O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Holiqnazarov hazratlari
Zikr iymonni kuchaytiradi va uning qalb kasalliklariga sabab bo‘luvchi zaifligini muolaja qiladi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Iymoningizni yangilab turinglar" dedilar. "Yo Allohning Rasuli, iymonimizni qanday yangilaymiz? deb aytishdi". U zot alayhissalom: "Laa ilaha illaloh" kalimasini aytishni ko‘paytiringlar", dedilar (Imom Ahmad rivoyati).