frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Bular haqida ko'p gapirish kerak bo'lgan paytda biz kamgapmiz...

01.12.2021   1735   5 min.
Bular haqida ko'p gapirish kerak bo'lgan paytda biz kamgapmiz...

Bugun dunyo tez o'zgaryapti. Binobarin turmush tarzi, tarbiyadagi munosabat hammasi kechagidek emas.

Yangi axborot texnologiyalarining ommaviy rivojlanishi ba'zi tarbiya qoliplarini o'zgartirish yoxud hayotga moslashtirishni talab qilmoqda. Boshqa holatda yangi mezonlarni hayotga tatbiq qilish kerak bo'ladi. Insonni hayotdan rozi qiladigan narsalar hammasi ham axborotlarga bog'liq emas. 

Masalan, bolaga doim o'z sevgan mashg'uloti bo'lishi, boshqalardan yordamini ayamaslik, intilib yashashi, har ishda faol, yangilikka intilib yashashi, tushkunlikka tushmasligi jahl va yolg'ondan uzoqda bo'lishi juda muhimdir. Jarayonlar shiddatli rivojlanayotgan bugungi davrda asabni saqlash, samimiy bo'lish, bekorchi bo'lmaslik, odamlarga ko'proq yaxshilik qilish, manman bo'lmaslik lozim.Buning uchun hammaga bilan birdek yaxshi munosabatda bo'lishi, ochiq yuzli bo'lish, o'z ismi bilan chaqirilishi, sabrli tinglovchi bo'lish, suhbatdoshini qiziqtiradigan narsalar haqida gapirishi, ota-ona qadr-qimmatini yuqori tutishi, kamtarlik, kamgap bo'lishi yaxshilikka olib keladi. Keling endi, bugun ijtimoiy tarmoqlar davrida tarbiyada nimalarga e'tibor berish kerak, degan masalani o'rtaga tashlaylik. Bular haqida ko'p gapirish kerak bo'lgan paytda biz kamgap bo'lmoqdamiz.

Birinchidan, internet tarmoqlari orqali o'zgalar bilan aloqa qilishda avvalo o'ziga tanlagan ismning go'zalligiga e'tibor berishi lozim. Ba'zilar o'z nomi bilan tarmoqqa kirmaydi. Bu o'ta hurmatsizlik. Global tarmoqda millionlab odamlar joylashgan.  Boshqalarni aldamaslik kerak.

Ikkinchidan, ijtimoiy tarmoqlar orqali o'zgalar bilan aloqa qilishda qonun va axloq qoidalariga amal qilish zarur.

Uchinchidan, internet orqali o'zgalar bilan munosabat qilishdan yaxshilik va teng hamkorlik qilish hamda yomonlik va dushmanlik yo'lida hamkorlik qilmaslikni shior qilib olish zarur.

To'rtinchidan, internetda foydali maqsadni ko'zlash va befoyda ishlardan chetda bo'lish lozim. 

Beshinchidan, ijtimoiy tarmoqlar orqali birovlar bilan aloqa qilishda yaxshilikni va go'zal xulqni tutishi talab etiladi, turli rasmlar, foydasiz gap va videolar bilan odamlarning vaqtini o'g'irlash va ularni chalg'itishdan nima foyda?  Faqat kerakli, zarur narsalarni uzatish lozim. Oltinchidan, ijtimoiy tarmoqlarda turli jins vakillari bor, hazil-huzul bilan juda ko'p oilaviy muammolar kelib chiqmoqda, ish hatto ajralish masalasigacha qadalmoqda.

 Bu masalada jamoatchilik juda ehtiyot bo'lishimiz kerak. Bo'yi etgan qiz va o'g'illar, yosh oilalar telefon va ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni hazil deb o'ylamasliklarini biz ota-onalar va pedagoglar qayta va qayta tushuntirishimiz darkor. Elektron  olam tarbiyasi bugun juda muhim. Internet orqali  aloqa qilib, katta qarzga botib qolayotganlar yoki oilasi buzilayotganlar, elektron olamdan topishib, tag-taxti noma'lum odamlar bilan nikohlanib qolayotganlar, ota-onasining yuzini shuvut qilayotgan yoshlar haqida kunda eshityapmiz.

