Bugungi sertashvish dunyoda ko'pchilikning qalbi boylik, mol-dunyo to'plash, baland-baland imoratlar qurish, qimmat mashinalar minish bilan mashg'ul bo'lib qoldi. Aksariyat kishilar orzulariga eta olmayotganidan, ko'ngli xotirjam emasligidan, huzur-halovat yo'qligidan noliydi.
Aslida, rizq-rŭz ham, mol-dunë va farovon hayët ham imon quvvatida, ibodat va toatlar, tasbeh va zikrlar bardavomligidadir. Bejiz Alloh taolo Qur'oni karimda: «UlarimonkeltirganvaqalblariAllohningzikribilanoromoladiganzotlardir. Ogohbo'lingizki, Allohnizikretishbilanqalblaroromolur (va taskin topur)», demagan (Ra'd surasi, 28-oyat).
Qalbimiz zikr va tasbehlar bilan orom oladi. Chunki Buyuk Rabbimiz kŭplab oyati karimalarda – Hadid, Hashr, Saf suralari 1-oyatlarida «Osmonlar va Yerdagi (bor) narsa Allohga tasbeh aytur», deb marhamat qilgan bŭlsa, Jum'a va Tag'obun suralarining 1-oyatlarida «Osmonlardagi va Yerdagi (hamma) narsa Allohgatasbeh aytur», deĭilgan. Shuningdek, Isro surasi 44-, Nur surasi 36-, 41-, Hashr surasi 24-oyatlarida ham etti osmon, Yer va ulardagi barcha mavjudot va maxluqot Parvardigorimizga tasbeh aĭtishi bayën etilgan.
Tasbeh va zikr qilishda ham ulug'larimizning tutgan ĭŭllari biz uchun ibratdir. Buyuk sahoba Abu Huraĭ ra roziĭ allohu anhu bir kunda 12 ming marta tasbeh aĭtgan. U zotning oq ipi bŭlib, unda mingta tugun bŭlgan. Shu ipni har doim ënida olib yurgan.
Abu Huraĭ ra roziĭ allohu anhu Rasululloh sollallohu alaĭhi va sallamdan eng kŭp hadis rivoyat qilgan sahobadir. Shu ulug' sahoba ipni tugun qilib, tasbeh sanagani uchun bid'atchi bŭladimi? Alloh asrasin! U zotlar Nabiĭ alaĭhissalomning tarbiyalarini olgan, nabaviĭ axloq bilan xulqlangan edilar.
Abu Huraĭ ra roziĭ allohu anhu bid'atchi bŭlmagan, shuningdek, kŭp zikr qilishlari va tasbeh aĭ tishlari rivoyat qilingan ulug' zotlar ham aslo bid'atchi, zalolatga boshlovchi emas. Aksincha, ular sunnat va hidoyat imomlaridir (Imom Ibn Abu Shayba, “Musnad”).
Abu Huraĭ ra roziĭ allohu anhudan rivoyat qilinadi. U kishi aĭtadi: “Men har kuni nafsim qarzini uzish uchun (Alloh yaratganiga shukr keltirish uchun) 12 ming marta tasbeh aĭtaman” (Imom Ibn Abu Shayba rivoyati).
Demak, har dardning davosi bor. Kŭngil xotirjamligining davosi zikr qilish, tasbeh aĭtishdir.
Aziz ŭquvchi! Bir sinab kŭring-a: har kuni tasbeh va zikrlarni kanda qilmaĭ aĭtib yuring. Tez orada qalbingiz xotirjam bŭladi, huzur-halovat topasiz.
Alloh taolo umringizga, rizqingizga baraka beradi.
Tolibjon NIZOM
“Hidoyat” jurnalining 12-sonidan olindi
Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum o‘g‘li hamda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov Bekobod shahridagi Qur’on va tajvid markaziga tashrif buyurdilar.
Markaz ma’muriyati hamda u yerda ta’lim olayotgan tinglovchilar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat har jihatdan samarali bo‘ldi. Xususan, uchrashuvda Shayx Alijon qori hafizahulloh Qur’oni karimni yodlash fazilatlari, bu borada yaratilgan shart-sharoitlarning qadriga yetish, shukrona keltirish, vaqtdan unumli foydalanish kabi mavzularda go‘zal mav’iza qilib berdilar.
Haqiqatan, Qur’oni karimni yodlash, oyatlar ma’no-mazmunlarini tafakkur va tadabbur qilish ibodat va chinakam saodatdir.
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning yaxshilaringiz Qur’oni karimni o‘rgangan va o‘rgatganlaringizdir", deb marhamat qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).
Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati