«Bilginki, salafi solihlar Alloh taologa nisbatan «oliy makonda» degan tushuncha yo'q ekanini aytishgan. Bu o'rinda to'g'ri qadam tashlay olmaydigan ba'zi johillarning aytgan gapining ahamiyati yo'q. Salaf ham, xalaf (keyin kelgan imomlar) ham tanzih, ya'ni Alloh taoloning makondan pok Zot ekaniga ittifoq qilishgan».
Alloma Yusuf Ad-Dajaviy rohimahulloh, «Azhari sharif katta ulamolar hay'ati» a'zosi
Telegramda bizni kuzating???
https://t.me/moturidiyahlisunnamaktabi
Mustaqilligimizning 35 yilligi shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Namanganda ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olinmoqda.
“Mehr-saxovat” ma’rifiy tadbiri doirasida soha xodimlari shahardagi 125 ta xonadonga tashrif buyurib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatdilar. “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamda saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida ko‘rsatilgan ushbu ko‘mak ko‘ngillarga iliqlik, yuzlarga tabassum ulashdi.
Dildan kechgan samimiy suhbatlar va ko‘tarilgan duolar yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati