Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Fevral, 2026   |   18 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:09
Quyosh
07:29
Peshin
12:42
Asr
16:03
Shom
17:49
Xufton
19:03
Bismillah
06 Fevral, 2026, 18 Sha`bon, 1447

Kun tarixi: Sankt-Peterburgda masjid qurgan Buxoro amirini bilasizmi?

22.02.2021   2535   4 min.
Kun tarixi: Sankt-Peterburgda masjid qurgan Buxoro amirini bilasizmi?

Vatanimiz tarixidagi 22 fevral' sanasi bilan bog'liq ayrim voqealar bayoni.

1407 yil (bundan 614 yil oldin) – Amir Temurning nabirasi, Sohibqiron vafoti oldidan uni o'ziga valiahd deb e'lon qilgan temuriy shahzoda Pirmuhammad mirzo vafot etdi.

Hijriy 809 yil ramazon oyining o'n to'rtinchi kuni (milodiy 1407 yil 22 fevral') yarim kechada vazir Pir Ali Toz boshliq bir guruh fitnachilar Balxning katta arkiga bostirib kirdilar va qo'riqchilarni o'ldirib, temuriyzoda Pirmuhammadni uxlab yotgan joyida xotinlari hamda xizmatkorlari bilan birga chopib tashladilar.

Tarixchi Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, Pir Ali Toz oddiy navkar bo'lib yurgan kezlarida, Pirmuhammad mirzo uni o'z panohiga olib, oddiy navkarlikdan amirlik darajasigacha ko'targan. Ko'pgina tarixiy manbalarning ma'lumotiga qaraganda, xojasiga xiyonat qilgan Pir Ali Toz ig'vogar, shuhratparast va niyati buzuq shaxs bo'lgan.

1871 yil (bundan 150 yil oldin) – Mirza Hakim parvonachi Toshkentdan Qo'qon xonligiga kelgan Turkiston general-gubernatorining  vakili I. Ibragimovni Qo'qon shahrida Hudoyorxon mablag'iga qurilayotgan yangi masjidni ko'rgani taklif qildi. 

Ular borib ko'rganlarida masjid qurilishi hali tugamagan edi. Masjidning hovlisi katta bo'lib terak va qayrag'och daraxtlari ekilgan bog'i bor edi. Masjidning o'zi ham juda katta bo'lib, kirish tomoni bo'ylab bir nechta kirish eshikli panjara o'rnatilgan. 

O'rtada ham bino bor edi, uning bir nechta eshiklari endi qurilayotgandi. Quruvchilarning so'zlariga qaraganda, bularning eshiklari shishadan ishlangan bo'larmish. Bino shifti rangli naqshlangan. Masjid ustunlarining soni 204 ta qayrag'och va terak xodalaridan ishlangan bo'lib, har birining yo'g'onligi 4 arshinga teng bo'lgan.

1913 yil (bundan 108 yil oldin) – Sankt-Peterburgda Buxoro amiri tomonidan bunyod etilgan masjid tantanali ochildi. Unda otasi Abdulahadxondan so'ng taxtga o'tirgan hukmdor, Buxoroning so'nggi amiri Said Olimxon (hukmronlik yillari 1910–1920) bilan birga Hiva xoni Asfandiyorxon (hukmronlik yillari 1910–1918) ham ishtirok etdi. 

Tarixchi olim Akbar Zamonovning qayd etishicha, bugungi mamlakatimiz hududidan joy olgan ikki qo'shni davlat – Buxoro va Hiva hukmdorlari faqat ana shu voqea munosabati bilan aynan Sankt-Peterburgda uchrashib, suhbatlashgan  (aslida bu ikki hukmdor 1911 yil yanvarda shu shaharda ilk bor uchrashgan, lekin ayrim sabablarga ko'ra suhbatlashmagan).

Ma'lumot o'rnida qayd etish joizki, HIH asrning oxirlariga kelib, Sankt-Peterburg shahrida musulmonlar soni ancha ortgan bo'lsa-da, u erda birorta masjid bo'lmagan. Shu bois, shahar musulmonlari masjid qurish uchun mablag' to'plashga kirishadi. Biroq to'plangan pul hatto masjid qurilishi uchun er sotib olishga ham etmaydi. Ana shunday paytda, Peterburg bilan yaqin aloqada bo'lgan Buxoro amiri Sayid Abdulahadxon (hukmronlik yillari 1885–1910) bundan xabar topadi va o'z xazinasidan masjid qurilishi uchun er sotib olishga katta miqdorda mablag' ajratadi. 