Lekin tarbiyada bular haqida nega jimmiz?  Biz ilgari hayo va andisha qilib yurgan narsalarni yoshlar internetdan allaqachon bilmoqda. Bugungi bolalar ham internet orqali yolg'on ishlatyapti, soxtakorlik bilan uydirma xabarlar, suratlar va video lavhalar tarqatyapti.  Oilada va ta'lim dargohlarida ijtimoiy tarmoqlar tarbiyasi bo'yicha mavzular bo'lishi shart.  Zamon shuni talab qilmoqda. Internet orqali munosabatlarda notanish kishilarni "Siz"lab ularga alohida hurmat ko'rsatish kerak. Bu telefondagi suhbatlarga ham tegishli. So'kish va qarg'ash bu odamgarchilikdan chiqish bilan teng. 

Ruxsat olmasdan kishilarning rasmi yoki tovushi va videosini tarmoqlarga joylashtirib yuborishlik o'ta madaniyatsizlik hisoblanadi. "Elektron" yoshlarga behuda tortishuvlarga yo'l qo'ymaslik va beodobliklarga qarshi kurashishni o'rgataylik. Yana bir gap – ijtimoiy tarmoqlardagi savdo-sotiqlar, takliflar,bordi-keldilar rasmiy maqomga ega bo'lganligi uchun bunda lafzda turishlik, va'daga vafo qilishlik, birovning haqqiga xiyonat qilmaslikni ham tarbiyada o'rgatishlik uni ish dasturlarimizga kiritishimizni tavsiya qilaman.

Albatta yoshlarimiz qancha madaniyatli va tarbiyali bo'lsa, shuncha zurriyotlarimizdan ko'nglimiz to'q bo'ladi. Bir hisobdan raqamli iqtisodning ichidamiz, bir yoqdan insonga raqamli olamdan tashqarida, u bo'lmagan vaqtda ham amal qilgan tarbiya mezonlariga amal qilishga burchlimiz. Bunaqa paytda "Six ham, kabob ham kuymasligi" kerak. Lekin har qanday davrda biz o'zligimizni yo'qotmasligimiz darkor.

 

Baxtiyor KARIMOV,  O'zbekiston respublikasi Halq o'qituvchisi,  

Abdulaziz RUSTAMOV, O'zA

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bir guruh diniy-ma’rifiy soha fidoyilariga "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi" esdalik nishonlari topshirildi

28.08.2026   85   2 min.
Bir guruh diniy-ma’rifiy soha fidoyilariga

27 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan diniy-ma’rifiy sohada samarali mehnat qilib kelayotgan fidoyi yurtdoshlarimizni taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov kirish so‘zi bilan ishtirok etdi.

Kirish nutqida mamlakatimizda mustaqillik yillarida, ayniqsa, so‘nggi yillarda diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish, jamiyatda tinchlik-totuvlik, millatlararo hamjihatlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, sohada faoliyat yuritayotgan ulamolar, imom-xatiblar, mudarrislar va fidoyi xodimlarning munosib hissasi haqida alohida ta’kidlandi.

Tantanali tadbir davomida diniy-ma’rifiy sohada ko‘p yillardan buyon samarali mehnat qilib, yurtimizda ma’naviy barqarorlikni ta’minlash, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, aholi o‘rtasida ma’rifiy tushuntirish ishlarini olib borishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh fidoyi yurtdoshlarga "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi" esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Esdalik nishonlarini topshirish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduhalikov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi Orifxon Zokirovlar ishtirok etdilar.

Taqdirlash marosimida ta’kidlanganidek, mazkur esdalik nishoni mamlakatimiz taraqqiyotiga, uning tinchligi va barqarorligiga, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashga, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shayotgan fidoyi insonlarga bildirilgan yuksak ehtirom va e’tirof ramzidir.

Tadbir yakunida taqdirlanganlar o‘zlariga bildirilgan yuksak ishonch va e’tibor uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatimiz tinchligi va ravnaqi yo‘lidagi ezgu faoliyatlarini yanada sidqidildan davom ettirishlarini ta’kidladilar.

 Barcha mukofot sohiblarini samimiy muborakbod etamiz!

Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari