Markaziy Osiyo shaharlari uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tayyorlangan namoz vaqtlarini ko‘rsatib turuvchi onlayn taqvim xizmati, ya’ni taqvim-informer ishga tushdi!
O‘z internet sahifangiz bormi? Unda Siz yashab turgan joy uchun maxsus hisoblangan namoz vaqtlari ko‘rinib turadimi? Yo‘q, deysizmi? Demak, Siz hali Muslim.Uz saytining taqvim-informeri ishga tushganligidan bexabar ekansiz. Hoziroq quyidagi havolaga kirib, mana bu yerdan informerning kodini yozib oling. Sahifaga kirib, namoz vaqtlari jadvalini o‘zingizga yoqqan rang va shaklda sozlab olishingiz mumkin.
Qarabsizki, sahifangizda Siz tanlagan rang, shakl va ko‘rinishda siz yashab turgan shahar uchun maxsus hisoblangan namoz vaqtlari taqvimi kecha-kunduz xizmatingizda bo‘ladi.
Istalgan xarflarda, istalgan rangda, istalgan shaklda!
Muslim.uz sahifasida namoz vaqtlarini chop etib beruvchi «taqvim-informer» dasturi qayta sozlandi. Sahifangizga qo‘yilgan namoz vaqtlarini ko‘rsatib beruvchi havolani quyidagi xizmatdan olishingiz mumkin.
Toshkent viloyatida 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan viloyat imom-xatiblari va noiblari o‘rtasida “Siz qonunni bilasizmi?” mavzusida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda diniy soha xodimlarining huquqiy savodxonligi, Konstitutsiya haqidagi bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Tanlovda g‘oliblar aniqlanib, ulaga esdalik sovg‘alari hamda Haj va Umraga (guruh rahbari bo‘lib) yo‘llanmalar berildi.
G‘oliblar:
1. Zangiota tumani “Sadr ota” jome masjidi imom-xatibi Izzatillayev Fayzulloh domla Haj;
2. Toshkent tumani “Ayri ota” jome masjidi imom noibi Sultonov Abu Bakr domla Haj;
3. Bo‘stonliq tumani “Mulla Po‘lat ota” jome masjidi imom-xatibi Isomov Nig‘matilla domla Umra;
4. Olmaliq shahar “Hilol” jome masjidi imom noibi Muydinxonov Sayidmuhammadxon domla Umra yo‘llanmasini (guruh rahbari bo‘lib) qo‘lga kiritdi.
Fursatdan foydalanib, barcha g‘oliblarni samimiy qutlaymiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent viloyati vakilligi Matbuot xizmati