Akbar Zamonovning yozishicha, shu tariqa, mazkur masjid qurilishi boshlanadi. 1910 yil 3 fevral kuni shaxsan amir Abdulahadxon ishtirokida masjidning birinchi g'ishti qo'yiladi. Ammo masjid ishga tushirilgan kunni ko'rish amirga nasib etmaydi. U 1910 yilda olamdan o'tadi. Biroq masjid qurilishi to'xtamaydi.

2019 yil (bundan 2 yil oldin) – O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sotsiologik tadqiqotlar o'tkazishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni qabul qilindi.

 

Alisher EGAMBYeRDIYeV tayyorladi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Har bir inson sinovdadir

05.02.2026   3569   3 min.
Har bir inson sinovdadir

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Nihoyat, Amr ibn Osning qalbi islom nurini ko‘rdi. Makkadan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida Islomga kirish uchun Madina sari yo‘lga tushdi. Yo‘lda Xolid ibn Validga uchradi. U ham Madinaga musulmon bo‘lish uchun ketayotgan ekan. Qurayshning eng aqlli va zakiysi hamda uning bemisl qahramoni bir kunda Islomga kirishdi.

Dinimizning ajoyibligiga qarang! Shaharlardan oldin qalblarni fath qiladi. Qo‘rg‘onlardan oldin ko‘ngillarni egallaydi!

Amr ibn Os masjidga borib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga dedi:

- Ey Allohning Rasuli! Qo‘lingizni oching, bay’at qilaman!

Nabiy sollallohu alayhi vasallam qo‘llarini ochdilar. Ammo Amr qo‘lini musht qilib oldi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam so‘radilar:

- Senga nima bo‘ldi, Amr?

- Shartim bor!

- Sharting nima ekan?

- Mening mag‘firat qilinishim!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

Bilmaysanmi, Islom oldingi gunohlarni yo‘qotib tashlaydi! - dedilar.

Tavba yangidan islomga kirishdir. Alloh tomon yuzlaning. Gunohingiz har qancha katta bo‘lmasin, afvdan umid uzmang. Shirkdan ko‘ra katta gunoh yo‘q. Zino, o‘g‘irlik, ribo yeyish qanchalar katta gunoh bo‘lmasin, shirkning oldida kichikdir. Shunday bo‘lsa-da, mushrik agar shirkini tark qilib, Allohga qalbi bilan yuzlansa, uning oldingi gunohlari kechiriladi. Endi osiy musulmonni kechirishi uning gunohlari qanchalik katta bo‘lmasin, albatta, loyiq va munosib bo‘ladi!

Insonlarning gunohlari qanchalar katta bo‘lmasin, Allohning mag‘firati undan-da, kattadir!

Tavbaning uchta sharti bor:

1. Darhol o‘sha gunoxdan saqlanish.
2. Pushaymon bo‘lib o‘sha gunohga qaytmaslikka azm etish. Agar zaiflik qilib, yana gunohga qaytib qolsa, yana tavba qilish.

Mening qalbimga o‘rnashib qolgan bir hadis bor, unda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar: «Mo‘min bandaning vaqti-vaqti bilan qilib turadigan gunohi bo‘ladi. Dunyodan o‘tgunicha ajrala olmaydigan gunohi bo‘ladi. Mo‘min kishi sinovdadir (Alloh uni balo, gunoh va fitnalar bilan sinaydi), u ko‘p tavba qiluvchi bo‘ladi, u (qilgan gunohlarini) unutuvchi bo‘ladi. Agar unga eslatilsa, eslaydi (ya’ni Allohning azobi eslatilsa, eslab gunohidan qaytadi)».

Imom Tabaroniy rivoyat qilgan, sahih.

3. Agar birovlarning haqqini yegan, yerini tortib olgan yoki merosda boshqaning ulushini egallab olgan bo‘lsa, ularni qaytarib tavba qilinadi.

Agar bir kunda ming marta gunoh qilsangiz, Allohga ming marta tavba qiling. Shayton eng ko‘p istaydigan narsa bandaning noumidligidir. Umidni uzishdan saqlaning!

«Nabaviy tarbiya» kitobi asosida tayyorlandi

Maqolalar