Alloh taolo marhamat qiladi: “Ey iymon keltirganlar!Barchangiz yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz” (Baqara surasi 208-oyat)
Payg'ambarimiz sollalohu alayhi va sallam bunday dedilar: “Musulmonlar uning tili va qo'lidan omonda bo'lgan kishi chin musulmondir” (Imom Buxoriy rivoyati)Haqiqiy musulmon kishi boshqalarga ozor berish haqida emas, balki oilasi tinchligi, yashab turgan joyini obod qilish, buguni va ertasi haqida qayg'uradi, atrofdagilarga yaxshilik ulashadi. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda o'zlariga qandaydir taxalluslarni qo'yib olib yoshlarni buzg'unchi g'oyalar girdobiga torayotgan, musulmon olamiga fitna solayotgan Abu Saloh, Mahmud Abdimo'min, Sodiq Samarqandiy, Abdulloh Zufarlar kim o'zi?, degan savol tug'iladi. Bularning ilmiy darajalari bormi? Yo'q albatta. Bir so'z bilan aytganda ular buzg'unchidir. Terrorizm – jamiyatda osoyishtalikni izdan chiqarish, odamlarni qo'rqitish, kuch ishlatish, zo'rovonlik qilish, odamlarni qirib tashlash, qo'rqitish orqali pul undirish kabi maqsadlarni ko'zlovchi oqim. Ekstemizm esa jamiyatdagi qonun – qoidalarga zid radikal qarash va harakatlarni ifodalaydi. Terrorizm va eksremizmning asosiy maqsadi siyosiy jarayon bilan bog'liq bo'lib, hokimiyatni egallash, jamiyat osoyishtaligi va xavfsizligiga tahdid solib, insonlar ongini puch g'oyalari bilan zaharlashdan iborat. Yuqorida ta'kidlab o'tilgan shaxslar shular jumlasidandir. Butun dunyo ulomalari din niqobi ostida turli harakatlarni amalga oshirayotgan terroristik va ekstremistik oqimlarning hatti harakatlarini qoralab, ularning qilayotgan ishi Islom diniga umuman aloqasi yo'qligiga ittifoq qilishgan.
Islom – tinchlik va xotirjamlik dini. Uni har qanday buzg'unchi oqimlar ta'siridan saqlaylik. Dinimiz ta'limotiga oid masalalarni , avvalo, masjid imom-xatiblaridan so'rab, ishonchli diniy – ma'rifiy kitoblar, internet tarmog'idagi saytlardan o'qib o'rganaylik.
Uychi tumani
"Devonabobo" jome masjidi imom-xatibi
Abdufattoh Musaxanov
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi “Jizzaxlik”, “Yakkatut” va “Ardaxshon” jome masjidlarining yangi binolari foydalanishga topshirildi.
Tantanali ochilish marosimida soha mutasaddilari, Jizzax viloyati bosh imom-xatibi Mehmonxon domla Jabborov, mahalliy hokimlik vakillari hamda namozxonlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar Allohning uylarini obod etishning ulug‘ fazilati, masjid qurilishiga hissa qo‘shgan insonlarning ajru mukofotlari haqida to‘xtalib o‘tdilar. Shuningdek, masjidlarni nafaqat moddiy, balki jamoat bilan ibodatlarni ado etib, ma’naviy jihatdan obod qilish har bir mo‘min uchun muhim ekani ta’kidlandi.
Yurtimizda istiqlol ayyomi munosabati bilan eshiklarini ochgan ushbu yangi masjidlar namozxonlar uchun zamonaviy va qulay sharoitlarda ibodatlarini ado etishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Jizzax viloyati
Matbuot xizmati