Hindistonda ilk bor bemazhablik va vahhobiylik bayrog'ini ko'targan olimlardan biri Abu Sa'id Muhammad Husayn Batolaviy (1256-1338 h./1840-1920 m.) hisoblanadi. U XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi o'sha davrning ahli hadislari jamoatining etakchilaridan hisoblangan. Uning “Sahihi Buxoriy”ga yozgan “Minah al-Boriy” nomli sharhi, “Mishkot al-masobeh”ga bitgan ta'liqot – ilmiy izohlari va boshqa ko'pgina asarlari mavjud. U o'z davrida juda mashhur bo'lgan “Isho'at as-sunna” (“Sunnatni yoyish”) nomli majallasi zamonaviy salafiylikning ibtidoiy harakatlaridan bo'lib, bemazhablikning yoyilishiga katta hissa qo'shgan majallalardan sanaladi.
Garchi mazkur majalla o'z davrida vahhobiylik va zamonaviy salafiylik targ'ibotchisi bo'lsa-da, unda qodiyoniylarga va qur'oniylar kabi yangi chiqqan firqalarga raddiyalar ham uchrab turgan. 1908 yillargacha chop qilingan “Isho'at as-sunnat”ning oxirgi sonlaridan birida bunday haqiqat oshkor qilingan edi:
“ELLIK YILLIK TAJRIBADAN MA_''LUM BO'LDIKI, BYeMAZHABLIK DINSIZLIKNING DARVOZASI EKAN!”

Bu haqiqat umr bo'yi mazhablarni yoqtirmasdan, ularga ta'na qilib kelgan, mazhablarga ergashish va “taqlid”ni harom sanab kelgan Muhammad Husayn Batolaviyning hayotiy tajribasi natijasida chiqargan insofona e'tirofi edi. Ha, bu bemazhablik targ'ibotchisi bo'lib kelgan “Isho'at as-sunna”ning haq ehtirofi edi.
Ha, haqiqat shuki, bekorga ulamolar: “Mazhabsizlik dinsizlik ustiga qurilgan ko'prikdir”, “Mazhabsizlik dinsizlikka olib boruvchi xatarli bid'at”, deb aytishmagan ekan. Bemazhab bo'lishdan saqlaning!
Mazhablar ichra hanafiylik – Payg'ambarimiz alayhissalom davriga eng yaqin, oyat va hadislarni eng mantiqiy tushunib, hayotga tatbiq qila olgan mazhab hisoblanadi.
© Hamidulloh Beruniy
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan ochiq va samimiy muloqot tizimi fuqarolar murojaatlarini atroflicha o‘rganish hamda ularga tezkor yechim topishda muhim omil bo‘lmoqda.
Bugun, 26 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazib, yurtdoshlarimizning taklif va murojaatlarini tingladi.
Yuzma-yuz muloqot jarayonida masjidlar holati va faoliyati, imom-xatiblar ishi, haj va umra ziyoratlarini tashkil etish, oilaviy munosabatlarni tartibga solish hamda moddiy yordam ko‘rsatishga oid qator masalalar ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq ko‘rsatmalar berildi.
Eslatib o‘tamiz, bu kabi ochiq muloqot tadbirlari Diniy idoraning hududiy vakilliklari hamda yurtimizdagi barcha jome masjidlarda har haftaning chorshanba kuni muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati