarga xos bo'lgan biron sifat bilan vasflasa, shaksiz kofir bo'ladi. Buni anglagan inson ibratlanadi va kofirlarning so'ziga o'xshash gap-so'zlardan tiyiladi hamda Uning (Allohning) sifatlari insonlarniki kabi emasligini biladi” («Al-Aqida at-Tahoviya» kitobi).

 Hanafiy mazhabiga amal qilgan holda ibodatlarini ado etayotgan musulmonlarni fitnaga solish va to'g'ri yo'ldan adashtirib o'zlarining noto'g'ri g'arazli g'oyalarining qurboniga aylantirish uchun turli uslublardan foydalanayotgan bu kimsalarning asosiy maqsadlari —Islom xalifaligini qayta tiklashga urinish va shu harakatda birlashishga targ'ib qilishdir. Bu ularning eng zarur aqidaviy va amaliy mashg'ulotlari bo'lib, go'yo ular uchun xalifalik tuzish namoz, ro'za, zakot va haj kabi islom arkonlaridan ham muhimroqdek tus olgan. Ular uchun siyosatdan boshqa sohalar hatto diniy bo'lsa ham, doim ikkinchi darajali bo'lib kelgan.

Ular halifalikni zoye qilgan sabablarni o'rganib uning muolajasi va o'z nafslarining islohoti bilan shug'ullanish o'rniga, davlat to'ntarishi, sultonga qarshi chiqish, mavjud tuzum rahbariyatiga bo'ysunmaslik, xalqni davlatga qarshi gij-gijlash kabi ishlarga zo'r berishadi.

Bunday bemazhablar buzg'unchi oqim a'zolaridan o'zimizni va farzandlarimizni ehtiyot qilmog'imiz ayni muddaodir.

 

H.Kenjayev

Urganch  shahar bosh imom-xatibi

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Videolar

“JUMADAN JUMAGACHA” (21.08.2026)

23.08.2026   10837   1 min.

#hafta_dayjesti #jumadan_jumagacha



00:00 Xabarlar

01:17 Diniy ta’limda yangi bosqich: Islom sivilizatsiyasi markazida tarixiy anjuman

02:32 18 avgust – nodir yodgorlik Usmon Mus'hafining Toshkentga qaytgan kuni

03:39 Hududlarda “Qur’on tinchlikka buyuradi” nomli musobaqalar davom etmoqda

04:38 Bayram arafasida saxovat va mehr-oqibat tadbirlari davom etmoqda (hududlar)

06:53 Sirdaryolik imom-xatiblar o‘rtasida “Zakovat” turniri bo‘lib o‘tdi

07:45 Samarqand, Buxoro va Xiva – islom sivilizatsiyasining bebaho durdonalari

08:37 O‘zbekiston va Pokiston olimlari Boburiylar merosini birgalikda tadqiq etmoqda

09:16 O‘zbekiston – turkiy sivilizatsiyaning eng go‘zal shaharlari joylashgan zamin

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Boshlovchi: Ne’mat Musayev
Muharrir: Bahriddin Xushboqov
Operator: Dilshod Mahkamov
 

Videolavhalar