Islom madaniyati muzeyida joylashgan “Qozon Qur'oni” ko'rgazmasi 2024 yil 29 fevraliga qadar uzaytirildi.
Bu haqda “Qozon Kreml” muzey-qo'riqxonasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Ko'rgazmada Qozon federal universiteti ilmiy kutubxonasi fondidan noyob buyumlar taqdim etilgan. Bular 18 asrdagi Qur'oni karimning tatar qo'lyozmalari, 1803 yildagi Qur'oni karimning birinchi bosma nashrlari, Qozon Qur'onlari hodisasini o'rgangan tatar diniy arboblarining qo'lyozma va kitoblaridir. Mazkur kitoblarning mualliflari tatar etuk ulamolari Shig'abutdin Marjoniy, Rizautdin Faxretdin, Musa Bigiyevlar sanaladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Eng ulug‘, eng aziz bayram – Mustaqillik shodiyonalariga sanoqli kunlar qoldi. Ayyom arafasida kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj bemorlar, keksalar holidan xabar olinib, ularga bayram tuhfalari yetkazib berilyapti.
Bugun Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov boshchiliklarida imom-domlalar, homiylar poytaxtimizning Olmazor tumanidagi "Islomobod" masjidida yig‘ilib, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olishdi.
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Toshkent shahar filiali hamda homiylar ko‘magida tayyorlangan oziq-ovqatlar jamlanmasi, shirinliklardan iborat ehsonlar bilan xonadonlarga kirib borildi.
Ko‘ngli o‘ksik insonlar bayram tuhfalarini olib, aziz yurtimizda hech kim mehr va e’tibordan chetda emasligiga yana bir karra amin bo‘lishdi.
Alloh taolo ehsonlarni qabul qilsin. Savoblarini ko‘paytirib bersin!
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati