? 2021 yil 1 dekabr' kuni erta tongda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Holiqnazarov hazratlari va Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi Sodiqjon Toshboyev boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi a'zolari Saudiya Arabistoniga jo'nab ketdi.
Ma'lumki, o'tgan ikki yil davomida pandemiya tufayli butun dunyo mo'min-musulmonlari “Haj” va “Umra” amallarini ado etish baxtidan bebahra bo'ldilar.
Allohga shukrki, so'nggi vaqtlarda Saudiya Arabistoni va yurtimizda koronavirus bilan bog'liq vaziyat yaxshilanayotgani, kunlik kasallanish darajasi kamayayotgani, vaktsina olgan aholi miqdori oshib borayotgani va cheklovlar yumshatilayotgani O'zbekiston xalqini cheksiz quvontirmoqda.
Ayni kunlarda yurtimiz mo'min-musulmonlari katta intiqlik bilan umra mavsumining boshlanishini kutishmoqda. Umid qilamizki, tez orada mavjud ehtiyot choralari ham yumshab, yurtimiz musulmonlari yana emin-erkin umra ibodatlarini ado etish saodatiga erishadilar, insha Alloh.
Haq taolo ushbu safarni xayrli qilsin, mana shunday sharafli va mas'uliyatli vazifada O'zbekiston delegatsiyasiga kuch-quvvat va muvaffaqiyatlar ato etsin.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
@muslimuzportal | @vaqfuz | @diniysavollar
Tirikmisiz? Hayotning qadriga yeting.
Charchadingizmi? Alloh yaratgan tabiat qo‘yniga chiqing dam oling, tafakkur qiling!
Yiqildingizmi? Allohdan sabr va kuch so‘rab, o‘rningizdan turing.
Sizdan so‘rasalar, o‘ylanmay beravering. Zero, hamma narsa Allohniki. Alloh vaqtinchalik sizga berib turibdi, xolos. O‘rni bo‘lsa, muhtojlarga ulashib, savobini olib qoling.
Sizni qadrlamasalar xafa bo‘lmang, qadrlashlarini so‘ramang ham. Ammo sha’ningiz toptalgan joyda qolmang.
O‘rgatsalar, o‘rganing saboq oling. Hayot sinovlari oldida yengilmang. Kurashib yashang. To hayot ekansiz, har bir ne’matning shukrini qiling. Bu foniy olamda hammasi sinov ekanini esdan chiqarmang.
Akbarshoh Rasulov