Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Yanvar, 2025   |   16 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:46
Peshin
12:38
Asr
15:39
Shom
17:23
Xufton
18:41
Bismillah
16 Yanvar, 2025, 16 Rajab, 1446

Takbiri tahrima: qo'llar quloq barobarigacha ko'tariladi

4.12.2023   519   10 min.
Takbiri tahrima: qo'llar quloq barobarigacha ko'tariladi

Namozga kirishda qo'llar quloq barobarigacha ko'tarilib, qo'lning bosh barmog'i quloqning yumshog'iga etkaziladi va takbiri tahrima – “Allohu akbar” lafzini aytib namozga kiriladi.

Qo'llar ko'tarilganda kaftning ichki tomoni Qiblaga qaratilib, barmoqlar biroz ochilgan holatda bo'ladi. Namozga kirishda qo'llar quloq barobarigacha ko'tarilishi haqida bir qancha hadislar kelgan bo'lib, quyida ulardan ba'zilarini keltiramiz:

Voil ibn Hujr roziyallohu anhu: MenNabiysollallohualayhivasallamninamozgakirishdatakbiraytib, qo'llariniko'tarib, quloqlaribarobarigako'targanlariniko'rdim”, dedilar (ImomMuslimrivoyati).

Molik ibn Huvayris roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasulullohsollallohualayhivasallamqachon(namozgakirishuchun) takbiraytsalar, ikkiqo'llariniquloqlaribarobarigako'tararedilar(ImomMuslimrivoyati).

Anas ibn Molik roziyallohu anhu rivoyat qilinadi: Rasulullohsollallohualayhivasallamnamozgakirishdatakbiraytib, ikkiboshbarmoqlariniquloqlaribarobarigachako'tararedilar(ImomHokim,ImomDoraqutniyrivoyati).

Ulamolarimiz: Hadislardakelganqo'lniquloqbarobarigako'tarishdanmaqsaduniquloqqatekkizishdir,chunkiquloqningyumshog'igaqo'ltegishiqo'lningquloqbarobarigako'tarilganininganiqbelgisidir”, deganlar.

Bu haqda “Al Bahrur-roiq sharhi kanzud-daqoiq” kitobida quyidagilar aytilgan: “Hadisdagi tenglashtirishdan maqsad – ikki qo'lni quloqlarga tenglashganiga ishonch hosil qilish uchun ikki bosh barmoqni quloqlarning yumshoq joyiga tekkiziladi”.

Namozga kirishda ikki qo'lni quloq yumshog'iga tekkizish haqida “Durrul Muxtor” kitobida quyidagilar aytiladi:

“Ikki bosh barmoqni qulog'larning yumshoq joyiga tekkizgan holatda takbir aytish – hadislardagi tenglashtirishdan ko'zda tutilgan narsa shudir. Chunki busiz tenglashganiga ishonch hosil bo'lmaydi”.

Demak, namozga kirishda takbiri tahrima aytiladi va unda qo'llar quloq barobaricha ko'tariladi. Bu hanafiy mazhabimiz ulamolarining ijtihodlari bo'lib, bu borada Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ko'plab sahih hadislar rivoyat qilingan.

Payg'ambar alayhissalom namozga kirishda muborak qo'llarini elkalari barobarigacha ko'targanlariga dalolat qiladigan hadislarni mukammal o'rgangan ulamolarimiz bu masalada quyidagicha xulosa qilganlar:

Sovuqda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qo'llari kiyimlari ichida bo'lgani va u qalin kiyimning engi bo'lmagani sababli namozga kirishda qo'llarini elka barobarigacha ko'targanlar.

Tabiiyki, bunday holatda qo'l elkadan tepaga ko'tarilmaydi. Sovuq bo'lmagan paytlarda Payg'ambar alayhissalomning qo'llari kiyimlarining ichida bo'lmagani uchun namozga kirishda qo'llarini quloqlari barobarigacha ko'targanlar. Bunga mashhur sahobiy Voil ibn Hujrning quyidagi rivoyatlari dalolat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borga – nimda u zotni ikki qo'llarini quloqlari barobariga ko'targan holda takbir aytganlarini ko'rdim. Keyingi yil borganimda esa ular (Payg'ambarimiz va sahobalar)ning ustilarida (qalin) kiyimlari bor edi. (Ular namozga kirishda) qo'llarini ko'krak barobarigacha ko'tardilar” (Imom Tahoviy rivoyati).

Mashhur muhaddis Imom Abu Ja'far Tahoviy rahmatullohi alayh mazkur hadisdan quyidagi xulosani chiqarganlar: “Demak, Voil ibn Hujr roziyallohu anhuning (Payg'ambarimiz va sahobalar namozga kirishda) qo'llarini elkalarigacha ko'tarar edilar degan hadislari qo'llari kiyimlari ichida bo'lgan paytga tegishlidir. Ammo (Payg'ambarimiz va sahobalar namozga kirishda) qo'llarini quloqlarigacha ko'tardilar, degan hadislari qo'llari kiyimlari ichida bo'lmagan paytga tegishlidir.

Shunday ekan, biz hanafiylar takbiri tahrimada qo'l ko'tarish haqidagi Voil ibn Hujr roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadislarini barchasiga amal qilamiz: Sovuq sababli qo'llar kiyim ichida bo'lgan paytda qo'lni ko'tarish mumkin bo'ladigan joygacha ko'taramiz. U ham bo'lsa elka barobaridir. Agar qo'llar kiyim ichida bo'lmasa Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga o'xshab qo'llarimizni quloqqacha ko'taramiz” (“Sharh maoni-l-osor” kitobi).

Ma'lumki, hozirgi kunda qo'llar kiyim ichida bo'lmaydi, sababi barcha kiyimlarning engi bor. Demak, hozirgi paytda namozga kirishguvchi kishi qo'llarini qulog'i barobarigacha ko'taradi.

Takbiri tahrima (Allohu akbar)ni aytgandan so'ng dunyoviy narsalar haqida fikrlash, gaplashish va turli harakatlar qilish mumkin emas.

“Sunnatga muvofiq namoz o'qing” kitobidan olindi.

Jaholatga qarshi ma'rifat
Boshqa maqolalar

“Ya Haliymu ya Aliym, ya Aliyyu ya Aziym” duosining fazilati

15.01.2025   2132   3 min.
“Ya Haliymu ya Aliym, ya Aliyyu ya Aziym” duosining fazilati

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Mutorrif ibn Mus’ab aytadilar: “Men xalifa Mansurning huzuriga kirsam, u g‘amgin va xafa holatda ekan. Ayrim yaqin insonlaridan judo bo‘lgani sabab, hatto so‘zlashmay qo‘ygan ekan. U menga: “Ey Mutorrif! Men musibatga duchor bo‘ldim. Bu baloni Allohdan boshqa hech kim bartaraf qila olmas. Alloh bu musibatni daf qilishini so‘rashim uchun biron duo bormi? Men uni o‘qib yurardim”, dedi.

Men: “Ey mo‘minlarning amiri! Muhammad ibn Sobit menga Amr ibn Sobit al-Basriydan rivoyat qilib gapirib bergan. “Basralik bir kishining qulog‘iga pashsha kirib ketib, quloq pardasigacha yetib bordi. U og‘riqdan qiynalib, kechasiyu kunduzi uxlolmay qoldi. Shunda Hasanning yaqinlaridan bir kishi: “Sahoba Alo ibn Hazramiyning duolarini o‘qigin, chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari ushbu duoni sahroda va dengizda so‘rab duo qilganlarida, Alloh taolo ularni mashaqqatdan xalos qilgan”, deb aytgan edi, u kishi: “Alloh rahm qilsin, u qanaqa duo?” dedi. Shunda men u kishiga quyidagi rivoyatni aytib berdim:

“Alo ibn Hazramiyni Bahraynga yuborildi. U kishi sahroni yurib borarkan, juda qattiq chanqoq va suvsizlikdan o‘lar holatga keldi. Shunda u zot ulovdan tushdi va  ikki rakat namoz o‘qidi. So‘ngra: “Ya Haliymu, ya Aliym, ya Aliyyu, ya Aziym, isqinaa” (Ey Halim, ey Biluvchi, ey Oliy va ey Buyuk Zot, bizni suv bilan sug‘or, tashnaligimizni qondir) deb duo qilgandi, birdan qushning qanotiga o‘xshab ketadigan bulutlar paydo bo‘lib, gumburlay boshladi. So‘ngra yomg‘ir yog‘a boshladi, biz idish va meshkoblarimizni to‘ldirib oldik. Yo‘limizda davom etib, dengiz qirg‘ogidagi kichik ko‘rfazga yetib keldik. U yerda hech qimirlashni iloji yo‘q edi. Suzib ketishimiz uchun kemalarimiz ham yo‘q edi. U kishi ikki rakat namoz o‘qib: “Ya Haliymu ya Aliym, ya Aliyyu ya Aziym, ajiznaa” (Ey Halim, ey Biluvchi, ey Oliy va ey Buyuk Zot, bizni bu yerdan o‘tkazib yubor), deb aytdilar. So‘ngra otning tizginidan ushlab: “Allohning ismini aytib bu yerdan kechib o‘tinglar”, dedilar.

Abu Hurayra roziyallohu anhu: “Biz suvning ustidan yurib o‘tdik. Allohga qasamki, bizni na oyoqlarimiz, na mahsilarimiz va na oyoq kiyimlarimiz ho‘l bo‘lgan edi. O‘sha paytda qo‘shin to‘rt ming otliqdan iborat  edi”, deb aytdilar.

(Ibn Abu Dunyo, Lalkaiy va Ibn Abu Shayba musanniflarida ba’zi qisqartirish va qo‘shimchalar bilan rivoyat qilishgan).

Haligi qulog‘iga pashsha kirib ketgan kishi ham ushbu duoni o‘qigan edi, qulog‘idan pashsha chiqib, o‘z holiga keldi.

Xalifa Mansur ham qiblaga qarab, ushbu duo bilan so‘ray boshladi. Biroz fursat o‘tib, menga yuzlandi va: “Ey Mutorrif, Alloh mendagi g‘amni aritdi”,  deb ovqat keltirishlarini amr qildi va meni ham taklif etdi, birga o‘tirib tanovvul qildik.

“Yoqimsiz narsalarni bartaraf qilish va balo ofatdan qutulishda duoning ahamiyati” nomli kitobdan.

Biz ham hayotda qandaydir muammo va to‘siqlarga duch kelib: “Ya Haliymu ya Aliym, ya Aliyyu ya Aziym”, deb aytib, o‘sha muammoni ko‘tarishini Allohdan astoydil va chin ixlos bilan so‘rasak, insha Alloh U Zotning yordami bilan muammolardan xalos bo‘lamiz.