Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Yanvar, 2025   |   10 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:32
Shom
17:16
Xufton
18:35
Bismillah
10 Yanvar, 2025, 10 Rajab, 1446

Davriy nashrlarda: Ikki dunyoda ham manfaatli

17.12.2021   1317   3 min.
Davriy nashrlarda: Ikki dunyoda ham manfaatli

Inson hayoti yaqinlari, do'stu bi­ro­darlari bilan go'zal. Zero, dinimiz ta'limotida do'stlikka alohida e'tibor qaratilgan.

Alloh taolo Qur'oni karimda: «Mo'min­lar va mo'minalar bir-birlariga do'st­dirlar: (odamlarni) yaxshilikka buyu­radilar, yomonlikdan qaytaradilar, namoz(lar)ni barkamol ado etadilar, zakotni beradilar hamda Alloh va (Uning) Rasuliga itoat etadilar. Aynan o'shalarga Alloh marhamat ko'rsa­tur. Albatta, Alloh qudratli va hikmat­lidir» (Tavba surasi, 71-oyat).

Hayotda bir-birlari bilan haqiqiy og'a-inilardek bo'lib ketgan do'stlar ko'plab topiladi. Ular o'ziga nima yaxshilikni ravo ko'rishsa, birodariga ham shuni chin dildan tortiq qiladilar. Og'ir va engil kunlarida elkadosh bo'ladi. Ayniqsa, dunyo va oxiratning baxt-saodatiga eltuvchi yo'llarga do'stlarini chorlab, noto'g'ri yo'llardan qaytarishga urinadi.

Do'stlik xususida bir yigit gap ochib qoldi: “Dadam tarbiyamizga o'ta talabchan edi, – deydi u. – Bolaligimdan qattiq nazorat ostida bo'lganim bois har kim bilan do'stlasha olmasdim. Hamisha kim­lar bilan ulfatchilik qilayotganimni, do'stlarim qanaqa bolalar ekanini so'rab-surishtirardi. Ayniqsa, beodob bolalar­ga qo'shilib qolsam, yaxshigina dakki eshi­tardim. Ammo bir odobli sinfdoshim bilan ko'rsalar, xotirjam bo'lardi. Chunki u do'stim og'ir-vazmin, rostgo'y edi. Dadam uning tarbiyasiga, odobiga havas qilardi.

Ikkalamiz ham voyaga etib, diniy va dunyoviy ilmlarni o'rgandik, bir kasbning boshini tutdik. Shu yillar mobaynida uning menga bo'lgan samimiy munosabati o'zgarmadi. Qolaversa, og'ir kunlarimda yonimda tirgak, xato ishlarimda to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi bo'lgan. O'z o'rnida men ham do'stimga munosib javob qaytarishga harakat qilganman. Shunday do'stni yondosh qilgani uchun Alloh taologa shukronalar aytaman”.

Bu voqeani eshitib, Abu Huray­ra roziy­allohu anhu rivoyat qilgan hadis xayolimga keldi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Mo'min mo'minning ko'zgusidir. Mo'­min mo'­minning birodaridir. Uning zoye bo'lgan narsasini topib beradi va uni ortidan berkitib turadi», deganlar (Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyati).

Shu bilan birga, yana bir hadisda Ra­sululloh sollallohu alayhi va sallam: “Rost­­go'ylar bilan do'stlashinglar. Ular tinchlik­­da ziynat, xavfda qalqondur”, degan­lar. Demak, do'stlarning achchiq bo'lsa-da, rost so'zlaydiganini tanlashimiz lozim. Chunki bunday do'stlar biz uchun ikki dunyoda ham manfaatli bo'ladi.

Zuhriddin MUSOJONOV,
Andijon shahri, “Qoraqo'rg'on” jome
masjidi imom-xatibi

"Hidoyat" jurnalining 8-sonidan olindi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Bu mo‘jizani kim inkor qila oladi?

10.01.2025   746   1 min.
Bu mo‘jizani kim inkor qila oladi?

 Bilasizmi? Silikat moddasiga boy bo‘lgan tuproqqa dafn qilingan insonning skeleti vaqt o‘tishi bilan tosh va xarsangga aylanadi.
 Agar u piri‌t (temir sulfidi) moddasiga boy mintaqaga dafn qilinsa, unday jasad temir haykalga aylanib qolishi mumkin!

Bu ilmiy haqiqat yaqinda aniqlangan bo‘lsa-da, Qur’onda bu haqida 1445 yil oldin hayratlanarli tarzda juda aniqlik bilan bayon etilgan. Qur’onda bunday deyilgan:

وَقَالُوا أَإِذَا كُنَّا عِظَامًا وَرُفَاتًا أَإِنَّا لَمَبْعُوثُونَ خَلْقًا جَدِيدًا

"Ular: “Biz suyaklarga  va chang- tuproqlarga aylanib ketganimizdan keyin ham, yangitdan tiriltirilamizmi?” dedilar. “Sen ularga, toshga yoki temirga aylaninglar”, deb ayt"
(Isro surasi, 50-oyat).

Bu oyat yaqin yillarda kashf etilgan — suyaklari toshga aylangan yoki temir haykalga aylangan qazilmalarga ochiq va ravshan ishora qilmoqda. Go‘yoki Qur’onda xabar berilgan ushbu dalillar olimlar kashf qilishlarini uzoq asrlardan beri kutib yotgandek.

Shunday ekan, aqlli inson bunday ochiq-oydin va ravshan mo‘jizani qanday inkor qila oladi? Qur’onning bu mo‘jizasi kunduzdagi quyoshdek ravshan emasmi?

Homidjon domla ISHMATBЕKOV