frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

06.12.2023   726   1 min.
HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Namangan viloyati "Abdulqodir qori" jome masjidi imom xatibi Ma'rufxon domla A'lodjayevning padari  buzrukvorlari Musoxon hoji otaning vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor etadi.

Oxirat safariga kuzatilgan otaxon el koriga yaraydigan, dinu diyonat yo'lida xizmat qiladigan farzand va nevaralarni o'stirdilar, chiroyli tarbiya qildilar.

Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o'zlariga hamroh aylab, O'z mag'firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.

O'zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o'qituvchi-mudarrislari nomidan Ma'rufxon domla A'lodjayevga, u kishining oila a'zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Janoza bugun asr namozidan so'ng "Mahdum eshon" masjidida o'qiladi.

 

Manzil 

 "Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji'uun".

 «Musibat etganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».

 O'zbekiston musulmonlari idorasi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Mirzaobodda 110 dan ortiq oilaning holidan xabar olindi

17.09.2026   16743   1 min.
Mirzaobodda 110 dan ortiq oilaning holidan xabar olindi

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi «Zomin» jome masjidida diniy soha xodimlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan tashkiliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Sirdaryo viloyati vakilligi rahbariyati, tuman va shahar bosh imom-xatiblari, hudud masjidlari imomlari, otinoyilar, «Haj» ziyoratchilari hamda MFY raislari qatnashdi.


Uchrashuvda yurt tinchligini asrash, yosh avlodni milliy va diniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash hamda noxush holatlarning oldini olish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.


Shuningdek, tadbir doirasida amaliy sa’y-harakatlar ham olib borildi: 
 

  • Imom-xatiblar va otinoyilar mahallalardagi ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj oilalar xonadonlariga tashrif buyurdilar.
     

  • Jarayonda jami 112 ta xonadon (imom-xatiblar tomonidan 83 ta, otinoyilar tomonidan 29 ta oila) holidan xabar olinib, ularning muammo va takliflari o‘rganildi.
     

  • Fuqarolarga ma’naviy-ma’rifiy dalda berilib, zarur amaliy yordamlar ko‘rsatildi. 


O‘MI Sirdaryo viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Mirzaobodda 110 dan ortiq oilaning holidan xabar olindi Mirzaobodda 110 dan ortiq oilaning holidan xabar olindi
O'zbekiston yangiliklari