Asrlar osha diyorimiz musulmonlari bir mazhabga ergashib kelishgan.
Ammo, hozirgi kunlarda hanafiy mazhabiga ergashib kelayotgan sizu- biz musulmonlarni taqlid qiluvchi gumrohlar deya ayblayotgan toifalar paydo bӯlishgan.
Ularning, mujtahid imomlarga ergashish, ularga taqlid qilish harom va shirk, ularga taqlid qiluvchilar esa gumrohlar deb aytayotgan gaplariga raddiya sifatida quyidagi hujjat va dalillarni keltiramiz.
"Agar bilmaydigan bӯlsangiz, zikr ahllaridan sӯrangiz " (Nahl surasi 43- oyat) .
Huzayfa roziyallohu anhu aytadilar: Biz Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurida ediki. U zot: " Men sizlarning orangizda yana qancha yashashimni bilmayman. Shuning uchun mendan keyin Abu Bakr va Umarga ergashinglar " - deya ishora qildilar (Imom Termiziy rivoyati).
"Majmuatul fatovo " kitobida Shoh Valiyulloh Dehlaviyning quyidagi sӯzlari keltirilgan: " Hindiston va Movarounnahr yurtlarida Shofeiy , Molikiy va Hanbaliy mazhabi tarqalmagan va kitoblari ham etib kelmagan. Shuning uchun ushbu diyorlarda yashovchi, ijtihod qilish darajasiga etmagan kishilarga Abu Hanifa mazhabiga ergashishlik vojib bӯladi " .
Shunday ekan bemazhablikga chaqirayotgan kimsalarning: " Men qur'on va hadisdan ӯzim hukm olaman " degan, ixtilofni va ummat birligiga rahna soluvchi notӯg'ri da'volariga quloq solmaylik.
Aksincha, bemazhablikga yuz tutmay, ӯtgan ajdodlarimiz kabi Hanafiy mazhabiga amal qilib va unda sobit turaylik!
Abdullaxon Mirzayev
Denov tuman "Muhammadqul" jome' masjidi imom-xatibi.
Bugun, 2 sentyabr chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazib, yurtdoshlarimizning murojaat va takliflarini atroflicha tingladi.
Ochiq va samimiy ruhda kechgan qabul jarayonida Toshkent shahri, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridan tashrif buyurgan fuqarolarning diniy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish, Umra ziyorati tartibi hamda masjidlar faoliyatiga doir murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv davomida bildirilgan masalalar yuzasidan fuqarolarga shar’iy va huquqiy tushuntirishlar berilib, tegishli mas’ul xodimlarga murojaatlarni qisqa fursatlarda qonuniy hamda ijobiy hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar yuklatildi.
Eslatib o‘tamiz, aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlashga qaratilgan bu kabi fuqarolar qabullari O‘zbekiston musulmonlari idorasi, uning hududiy vakilliklari hamda yurtimizdagi barcha jome masjidlarida har haftaning chorshanba kuni muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati