frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Missionerlik va prozelitizm – ma'naviy-mafkuraviy tahdid vositasi

21.01.2022   1329   7 min.
Missionerlik va prozelitizm – ma'naviy-mafkuraviy tahdid vositasi

XI asr boshlarida missionerlik va prozelitizm g'oyasi tinchlik va barqarorlik, millatlararo totuvlik va dinlararo bag'rikenglikka bevosita tahdid ko'rsatayotgan xatarli g'oyalardan biriga aylanmoqda. Din, e'tiqod masalasi insoniyat hayotida doimiy muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo undagi muammo shundan iboratki, din targ'iboti ijobiy yoki salbiy maqsadlarga qaratilib, ma'lum bir dinning yoyilishi, insonlarning ongiga singdirilishida missionerlar alohida o'rin tutishi mumkin. 

Shu bois, avvalo missionerlikning lug'aviy, ilmiy-falsafiy mohiyatiga, u qanday faoliyat ekanligiga e'tiborni qaratib, ushbu tushunchaning asl ma'nosini tushunib etish muhim ahamiyat kasb etadi. Missionerlik so'zi lotin tilidagi «missio» fe'lidan olingan bo'lib, «yuborish», «vazifa topshirish», «missioner» esa «vazifani bajaruvchi», «missionerlik» esa belgilangan vazifalarni hal qilishga qaratilgan nazariy va amaliy faoliyat majmui ma'nolarini bildiradi. 

Missionerlik «tabshir» (bashorat berish), «tansir» (nasroniylashtirish) kabi nomlar bilan ham atalib, ular asl faoliyatlarini niqoblash uchun turfa chiroyli nomlardan foydalanmoqda va saflariga qo'shilganlarga «siz boshqalardan ajralib turadigan kishisiz» deb, ularga «xudoning bolalari», «muqaddas ruh bilan so'zlashuvchilar» kabi har xil ilohiy sifatlarni bermoqda va shu tariqa o'z saflarida tutib turmoqda. 

Missionerlik bilan bevosita bog'liq “prozelitizm” tushunchasi esa, yunoncha — rgoselitos — yangi mazhabni qabul qilgan kishi, ya'ni boshqa mazhabdagilarni, avvalo, musulmonlarni xristianlikka kiritish, ya'ni o'ziga xos «salb yurishi». 

Prozelitizmning asosiy maqsadi dunyoga xristianlikni (masihiylikni) missionerlik yo'li (lotincha missio-topshiriq) bilan yoyish, kishilarni unga o'tkazish bo'lib, bunda mazkur din butun insoniyat uchun birdan-bir xaloskor din sifatida targ'ib va tashviq qilinadi va buning uchun eng zamonaviy informatsion texnologik vosita, usullar ishga solinadi. Bunda kishilar ruhiyati, ongiga psixologik, neyrolingvistik ta'sir ko'rsatishga alohida e'tibor beriladi.

 Yuqorida keltirilgan fikrlarga asoslanib xulosa qiladigan bo'lsak, turli manba va adabiyotlarda bayon etilgan ta'riflar bir-biriga juda yaqin va o'xshashdir. Umuman olganda  «missionerlik» — bu bir dinga e'tiqod qiluvchi xalqlar, elatlar, millatlar orasida boshqa bir dinni har xil ijtimoiy vosita va omillar orqali targ'ib qilish va singdirishga qaratilgan xavfli siyosiy faoliyatdir.  Chunki uning bugungi kungacha bo'lgan davrdagi yashirin mohiyati xavfli siyosiy faoliyat ekanligini ko'rsatib,  bir qancha davlatlarda yillar davomida siyosiy beqarorlikni keltirib chiqargan.

Hozirgi kunda missionerlik harakati fuqarolar o'rtasida ijtimoiy munosabatlarning keskinlashuviga olib kelib, ular o'z tashkiliy asoslarini yaratishda asosan nashriyotlar, xayriya, tibbiy yordam ko'rsatish va nodavlat, notijorat tashkilotlari maqomidan foydalanib, ba'zi tashkilotlar tibbiy uyushmalar niqobi ostida faoliyat yuritmoqda va odatdagidek missionerlar qarorgohi hududida cherkov, kichik butxona yoki masjid, missioner-monaxlar yotoqxonasi  joylashgan bo'lib chiqmoqda. 

Missionerlarning  ko'zlagan maqsadlari faqat siyosiy bo'lib, bugunda demokratiyaga oid oddiy bir misol bo'lib ko'rinayotgan harakatlarining tagida ertangi kunga mo'ljallangan, juda katta siyosiy nayranglar yotibdi va bu nayranglar quyidagi yovuz maqsadlarda yashiringandir. Birinchidan, an'anaviy musulmon bo'lib kelgan, mafkurasi, urf-odati, butun boshli ma'naviy tarixiy ildizi bir xil bo'lgan (aslida, mamlakatimizni kuch-qudrati ham shunda!) xalqimizning yuragini parchalab zaiflashtirish va parokanda qilish hamda turli-tuman siyosiy va iqtisodiy bosimlar bilan o'z holimizcha yashashga yo'l qo'ymaslik. 

Ikkinchidan, yurtimizni doimiy nizo maydoniga aylantirib, uni hal qilishda o'zlariga muhtoj qilib qo'yish. Uchinchidan, iloji boricha, ba'zi hududlarga alohida ahamiyat berib, u erlarda o'zlariga ergashganlar sonini ko'paytirib, kelajakda go'yo ularning xohish-irodasi va kayfiyatlari sifatida bo'linish(separatistik) g'alayonlarini chiqarish va oqibatda mamlakatni parchalab tashlash. To'rtinchidan, «Inson huquqlarini himoya qilish», «Vijdon erkinligini ta'minlash» kabi sirtdan chiroyli shiorlar niqobi ostida oddiy sud-prokuratura organlaridan tortib to davlat rahbari ishlarigacha aralashish va mustaqil davlat boshqaruviga yo'l qo'ymaslik. Beshinchidan,jamiyatni doimiy bezovta qilib turish orqali boshqaruvda asabiy bir vaziyatni vujudga keltirish; turli-tuman matbuot organlari va nodavlat tashkilotlar vositasida tashviqot yuritib, o'zlarini go'yo xalqning himoyachisi qilib ko'rsatish va xalq «dardi»ni aytib, davlatga qarshi gij-gijlash, davlatni esa bu qutqularni bostirish uchun keskin choralar ko'rishga majburlash va mana shu yo'l bilan xalq va davlat orasiga o'zaro ishonchsizlik ruhini singdirish. 

Ko'rib turibmizki, missionerlar amalga oshirayotgan ishlar dinga, diniy da'vatga hech qanday aloqasi bo'lmay, balki bir mamlakatni o'zlarining siyosiy tizginlariga solib olish uchun rejalashtirilgan nayrang uslublaridir. 

Muammo nafaqat diniy, balki siyosiy kuchsizlantirishga qaratilganligi bilan xavfli va tashvishlidir. Chunki natija bevosita mamlakat xavfsizligiga daxldor bo'lib, ularning qilmishlari shu nuqtai nazardan baholanishi va chora-tadbirlar ham shunga ko'ra belgilanishi lozim. Aks holda, biz kelajak avlod uchun kuchli, ozod va obod Vatanni emas, balki xalqining ruhi-dili bir-biriga begona va shu bois qator muammolar girdobiga g'arq bo'lib, parokandalik, ma'naviy ziddiyatlar avj olgan, zaif va qaram bir o'lkani taqdim etishimiz ehtimoldan xoli emas! 

Umuman, hozirgi kunda missionerlik harakati rivojlanishida yangi asr boshida paydo bo'lgan diniy sektachilikning ham o'rni katta bo'lib, sektalar xalqaro nodavlat tashkilotlar sifatida faoliyat yuritayotgani, ularning faoliyati har xil aloqa tizimlari (Internet, telefon, televideniye, radio va boshqa zamonaviy aloqa vositalari) orqali turli xil maqsadlarni ko'zlab amalga oshirilayotgani, hamda mablag'larni kerakli joyga etkazishi uchun qiyinchiliklarning deyarli yo'qligi sabab bo'lmoqda. Diniy sektalar va ularning homiylari katta-katta mablag'lardan u yoki bu mamlakatda korruptsiyani kuchaytirish, siyosiy va iqtisodiy vaziyatni izdan chiqarish, soxta insonparvarlik yordamlari orqali joylarda o'z mavqelarini oshirish va ta'sir doiralarini kengaytirishda foydalanmoqda. 

Missionerlik va prozelitizm globallashuv jarayonida ma'naviy-mafkuraviy tahdid vositasi bo'lib, avvalo, jahondagi muayyan kuchlarning geopolitik maqsad va manfaatlariga yo'naltirilgan xolda olib borilmoqda. Ikkinchi tomondan, xalqning milliy ma'naviyati, urf-odat va an'analari, milliy mentaliteti diniy ta'limot sifatida shakllangan bo'lib, missionerlik va prozelitizm xalning milliy o'zligidan begonalashuviga, manqurtlashuviga, davlatning ichki hayotida milliy, diniy, ijtimoiy ziddiyatlarning chuqurlashuviga sababchi bo'ladi. Shuning uchun ham bugungi kunda O'zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish jarayonlarida milliy istiqlol mafkurasining asosiy g'oyalarini fuqarolar ongi – tafakkuriga  singdirishga, ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirishga muhim e'tibor berilmoqda.

 

I.Sobirov

Honqa tuman “Ho'ja Nuraddin bobo”

masjidi imom-noibi

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bir guruh diniy-ma’rifiy soha fidoyilariga "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi" esdalik nishonlari topshirildi

28.08.2026   287   2 min.
Bir guruh diniy-ma’rifiy soha fidoyilariga

27 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan diniy-ma’rifiy sohada samarali mehnat qilib kelayotgan fidoyi yurtdoshlarimizni taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov kirish so‘zi bilan ishtirok etdi.

Kirish nutqida mamlakatimizda mustaqillik yillarida, ayniqsa, so‘nggi yillarda diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish, jamiyatda tinchlik-totuvlik, millatlararo hamjihatlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, sohada faoliyat yuritayotgan ulamolar, imom-xatiblar, mudarrislar va fidoyi xodimlarning munosib hissasi haqida alohida ta’kidlandi.

Tantanali tadbir davomida diniy-ma’rifiy sohada ko‘p yillardan buyon samarali mehnat qilib, yurtimizda ma’naviy barqarorlikni ta’minlash, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, aholi o‘rtasida ma’rifiy tushuntirish ishlarini olib borishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh fidoyi yurtdoshlarga "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi" esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Esdalik nishonlarini topshirish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduhalikov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi Orifxon Zokirovlar ishtirok etdilar.

Taqdirlash marosimida ta’kidlanganidek, mazkur esdalik nishoni mamlakatimiz taraqqiyotiga, uning tinchligi va barqarorligiga, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashga, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shayotgan fidoyi insonlarga bildirilgan yuksak ehtirom va e’tirof ramzidir.

Tadbir yakunida taqdirlanganlar o‘zlariga bildirilgan yuksak ishonch va e’tibor uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatimiz tinchligi va ravnaqi yo‘lidagi ezgu faoliyatlarini yanada sidqidildan davom ettirishlarini ta’kidladilar.

 Barcha mukofot sohiblarini samimiy muborakbod etamiz!

Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari