Abulqosim Zahroviy dorini bemorning qoniga aralashtirib (tomirdan) yuborilsa, uning ta'siri tez bo'lishini tajribalar orqali kashf qildi. Shuning uchun u kishi hozirgi kunimizgacha ishlatib kelinayotgan tibbiy shprits- ukolning ixtirochisi sanaladi.
Bu zot o'sha davrda Andalusiyada eng buyuk jarroh deya tanilgan. Shu sababdan uni «zamonaviy xirurgiyaning otasi» deb ham sifatlashadi. Uning qalamiga mansub ulkan qomusiy qo'llanma «At-Tasrif liman 'ajaza 'anit ta'lif» kitobi bo'lib, o'ttiz jilddan iboratdir.
Musulmon tibbiyot olimi Abulqosim Zahroviy tarixdagi birinchi stomatolog - tish jarrohi ham ekanini bilasizmi?
Ushbu olim tish jarohati uchun maxsus uskunalarni ixtiro qilgan. Undan tashqari tishni tekislovchi uskunani ham yasagan. U tish tekislashda tilla va kumush iplardan foydalangan.
O'zi ta'lif etgan kitobida tishni sug'urish, milk ostidagi singan ildizni sug'urish haqida to'xtalgan. U og'iz, milk va tishga etadigan kasalliklar muolajasi haqida ham bir fasl yozgan.
Undan tashqari, Abulqosim Zahroviy tarixda birinchi bo'lib, ko'krak bezi saratonini jarrohlik yo'li bilan davolagan. U 200 dan ortiq jarrohlik asboblarni ixtiro qilgan olim hisoblanadi. U saratonni boshlang'ich davrida to'lig'icha olib tashlash imkoni bo'lsa, davolash mumkin deydi.
Olim Ispaniyaning Madinatuz Zahro shahrida 936-melodiy sana tug'ilib, 1013-melodiy sanada Qurtuba shahrida vafot etgan. X – XI asrlarda yashab ijod qilgan. Yevropada uni «Abul'kasis - Al-Zahrawi Albucasis» deb nomlashgan.
Bobur Ahmad tayyorladi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov boshchiligida Diniy idoraning bir guruh vakillari Qatar davlatining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan Qatar mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda qatnashdi.
O‘zbekiston va Qatar xalqlarini o‘zaro bog‘lab turuvchi tarixiy-madaniy rishtalar bugungi kunda keng ko‘lamli va uzoq muddatli aloqalarning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.
Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad al Soniy sa’y-harakatlari bilan so‘nggi yillarda Qatar Davlati keng qamrovli taraqqiyot borasida sifat jihatdan ulkan o‘zgarishlarga erishdi hamda strategik rejalashtirish va zamonaviy iqtisodiy boshqaruv sohalarida o‘rnak bo‘ladigan mamlakatga aylandi.
Bu yilgi bayramni Qatar davlati va uning fuqarolari "Qatar sizlar bilan yuksaladi va sizlardan kutadi" shiori ostida nishonlamoqda. Bu shior ham Qatar davlati amirining so‘zlaridan olingan. Qatar Milliy 2030 Rivojlanish Strategiyasi esa insonni taraqqiyot markaziga qo‘yib, uni oliy maqsad sifatida belgilagan.
Eslatib o‘tamiz, sal oldinroq Qatar elchixonasi tomonidan Islom sivilizatsiyasi markaziga bir qator kitoblar sovg‘a qilingan, o‘z navbatida mehmonlarga Markaz tomonidan Katta Langar Qur’onining faksimile nusxasi tuhfa etilgan edi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati