Undan bizga o'z davrining ijtimoiy-siyosiy, jug'rofiy-madaniy, maishiy turmush tarzidan voqif qiluvchi “Boburnoma”, “Mubayyin” va boshqa bir qancha etuk g'azal va ruboiylar meros bo'lib qoldi.
Ma'lumki, Bobur Mirzo 12 yoshida otasi Umarshayx Mirzo vafotidan keyin podshoh bo'ladi: “Tangri taoloning inoyati bilan va hazrati on sarvari koinotning sharofati bilan va chohoryori bosafolarning himmati bilan seshanba kuni ramazon oyining boshida tarix sakkiz yuz to'qson to'qquzda Farg'ona viloyatida o'n ikki yoshta podshoh bo'ldum” (“Boburnoma”dan).
Uning ko'p umri jangu jadallarda o'tgan. Taqdir taqozosi Boburni ona Vatanidan ketishga majbur qiladi. Bor-yo'g'i 300 navkari bilan tog'-toshlarda sargardon yurib, Afg'onistonga borib, hokimiyatni qo'liga oladi.
Bobur Afg'onistonda o'z hukmronligini mustahkamlab olgach, Hindistonga yurish qiladi va markazlashgan qudratli davlatni barpo etadi.
Bobur o'zga yurtlarni bosib, talon-toroj qilmadi. Aksincha, obodonchilik ishlariga katta e'tibor berdi. Go'zal va maftunkor bog'-rog'lar yaratdi. Bobur qayerda bo'lmasin, ona Vatanini sog'inib yashadi va unga talpindi:
Ne erda bo'lsang, ey gul, andadur chun joni Boburning,
G'aribingga tarahhum aylagilkim, anda jonidur.
Sobiq ittifoq davrida Bobur shaxsiga nisbatan bosqinchi sifatida qaraldi. Hech esimdan chiqmaydi. 1985 yil fevralda o'rta maktabda Alisher Navoiy tavalludini nishonladik. Huddi shu asnoda Bobur tug'ilgan kuniga tayyorgarlik ko'ra boshladik. Kutilmaganda tadbirni qoldirishdi. G'alati davr edi. Shukur, u zamonlar ham o'tdi-ketdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev “Bobur Mirzo xalqimizning buyuk farzandi. Adabiyot, ilm, ma'rifat nuqtai nazaridan u hamon yashayapti. O'zligimizni anglab, buyuk tariximizni yoshlarga tushuntirsak, ilm-ma'rifatni rivojlantirsak, hech qachon kam bo'lmaymiz!” deb Zahiriddin Muhammad Boburga yuksak baho bergan.
Darhaqiqat, Bobur Mirzoni ulkan davlat arbobi sifatidagina emas, qomusiy alloma, mumtoz shoir, jasur sarkarda, adolatli va saxovatpesha davlat arbobi, ilm-fan, madaniyat va san'at homiysi sifatida ham cheksiz qadrlaymiz.
Boburning tarix oldidagi buyuk xizmatlari shundan iboratki, temuriylarning so'nggi hukmdori bo'lib, bu sulolani saqlab qoldi.
Ayni paytda, Hindistondek ulkan mamlakatni birlashtirib, boburiylar sulolasiga asos soldi. 300 yildan ortiq hukmronligi davrida boburiylardan Afg'oniston, Pokiston va Hindistonda bog'-rog'lar, masjid, madrasalar, betakror qasrlar, ulug' obidalar, shuningdek, nihoyatda boy ijodiy-ma'naviy meros qoldi. Dunyoning etti mo''jizalaridan biri – Tojmahal maqbarasi Hindistondagi eng katta tarixiy yodgorlik hisoblanadi.
Boburdan bizga ko'p yaxshiliklar qoldi. “Yaxshilig'” radifli g'azali Bobur hayotining yorqin timsoli va yuksak namunasi sifatida hali ko'p avlodlarimizga saboq bo'ladi.
Kim ko'ribdur, ey ko'ngil, ahli jahondin yaxshilig',
Kimki ondin yaxshi yo'q, ko'z tutma ondin yaxshilig'.
Gar zamonni nafy qilsam ayb qilma, ey rafiq,
Ko'rmadim hargiz netayin, bu zamondin yaxshilig'.
Dilrabolardin yamonlig' keldi mahzun ko'ngluma,
Kelmadi jonimg'a hech oromi jondin yaxshilig'.
Ey ko'ngul, chun yaxshidin ko'rdung, yamonlig' asru ko'p,
Emdi ko'z tutmoq ne, ya'ni har yamondin yaxshilig'.
Bori elga yaxshilig' qilg'ilki, mundin yaxshi yo'q,
Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig'.
Yaxshilig' ahli jahondin istama Bobur kibi,
Kim ko'ribdur, ey ko'ngil, ahli jahondin yaxshilig'.
Ne'matullo MUHAMYeDOV,
O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi
“Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA”
kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori
Yurtimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, hanafiy mazhabi asosida pok dinimizning asl mohiyatini ayol-qizlarga yetkazish, bid’at-xurofotlarning oldini olish muhim vazifa hisoblanadi. Bu jarayonda, tabiiyki, otinoyilarning alohida o‘rni bor.
Shu yil 13 avgust kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani «Shayx Zayniddin» jome masjidi majlislar zalida Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan otinoyilar ishtirokida tadbir tashkil etildi.
Yig‘ilishni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov kirish so‘zi bilan ochib, bugungi kunda diniy soha hodimlari, shu jumladan, otinoyilarning mas’uliyati, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni, ayol-qizlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, sof Islom dini ta’limotining asl mohiyatini keng ommaga yetkazish va har qanday jaholatni ilm-ma’rifat bilan yengish mumkinligi to‘g‘risida gapirdilar.
Tadbirda Toshkent shahar, “Ma’rifiy targ‘ibot markazi” davlat muassasasi direktori, “Shuhrat” medali soxibi, Xidirov Mirzoxid G‘ayratovich Toshkent shahar bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Zulayho Soatova, Toshkent shahar hokimligi mas’ul xodimasi Nilufar Irgasheva va Toshkent shahar tumanlari bosh imom-xatiblarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchilari va hudud otinoyilari ishtirok etdi.
Toshkent shahar, "Ma’rifiy targ‘ibot markazi" davlat muassasasi direktori, “Shuhrat” medali soxibi, Xidirov Mirzoxid G‘ayratovich 2025-yil 25-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasining 1037-sonli Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasining mazmun –mohiyati. Mutaassiblik nima? Radikalizm atamasi haqida. Mutaassib va radikal shaxsning belgilari, bir-biridan farqi va uni aniqlash usulari. Ular bilan suhbat o‘tkazish usullari to‘g‘risida ma’ruza qildi.
Nilufar Irgasheva otinoyilar faoliyati bilan bog‘liq bir qator masalalar to‘g‘risida fikr almashdi. Shu bilan birga 6 oy davomida otinoyilar tomonidan amalga oshiriligan ishlar yuzasidan tahliliy fikrini bildirib, shuningdek, xar bir otinoyi MFY idoralarda “Jaxolatga karshi ma’rifat” loyihasi asosida tashkil etilayotgan manaviy-marifiy tadbirlarni o‘tkazishda faol bo‘lishlari lozimligini va ayollarni urfimiz va milliyligimizga xos kiyinishlarini va boshqalarga taqlid qilmasliklarini haqida bosqichma-bosqich tushuntirish ishlarini olib borishini ta’kidlab o‘tdi. Yig‘ilish doirasida otinoyilarning savollariga javoblar qaytarildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati