Bismillahir Rohmanir Rohim.
Ulamolar ittifoq qilgan qoida shuki, Islom shariati hukmlarining maqsadi beshta asosni himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, ular – jon, din, nasl, mol va aqldir. Shar’iy istilohda ular “Besh zarurat”, deb nomlanadi..
Barcha samoviy dinlar va sog‘lom aql egalari ularni asrab-avaylash shartligi borasida yakdil fikrdalar. Jonni asrash borasida Alloh taolo Qur’oni karimda shunday deydi:
وَلاَ تُلْقُوا بِأيْدِيكُمْ إلَى التَّهْلُكَةِ [البقرة : 195] .
ya’ni: “...o‘z qo‘llaringiz bilan o‘zlaringizni halokatga tashlamangiz!” (Baqara surasi 195-oyat).
Payg‘ambar alayhissalom: “Zarar berish ham, zarar ko‘rish ham yo‘q”, - deganlar (Imom Ibn Moja va Imom Doraqutniy rivoyatlari). Jonni asrab-avaylash to‘g‘risida bulardan boshqa ham ko‘plab diniy ko‘rsatmalar mavjud.
Turli mish-mish va asossiz ma’lumotlarni tarqatish harom
Islom shariatida turli mish-mishlar tarqatish va uni rivojlantirish qoralangan. Chunki u, odamlar vaboga qarshi kurashish uchun rahbarlarning atrofida jamlanib, jipslashish zarur bo‘lgan bir paytda ularda, xavotir, ikkilanish va sarosima kabilarni keltirib chiqaradi. Holbuki o‘zaro jipslik har qanday jamiyatning quvvat tayanchidir. Qur’oni karim mish-mish tarqatuvchi toifaning xataridan ogohlantirgan va ularni munofiqlar, qalbida kasali borlar qatoriga qo‘shgan. Ularning hammasini halokat bilan qo‘rqitgan:
"لَئِنْ لَمْ يَنْتَهِ الْمُنَافِقُونَ وَالَّذِينَ فِي قُلُوبِهِمْ مَرَضٌ وَالْمُرْجِفُونَ فِي الْمَدِينَةِ لَنُغْرِيَنَّكَ بِهِمْ ثُمَّ لا يُجَاوِرُونَكَ فِيهَا إِلا قَلِيلا" (الأحزاب: آية 60)
ya’ni: “Qasamki, agar munofiqlar, dillarida buzuqlik bo‘lgan kimsalar va Madinada mish-mish tarqatib yuruvchilar (o‘z qilmishlaridan) tiyilmasalar, albatta, Biz Sizni ularga qarshi qo‘zg‘aturmiz, so‘ngra ular (Madinada) ozchilikdan boshqasi Siz bilan yonma-yon tura olmay qolurlar” (Ahzob surasi 60-oyat)
Mazkur oyati karimadagi “Murjiflar” bugungi kun lug‘ati bilan aytganda mish-mish tarqatuvchilardir. Shuning uchun ham shariatimiz tilni saqlash, jamiyatda bir xabar tarqatishdan avval uning oqibatlari haqida o‘ylab, aniqlik kiritib olishga buyurgan. Alloh taolo aytadi: “Ey, imon keltirganlar! Agar fosiq xabar keltirsa, aniqlab ko‘ringlar, bir qavmga bilmasdan musibat yetkazib qo‘yib, qilganingizga nadomat chekuvchi bo‘lmanglar” (Hujurot surasi, 6-oyat).
Mana shu oyati karimada har bir inson eshitgan gapini tekshirib, uning manbasi rost yoki yolg‘on ekanini bilmasdan turib gapirmaslikka aks holda o‘zi bilmagan ravishda boshqalarga ozor berib, nadomat va pushaymonlikka tushib qolmaslikka buyurilmoqda.
Qur’oni Karim o‘ziga kelayotgan xabarlarni tekshirmay, uni kim gapirganiga e’tibor bermay tarqatishni munofiqlikning belgisi deb sanagan. Alloh taolo: "Qachonki ularga eminlik yoki haq to‘g‘risida bir ish-xabar yetsa, uni taraturlar. Agar uni Payg‘ambarga va o‘zlaridan bo‘lgan ishboshilarga havola qilganlarida edi, ulardan ish negizini biladiganlari uni anglab yetar edilar. Allohning fazli va marhamati bo‘lmaganda, ozginangizdan boshqangiz shaytonga ergashib ketar edingiz" (Niso surasi, 83-oyat).
Bu oyati karimada Alloh taolo xabarlarni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekaniga qat’iy ishonch hosil qilmasdan turib, shoshma-shosharlik bilan o‘zgalarga tarqatishdan qaytarmoqda.
Bundan shuni xulosa qilamizki har bir inson eshitgan xabarlari to‘g‘ri va jamiyat yoki shaxslarga zarar bermasagina uni tarqatishda aniq va ishonchli manbalarga tayanish vojib ekan. Ammo xabar yolg‘on bo‘lsa yoki to‘g‘ri bo‘lsada uni tarqatish ommaga zarar keltirsa, uni tarqatish joiz bo‘lmaydi.
Yer yuzining aksar qismiga vabo tarqalgan hozirgidek holatlarda odamlarning qalbiga xavf, qo‘rqinch va umidsizlik soladigan xabarlarni tarqatmaslik barchaga barobar vojibdir.
Vabo tarqalganda narxlarni sun’iy ravishda oshirish harom
Vabo tarqalgan davrda odamlarni yanada qiyinchilikka duchor qilish, ayniqsa, odamlarni kundalik ozuqalarini va tibbiyot vositalarini qimmatlashtirish oddiy holdagi ihtikordan ko‘ra gunohi qattiqroq va og‘irroqdir.
“Ihtikor” so‘zi shar’an oziq-ovqat va shunga o‘hshash narsalarni sotib olib, uni to narxlar qimmatlagungacha bozorga chiqarmay ushlab turishdir. Ihtikor shar’an haromdir. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: “Faqat xatokor (osiy) kimsagina ihtikor qilur”, – dedilar (Imom Muslim rivoyati).
Boshqa bir hadislarida esa: “Kimki, biror ozuqa turini qirq kecha ihtikor qilsa, u kimsa Allohdan bezor ekanini e’lon qilibdi, Alloh ham undan bezor bo‘libdi. Va qaysi bir mahalla ahlidan bir kishi qorni och holda tong ottirsa, demak, ulardan Allohning zimmasi (himoyasi) ko‘tarilibdi” dedilar (Imom Ahmad rivoyati).
Qolaversa, ihtikorda odamlarning mollarini botil yo‘l bilan yeyish va mahsulotlarni yetishmasligi sabab ko‘pchilikni vahima va sarosimaga tushirish bor.
Shuning uchun Islom dini jamiyatga zarar bo‘ladigan har qanday manopolistik hatti-harakatni hukumat tomonidan to‘xtatilishini yoqlaydi. Shuningdek, bunday paytda hukumatni narx qo‘yishda haddan oshganlarni tartibga solishi dinimiz talabiga muvofiqdir. Chunki bunda ko‘pchilik odamlarning manfaatlari yotadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, ba’zida odamlarning vahima va dahshatga tushishlari o‘zlariga ayni paytda kerak bo‘lmagan mahsulotlarni ham harid qilishlariga olib keladi. Bu esa, monopolistlar tomonidan narxlarni ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun kishi doimo isrofga yo‘l qo‘ymasligi va o‘rtamiyona bo‘lishi talab qilinadi. Qiyinchilik paytida bu qoidalarga amal qilish yanada zarurroq bo‘ladi.
Hazrati Umar raziyallohu anhuga odamlar go‘shtning narxi oshib ketganini shikoyat qilganlarida, U zot: “Uni arzonlashtiringlar” dedilar. Shunda, odamlar: “Qanday arzonlatamiz, u bizni qo‘limizda emasku? ” deganlarida. U zot: “Ulardan go‘sht sotib olmanglar, shunda arzonlashadi” deb javob berdilar.
Pandemiyada chiqarilgan tartib-qoida va qarorlarga amal qilish vojib.
Alloh taolo Qur’oni karimda:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا أَطِيعُوا اللَّهَ وَأَطِيعُوا الرَّسُولَ وَأُولِي الْأَمْرِ مِنْكُمْ
ya’ni: “Ey, imon keltirganlar! Allohga itoat etingiz, Payg‘ambarga va o‘zlaringizdan (bo‘lmish) boshliqlarga itoat etingiz!”, deb marhamat qilgan (Niso surasi 59-oyat).
Kasallik qaysi yurtda keng tarqalsa karantin vojib bo‘ladi. Bunday paytda ishlar soha mutaxassislari va shifokorlarga bog‘liq bo‘lib, barchaga rasmiy idoralar tomonidan chiqarilgan qonun-qoida va chora-tadbirlarga amal qilish lozim bo‘ladi. Birinchi navbatda kasallikni keng tarqalishining oldini olish maqsadida hukumat tomonidan joriy qilingan karantinga amal qilish zarur.
Bu masalaga dalil sifatida quyidagi hadisni keltirish mumkin: Abdurahmon inb Avf raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam vabo kasalligi borasida shunday deganlar: “Agar bir joyda kasallik (vabo) borligini eshitsangiz u joyga bormang. Agar siz turgan joyda kasallik tarqalsa, undan qochib boshqa joyga chiqib ketmang” (Imom Buxoriy rivoyatlari).
Bu hadisdan ochiq-oydin ma’lum bo‘ldiki, vabo qayerda tarqalsa, biror-bir kishi uchun vabodan qochib boshqa joyga borishi durust emas. Agar kishi vabo tarqalgan joydan tashqarida bo‘lsa, ichkariga kirishi durust emas. Bu narsa vabo kasalligi tugagungacha davom etadi.
Yuqoridagi hadisni quyidagi Imom Ahmad rivoyat qilgan hadisi sharif qo‘llab-quvatlaydi. Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan eshitdim: “Moxovdan sherdan qochgandek qochgin” deganlar.
Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning sog‘lom bilan kasalni bir-biriga aralashmasligi borasidagi ko‘rsatmalarini hatto hayvonot olamiga ham tegishli ekani kishini hayratga soladi. Bu haqda hadisi sharifda shunday deganlar: “Kishi kasal tuyalar yoniga sog‘lom tuyalarini haydab bormasin ”
Fiqhiy qoidalardan biri shuki, “Ayni paytda salomatlikka va kelajakda tinch-totuvlikka sabab bo‘ladigan narsaga amal qilish shariat va aql nuqtayi nazaridan vojib hisoblanadi”.
Har qanday yuqumli kasallikka chalingan kishi kasalligini boshqalarga ham yuqtirib, sog‘lom insonlarga zarar yetishiga sababchi bo‘lib, natijada o‘zi gunohkor bo‘lmasligi uchun o‘zini noxush sezgan vaqtida zudlik bilan shifokorga murojaat qilishi lozim bo‘ladi.
Shar’iy hukmlar inson manfaatlariga zid emas
Juma namozi va jamoat namozlariga qatnashish Islomning shiorlaridan hisoblansa-da, insonlar manfaatini yuzaga keltirish hamda ulardan zararni daf qilish – Payg‘ambarlarning yuborilishidan ko‘zlangan oliy hikmatdir. Payg‘ambarlar olib kelgan ahkomlar “O‘rni kelganda inson manfaatlari Islom shiorlaridan ustun turishi”ni ta’kidlaydi. Juma namozi farz, jamoat bo‘lim namozlarni ado etish sunnat bo‘lsa, lekin ularni ado etish bilan zarar kelib chiqsa, ana shu zararning xavfi ustun ko‘riladi va insonlarni masjidlarda to‘planishlaridan qaytariladi.
Soha mutaxassislarining masjidda yoki boshqa joylarda odamlarni bir joyda to‘planishi xatarli ekani, virusning keng tarqalib ketishiga sabab bo‘lishi haqida tavsiyalariga binoan davlat mutasaddilari odamlarni to‘planishlariga chek qo‘yish haqida qaror qabul qilsa barcha ushbu qarorga amal qilishi, garchi juma va jamoat namozlariga bo‘lsa ham xavf bartaraf bo‘lguniga qadar to‘palanishdan saqlanishlari lozim bo‘ladi.
Hech bir kimsa ushbu qarorga qarshi ish qilishi halol emas. Bu xoh masjid ichidan eshiklarini qulflab, ozchilik bo‘lib juma yoki jamoat namozini ado etish bo‘ladimi yoki masjid oldida yoki hovlisida yoxud uning hududida to‘planibmi farqi yo‘q. Bularning barchasi Alloh taoloning buyruqlari va ahkomlariga ochiq qarshi chiqishdir. Shuningdek, shariatga va uning quyidagi qoidalariga qarshi chiqishdir:
لا ضرر و لا ضرار
ya’ni: “Zarar ko‘rish ham, o‘zgaga zarar berish ham yo‘q”;
درء المفاسد مقدم على جلب المصالح
ya’ni: “Zararni daf qilish foydani jalb qilishdan ustundir”.
Shunga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi tomonidan karantin davrida to vaziyat barqarorlashgunga qadar jamoat namozlarini vaqtincha masjidlarda o‘qimaslik haqida chiqarilgan Fatvo talablariga qarshi xatti-harakatlarni amalga oshirish joiz emas.
Zakotni vojib bo‘lish muddatidan avval berish joiz
Islom barcha ko‘rinish va shakllarda ijtimoiy birdamlik tamoyilini qo‘llab-quvvatlaydi. Agar uni odatdagi paytlarda qo‘llab-quvvatlasa, u xavfsizlikka erishgunga qadar hamkorlik va hamjihatlikka muhtoj bo‘lgan inqiroz, pandemiya, favqulodda va og‘ir vaziyatlarda uni farz qiladi.
Qolaversa, mehr-muruvvatning eng ko‘zga ko‘ringan shakllari bu – epidemiyaning tarqalishidan aziyat chekkanlarga, beva ayollarga, muhtojlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish kabi xayrli ishlardir.
Shuningdek, surunkali xastalar hamda muhtoj bo‘lgan narsalariga erisha olmaydigan keksalarga xayriya mablag‘lari, xayr-ehson yoki zakot mablag‘laridan yordam berish lozim.
Jumhur ulamolarning fikri shundan iboratki, bir yoki ikki yil uchun avvaldan zakotni ado etish joiz. Bugungi kunda shunday fatvo berishga ehtiyoj ham mavjud. Buning joizligiga Imom Abu Dovud va boshqalar rivoyat qilgan: “Abbos ibn Abdulmuttalibning Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamdan zakotini avvaldan berishga ruxsat so‘raganlarida U zot unga izn berganlarlari” haqidagi hadis dalolat qiladi.
Demak, zakot pullarini belgilangan muddatdan oldin kambag‘allar va ehtiyojmandlar manfaati uchun avvaldan ado etish shar’an mustahab ishdir. Bu – “COVID-19” pandemiyasi dunyoni qamrab olgan va yordamga muhtoj va kambag‘allarning ko‘plari zarar ko‘rgan bir paytda ularning ehtiyojlarini qondirish shariatning oliy maqsadlaridan. Fitr sadaqasiga kelsak, u Ramazon oyining birinchi kunidan boshlab oxirgi kunigacha ado etilishi mumkin.
Alloh taolo tez kunlarda dunyo xalqlari ustidan xususan, yurtimizdan koronavirus balosini daf etsin. Ushbu dardga mubtalo bo‘lgan bemorlarga shifoi komil ato aylasin. Halqimizni ushbu baloni oldini olishda hamjihat bo‘lib, undan saqlanish borasidagi tavsiyalarga astoydil amal qilishlariga tavfiq ato etsin.
Homidjon ISHMATBЕKOV,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
raisining birinchi o‘rinbosari
11-ya Vsemirnaya vistavka i sammit "Xalyal" v Stambule, v kotoroy primut uchastiye sotni mejdunarodnix kompaniy, proydet v dekabre.
Po soobsheniyu IQNA so ssilkoy na "Yeni Şafak", 11-y Vsemirniy sammit i vistavka "Xalyal" v Stambule budut vklyuchat v sebya spetsialniy razdel kosmetiki i sredstv lichnoy gigiyeni pod sobstvennoy torgovoy markoy, chto sozdast novie vozmojnosti dlya biznesa dlya mirovix proizvoditeley i pokupateley.
Ojidayetsya, chto meropriyatiye posetyat boleye 50 000 chelovek iz 110 stran mira.
Meropriyatiye, kotoroye proydet s 26 po 29 noyabrya v Stambulskom vistavochnom sentre, soberet mejdunarodnix proizvoditeley i pokupateley blagodarya nedavno sozdannomu sektoru xalyalnoy kosmetiki i sredstv lichnoy gigiyeni.
Organizatsiya i uchastiye v meropriyatii
11-y Vsemirniy sammit "Xalyal", kotoriy proxodit pod egidoy prezidenta Tursii, yavlyayetsya odnim iz vajneyshix mirovix forumov v industrii "Xalyal". Meropriyatiye organizuyetsya v sotrudnichestve s Ministerstvom torgovli Tursii, Agentstvom po akkreditatsii "Xalyal" i Institutom standartov i metrologii islamskix stran (SMIIC) Organizatsii islamskogo sotrudnichestva.
Vozmojnosti rinka chastnix torgovix marok
Spetsializirovanniy razdel chastnix torgovix marok svyajet proizvoditeley, obladayushix vozmojnostyami proizvodstva chastnix torgovix marok, s kompaniyami, stremyashimisya predstavit svoyu produksiyu na mejdunarodnix rinkax. Eta spetsializirovannaya oblast predostavit platformu dlya sozdaniya novix torgovix soglasheniy i delovix otnosheniy v bistro rasshiryayushemsya sektore chastnix torgovix marok. Eta initsiativa realizuyetsya na fone togo, chto mirovoy rinok chastnix torgovix marok demonstriruyet znachitelniy rost, v nastoyasheye vremya otsenivayetsya v 915 milliardov dollarov i, po prognozam, dostignet 1,6 trilliona dollarov k 2034 godu.
Strategicheskoye polojeniye Tursii
Rinok chastnix torgovix marok prodoljayet znachitelno rasshiryatsya kak na globalnom urovne, tak i vnutri Tursii, iz-za menyayushixsya potrebitelskix predpochteniy, povisheniya chuvstvitelnosti k senam i diversifikatsii proizvoditelyami svoyego portfelya brendov. Strategicheskoye geograficheskoye polojeniye Tursii, kvalifitsirovannaya rabochaya sila v proizvodstve i vseob’emlyushaya infrastruktura sepochki postavok stavyat stranu v polojeniye, pozvolyayusheye yey stat regionalnim sentrom po proizvodstvu produksii pod chastnimi torgovimi markami. Etot sektor, soxranyaya znachitelnoye prisutstviye na bistrorastushem rinke elektronnoy kommersii, yavlyayetsya vajnoy chastyu razvitiya vnutrenney i mejdunarodnoy torgovli.
Produkt pod chastnoy torgovoy markoy - eto produkt s torgovoy markoy, proizvedenniy tretey storonoy. Takim obrazom, sootvetstvuyushiy roznichniy prodaves vibirayet materiali, konsepsiyu, upakovku i dizayn produkta, v to vremya kak proizvoditel proizvodit produkt v sootvetstvii s etimi spetsifikatsiyami. Zatem produkt dostavlyayetsya roznichnomu prodavsu bez kakix-libo priznakov, ukazivayushix na uchastiye tretey storoni, i razmeshayetsya na polkax magazina.
Press-slujba Upravleniya musulman Uzbekistana