Bir kishi choshgoh vaqti ulamolardan birining uyiga kelib, eshikni taqillatibdi va shoshilib so'rabdi: “Men nafl ro'za tutgan edim, keyin unutib bitta bodring eb qo'ydim, endi ro'zam nima bo'ladi?”.
Olim debdi: “Hohlaganingcha bodring eyaver, senga bo'laveradi. Lekin bundan oldin falonchidan tortib olgan erni egasiga qaytib ber!”.
Doktor Mustafo Mahmud rahimahulloh aytardilar: “Men Ka'bani tavof qilganimda o'zimga savol beraman: Musulmonlarga ne bo'ldiki, hozir Allohdan qo'rquv bilan, qalblari titragan holda tavof qilyaptilar-u, biroq ketgandan keyin hammalari har qayoqqa tarqab, kimdir o'zining atrofida, kimdir o'z nomi atrofida, yana kimdir shaytoni atrofida aylanishda davom etadi… Alloh taolo tavof qilishga buyurganda shunchaki harakatlarni bajarishni iroda qilganmidi..? Yoxud bundan hayotni butunlay yaxshilab to'g'ri tarafga o'zgartiradigan diniy shiorni ko'zlaganmidi? Yo'q ikkisi ham emas! Alloh butun hayotimiz uning xohishi atrofida aylanishini, tavof etishini iroda qilgan! Agar arablar hozirgidek bitta nuqta atrofida aylanishganida, oqu qora, har turli odamni xuddi Ka'ba atrofida jamlangandek bir safda jamlaganlarida edi, aslo xorlikka yuz tutmas edilar, hozir ko'rib turganimizdek dunyo bo'yicha uchinchi yoki to'rtinchi o'ringa tushib qolmas edilar. Men o'zimga o'zim juda hayratlanib savol beraman: “Qanday qilib, bitta Ka'ba atrofida tavof qiladigan musulmonlar bir birlarini o'ldirishi, bir biriga qarshi urush ochishi mumkin? Unda birgalikda tavof qilishlaridan nima ma'ni? Ka'ba atrofida bir safda jamlanishlari qayerda qoladi? Ho'sh shunday qilsalar tavoflariga munosib ish qilgan bo'ladilarmi?! Allohu akbar degan gaplariga loyiq ish qilgan bo'ladilarmi? Yo'q, dunyo ular uchun barcha narsadan ustun. Ular ko'rinishidan Ka'baning atrofida tavof qilayotgan bo'lsalar-da, aslida boshqalarni pisand qilmay, faqat o'z fikrlarini ma'qullab, o'z xohish-istaklari atrofida tavof qilmoqdalar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga bir a'robiy kelib, besh mahal namozni o'qiyman, bundan ko'paytirmayman ham, kamaytirmayman ham deganida U zot alayhissalom: “Agar gapida tursa najot topgay” degandilar va juda ham haq so'zni aytgandilar. Arablarda bu so'z hali hanuz ishlatiladi, ular yaxshi ishlar qilishga va'da bergan odamga qarata: “Agar haqiqatdan gapida tursa najot topadi”, deyishadi".
Doktor Hasson Shamsi Poshoning "Metin qoyalar" kitobidan
G'iyosiddin Habibulloh, Ne'matulloh Isomov tarjimasi.
Ushbu mas’uliyatli vazifaga Samarqand shahar “Xo‘ja Is'hoqi Valiy” jome masjidi imom-xatibi Nursultonxon domla Abdumannonov tayinlandi.
Ma’lumot o‘rnida Nursultonxon domla “Mir Arab” madrasasi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va “Oriyental” universitetida ta’lim olgan.
Shuningdek, u faoliyati davomida “Damariq” va “Xo‘ja Is'hoqi Valiy” jome masjidlarida imom-xatib, shuningdek, Samarqand shahar bosh imom-xatibi o‘rinbosari sifatida xizmat qilgan.
Alloh taolodan Nursultonxon domlaning yangi lavozimdagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar so‘raymiz!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati