Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Avgust, 2025   |   11 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:50
Quyosh
05:22
Peshin
12:34
Asr
17:29
Shom
19:39
Xufton
21:04
Bismillah
05 Avgust, 2025, 11 Safar, 1447

Olim tarbiyalagan onalar (1 qism)

17.04.2024   867   4 min.
Olim tarbiyalagan onalar (1 qism)

Har qanday insonning hayotidagi eng muhim va ta'sirli odami bu – uning onasi sanaladi. Kimda kim hayotda qandaydir biror yutuqqa yoki muvaffaqiyatga erishgan bo'lsa uning ortida ona turadi.

Mashhur tobeinlar Robi'a ar-Ray Islom olamining yirik olimlaridan edi. Uning otasi Farrux jangchi va mohir chavandoz, buyuk sahoba Robi'a ibn Ziyod Horisiy roziyallohu anhuning yordamchisi edi. Janglarda unga hamrohlik qilardi. Urushlar nihoyasiga etgach Robi'a ibn Ziyod Horisiy roziyallohu anhu Farruxni ozod qilib yuboradi. Farrux Madina shahriga kelib, oila quradi. Yosh oila tinch va baxtli hayot kechira boshlaydi.

Orada kunlar o'tadi. Farrux yana urushga chaqiriladi. U ko'zi yorishi arafasida turgan ayoliga bir necha ming dirhamni qoldirib ketadi.

Ozgina muddatdan keyin farzand dunyoga keladi. Onasi uni oq, yuvib, oq taraydi, o'zi emay, ediradi, ta'lim va tarbiya beradi. Farzandi hali yosh bo'lishiga qaramay uni turli ustozlarning huzuriga olib boradi. Natijada, farzandi Qur'oni karimni va bir qancha hadislarni to'liq yod oladi.

Oradan ancha yillar o'tadi. Farzand otasini juda intiqlik bilan kutardi. Otasi haqida hech qanday xabar yo'q edi. Ammo kunlarning birida bir to'da askarlar jangdan qaytishadi, lekin Farrux ularning orasida ko'rinmasdi.

Qattiq qayg'uga botgan Ona farzandining ilm bo'lishi uchun yana harakat qilishda davom etadi. Ona tunlari tahajjudda farzandining haqqiga duo qilardi, kunduzi esa o'g'lini darsga olib borardi. Yon-atrofdagilar unga achinib, “o'zingga ham rahming kelsin” desalar, u: “ustozlarimiz sen ilmga boringni bermaguningcha ilm senga bir bo'lagini ham bermaydi deb aytishardi” derdi.

Soatlar ortidan kunlar, oylar ketidan yillar o'tdi. Ona butun umrini farzandining kamoli uchun bag'shida qilgan Robi'a ar-Ray etuk olim bo'lib etishdi. U Madina masjidida dars berardi. Yoshu keksa odamlar uning atrofini o'rab olib, aytgan har bir so'zini diqqat bilan tinglashardi.

Ha, kim Islom olamiga Robi'a ar-Ray kabi mashhur muhaddis va faqihni etkazib berdi? Uning Onasi... Ona turmush o'rtog'i qoldirgan dirhamlarni dunyoning o'tkinchi matohlariga emas, balki farzandi olim bo'lishi uchun sarfladi.

Imom Muhammad ibn Idris Shofe'iy rahimahulloh otasi vafot etganida hali yo'rgakdagi chaqaloq edi. Kim uni butun dunyoga mashhur Imom Shofe'iy bo'lib etishiga hissa qo'shdi? Ha, uning Onasi...

Imom Shofe'iy onasining moliyaviy holati juda og'ir edi. Lekin onasi nihoyatda oqila va taqvodor edi. Dilbandi ilm olishi uchun o'z yurtini tashlab Makkaga ko'chib o'tadi. Farzandiga dastlab Qur'oni karimni, so'ngra hadislarni yodlatdi. Keyin chiroyli nutq qilishni o'rganishi uchun badaviy arablarga yubordi. Ular bilan 4 yil birga bo'ldi.

Onasi farzandining ilmli bo'lishi uchun tunu-kun harakat qilardi. O'g'lini Imom Molikning huzuriga olib bordi. Imom Shofe'iy Imom Molikdan hadislar eshitdi, uning “Muvatto” asarini yodlab oldi.

Onasining tarbiyasi sababli Imom Shofe'iy buyuk olimlardan biri bo'lib etishdi.

Ha, aziz opa-singillar sizning butun avlodni tarbiyalashdagi o'rningiz va xizmatingiz juda katta.

Davomi bor....

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar

«Ishorai sabboba» qanday amal?

04.08.2025   5578   3 min.
«Ishorai sabboba» qanday amal?

Hanafiy mazhabimizda «ishorai sabboba» sunnat amal xisoblanadi. U to‘g‘risida bir necha hadisu shariflar vorid bo‘lib, quyidagi manbalarda u to‘g‘risida va qanday qilinishi borasida to‘xtalib o‘tilgan. Abu Lays Samarqandiy “Navozil”, Kamoliddin Ibnu Humom “Fathul qodir”, Alloma Alouddiyn Kosoniy “Badoi’us Sanoiy”, Ibn Obidiyn “Raddul muxtor”, Abdulhay Laknaviy “Umdatur ri'oya”, “E’lo’us sunan” kabi mo‘tabar manbalarda ham sunnat ekanligi zikr qilingan.  Bu haqida Aliy Qoriy ikkita “Tazyinul ibora tahsinul ishora” va “At-tadhiynu lit tazayyun”, Hofiz Ibn Hajar “Talhisul hobir”, Ibn Obidiyn “Raf’ ul taraddud” nomli bir qator risolalarda ham yozib o‘tganlar.

Imom Termiziy Abu Humayddan rivoyat qiladilar: “O‘ng kaftlarini o‘ng tizzalariga, chap kaftlarini chap tizzalarini ustiga qo‘yib barmoqlari bilan ishora qilar edilar”.

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sallolohu alayhi vasallam namozda, ya’ni tashahhudga o‘tirsalar o‘ng qo‘llarini o‘ng tizzalarini ustiga chap qo‘llarini chap tizzalarini ustiga qo‘yib ko‘rsatkich barmoqlarini ko‘tarib ishora  qilardilar. Chap qo‘llari tizzalarini ustida turar edi”. Ushbu hadisga sahobalar, tobe’inlar amal qilib, tashahhudda ishorani ixtiyor qildilar. Ahmad Nofi’dan rivoyat qiladilar: “Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo namozda tashahhudga o‘ltirsalar ikki qo‘llarini ikki tizzalariga qo‘yib barmoqlari bilan ishora qilib, ishora qilgan barmoqlariga qarab turar edilar, so‘ng Rasululloh sallalohualayhi vasallam: “Barmoq bilan ishora qilish shaytonga temirdan ham shiddatliroq”, derdilar.

Aliy Qoriy “Tazyinul ibora tahsinul ishora” kitoblarida ushbu hadisni sharhlab aytadilarki, “Barmoq bilan ishora qilish urushda temir qurolni ishlatishdan ham qiyinroqdir, go‘yo tavhidga ishora qilish bilan shayton mo‘min bandani adashtirishi, shirkka olib borishdan bo‘lgan  umidini kesadi”.

Imom Suyutiy “Jome’ul kabir” kitoblarida Uqba ibn Omirdan rivoyat qiladilar: “Kishi namozida ishora qiladigan har bir ishorasiga o‘nta hasanot yoziladi”, dedilar.

Ibn Obidiyn “Raf’ul taraddud” nomli kitoblaridagi «ishorai sabboba» haqida vorid bo‘lgan hadislar, olti sahih kitoblarning hammasida zikr qilingan. U hadislarni hattoki, ma’naviy mutovotir deyish durust bo‘ladi deganlar.

«Ishorai sabboba» qilish borasida sahobalar, ularga ergashgan tobe’inlar ixtilof qilmadilar. Imom Abu Hanifa va u zotning ikki shogirdlari Imom Abu Yusuf va Imom Muhammmad, Imom Molik, Imom Shofeiy, Imom Ahmad ibn Hanbal hamda mutaqaddim ulamolar «ishorai sabboba» sunnat ekanligiga ittifoq qilishgan.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, «ishorai sabboba»ni tashahhudga o‘tirganda, duoni o‘qib “Ashhadu anna...” deganda namozxon o‘ng qo‘lni ko‘rsatgich barmog‘ini ko‘taradi, “illalloh” deganda tushiradi. Tashahhud duosini avvalidan qo‘lni qimirlatib turish durust emas. Shuni takidlash lozimki, «ishorai sabboba» rivoyatlaridan bexabar bo‘lib, bu amalni qilmagan namozxonni aslo malomat qilinmaydi.

Namangan shahar "Mulla Bozor Oxund" jome masjidi

imom noibi Anvarxon Akramov

Manba: @Softalimotlar