Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Noyabr, 2026   |   6 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:50
Quyosh
07:12
Peshin
12:13
Asr
15:22
Shom
17:06
Xufton
18:23
Bismillah
16 Noyabr, 2026, 6 Jumadul soni, 1448

Ro‘zani buzmaydigan hollar

12.05.2018   50063   1 min.
Ro‘zani  buzmaydigan  hollar

Quyidagi hollarda ro‘za buzilmaydi:

– ro‘zador ekanini unutib yeb-ichish;

– ko‘zga surma surish;

– hijoma, ya’ni qon oldirish;

– tomoqqa tutun, chang, pashsha va quloqqa suv kirishi;

– og‘izga kelgan balg‘amni, tupukni yutish;

– tishlar orasidagi saharlikdan qolgan no‘xatdan kichik narsani yutish (agar bunday narsa ko‘p va yig‘ilganda no‘xatdan katta bo‘lsa, ro‘za buziladi);

 

“RAHMAT OYI RAMAZON” kitobidan

 

Boshqa maqolalar
Maqolalar

Duosi ijobat duotalablar

16.11.2026   5963   1 min.
Duosi ijobat duotalablar

Ali ibn Abu Harora rahimahulloh hikoyat qiladi: «Onam yigirma yildirki o‘rnidan tura olmasdi. Bir kuni menga:

– O‘g‘lim, Ahmad ibn Hanbalning huzuriga borib, undan men uchun Allohga duo qilishlarini so‘ra, – dedi. Men u zotning uyiga bordim va eshigini taqillatdim. Uyda edi. Eshikni ochmasdan:

– Kim u? – deb so‘radi.

– Men falon qasabadan keldim. Onam uzoq yillardan beri og‘ir bemor, o‘rnidan qo‘zg‘ala olmaydi. U meni sizdan duo so‘rashim uchun yubordi, – dedim. Shunda u kishining ajablangandek:

– O‘zimiz odamlarning duosiga muhtojmiz, – deganlarini eshitdim va noumid bo‘lib ortimga o‘girildim. Shu damda uydan bir kampir chiqib:

– Sen Abu Abdulloh (Ahmad ibn Hanbal) bilan gaplashgan yigitmisan? – dedi.

– Ha, – dedim.

– U kishi onang uchun duo qilishga kirishdi, – dedi kampir. Men shoshilib uyga yugurdim. Borib eshikni taqillatib, onamning iznini kutdim. Bir payt eshik ochildi. Qarasam, eshik oldida onam turibdi.

– Alloh menga shifo va ofiyat ato qildi, – dedi hayrat bilan».

Bu hikoya solih bandalarning duosi albatta qabul bo‘lishini va haqiqiy avliyolar o‘zlarini doimo Allohning rahmatiga muhtoj deb bilishini ko‘rsatadi. Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayh duosi ijobat bo‘ladigan zotlardan edi. Ammo o‘zini hecham boshqalarning duosidan behojat deb bilmasdi.

Honiy al-Hojning “Solih va solihalar hayotidan ming bir qissa” kitobidan Ilyosxon AHMAD tarjimasi.

“Islom nuri” gazetasining 2026 yil 15-sonidan

Ibratli hikoyalar