Abu Hanifa rohimahullohdan so'raldi:
- Siz kimlardansiz?
U zot javob berdilar:
- Salaflarni so'kmaydigan, qadarga iymon keltirgan, ahli qiblani biror-bir gunoh bilan kofirga chiqarmaydiganlardanman!
Ibn Kasir rohimahullohning "Al-bidaya van nihaya" kitobidan.
Abu Hanifa rohimahulloh Ummaviylar davlatining avji taraqqiy topgan, kuch-quvvatga to'lgan davrini ham, uning inqirozga uchrash vaqtini ham ko'rdi. Shuningdek, u Abbosiylar davlatining har tomonlama hukumronligi ortib, barcha ishlarida zafar qozonayotgan davrini ham topdi. Abu Hanifa rohimahulloh Ummaviylar davrida ellik ikki yil yashadi. Bu vaqt ichida u ilmiy va fikriy komillikka etib ulgurdi. Qolgan o'n sakkiz yil umrini Abbosiylar davlati vaqtida yashadi va bu davrga kelib uning fikriy odatlari va ilmiy yo'nalishlari qaror topgan va u o'zining ko'plab natijalarini berayotgan edi. Shunga ko'ra Abu Hanifaning hayoti davomida olgan ilmlarining aksari Ummaviylar davriga to'g'ri keladi. Abbosiylar davri esa, avval boshlagan ishlarining natijalari xosil bo'lish pallasi hisoblanadi.
Ja'farxon Sufiyev
To'raqo'rg'on tumani
"Ishoqxon to'ra" jome masjidi
imom noibi
O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyati vakilligida shahar va tumanlar bosh imom-xatiblari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Tadbirni viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilganlarni yaqinlashib kelayotgan Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Uchrashuvda davlatimiz Rahbarining tegishli Farmoni bilan bir guruh diniy soha xodimlari «Imom Buxoriy» ordeni bilan taqdirlangani yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy sohaga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va tarixiy voqea ekani alohida e’tirof etildi.
Yig‘ilishda «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» ezgu shiori ostida vohada amalga oshirilayotgan xayrli ishlar, yoshlarni Vatanga sadoqat va milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi faoliyat sarhisob qilindi.
Shuningdek, tadbir davomida imom-xatiblarga quyidagi ustuvor vazifalar yuklatildi:
Ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan va yakka-yolg‘iz keksalar holidan muntazam xabar olish;
Oilalar totuvligini mustahkamlash va mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash;
Masjidlar, qadamjolar va qabristonlarni obodonlashtirish hamda tozalik tadbirlarida faollik ko‘rsatish.
Yig‘ilish yakunida diniy soha xodimlarining kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati