Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Iyul, 2025   |   19 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:21
Quyosh
05:02
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:59
Xufton
21:33
Bismillah
14 Iyul, 2025, 19 Muharram, 1447

Xushxabarlar oldinda

07.01.2018   6044   2 min.
Xushxabarlar oldinda

Kecha, 6 yanvar kuni Diniy idorada Qur’on musobaqasini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda shu kunga qadar musobaqani o‘tkazish bo‘yicha qilingan ishlar va galdagi muhim vazifalar kelishib olindi.
Yig‘ilishda Abdulhakim qori Matqulov so‘zga chiqib, muhtaram Prezidentimizning 2017 yil 1 sentyabr kuni “Hazrati Imom” majmuasidagi Qur’on musobaqasini o‘tkazish bo‘yicha bergan ko‘rsatmalari va shu yo‘nalishdagi diniy idora rahbariyati topshiriqlarining ijrosi bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tomonidan bajarilgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Jumladan, u joylarda ishtirokchilarni ro‘yxatga olish davom etayotgani, 22 nafar hakamni tayyorlash bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilgani, ishtirokchilarni ro‘yxatga olish va tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirish maqsadida, hakamlar viloyatlarga xizmat safariga yuborilgani, musobaqa bannerlari va nishonlari ishlab chiqilgani hamda mazkur jarayonlar internet saytlarida keng yoritib borilayotganini bayon qildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari yig‘ilishda so‘z olib, musobaqaning har bir jihatiga jiddiy hozirlik ko‘rish, musobaqani juda keng ko‘lamda o‘tkazish, tuman-shahar va viloyat bosqichlarini ham yuqori kayfiyatda bo‘lishini ta’minlash borasida ko‘rsatmalar berdilar. Musobaqa ishtirokchilarining chiqishlarini baholashda adolat va shaffoflikka qat’iy amal qilish, tanish-bilishchilikka mutlaqo yo‘l qo‘ymaslikni alohida qayd etdilar. Hatto xorijdagi mutaxassislar ham musobaqani katta qiziqish bilan kutishayotgani va bu ishlar kelgusida xalqaro musobaqa o‘tkazish uchun zamin bo‘lishini ta’kidladilar. Shuningdek, muftiy hazratlari so‘zlarida davom etib, muhtaram Prezidentimiz Qur’on musobaqasini eng yuqori darajada o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlarni muhayyo qilib berayotganlarini katta mamnunlik bilan izhor qildilar.
Muftiy hazratlari so‘zlarining yakunida, Davlatimiz rahbari tomonidan biz mo‘min-musulmonlarga berilayotgan imkoniyatlar va ushbu musobaqani o‘tkazish borasida ham kutilmagan xushxabarlar hali oldinda ekanini bildirib o‘tdilar. Muftiy hazrat bir hafta davomida Diniy idorada baholash mezoni buyicha jiddiy tayergarlikdan o‘tgan hakamlarning bundan keyingi ishlariga Allohdan madad so‘rab, muvaffaqiyat tiladilar.
O‘zbekistonlik qorilarning eng tabarruk ustozi Yahyo qori Turdiyev zoti shariflarining xayrli duolari bilan yig‘ilish yakunlandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari

14.07.2025   844   2 min.
Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari

Islomning barcha – beshala ruknini ham bajargan odam chinakam saodatlidir. Ayniqsa, hojilik – alohida mas’uliyat talab etadigan maqom. Bu yil yurtimizdan 15 mingdan ziyodroq fuqaro ana shunday sharafga ega bo‘ldi.

Bu yil yurtimizdan hajga borgan yurtdoshlarimiz Arafot vodiysida muftiy, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiliklarida yurtga qaytgach, «Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari bo‘lamiz» degan ezgu tashabbusni ilgari surgan edilar.

Bugun, 14 iyul kuni poytaxtimizdagi «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» jome masjidi majlislar zalida poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar, imom noiblari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdulvosid Xomitjonov, «Nuroniy« jamg‘armasi Toshkent shahar bo‘limi raisi Rustam Kalonov, Mahallalar uyushmasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i Furqatxo‘ja Mahmudxo‘jayev, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov ishtirok etdi.

– Hojilarga katta ishonch bildirib, ular ma’naviyat targ‘ibotchilaridir, – deydi DIQ raisi birinchi o‘rinbosari Davron Maxsudov. – Hadisi sharifda: “Insonlarning Alloh taologa eng seviklisi odamlarga ko‘p manfaati yetkazadiganidir” (Imom Tabaroniy rivoyati), deyilgan. Shunday ekan, har bir hojiga o‘z hududidagi imom-xatib ko‘makchi bo‘lib, mahallama-mahalla yurib, aholiga, ayniqsa, yoshlarga pandu nasihatlar qilishlari zarur. Chunki hojilarning so‘zlari ta’sirchan bo‘ladi. Farzandlarimizning turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olishda ularning xizmatidan foydalanishimiz kerak. Hojilarimizning sa’y-harakatlari bilan xalqimizning ma’naviyati, ma’rifati yanada oshadi.

Ana shunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali hojilarimiz jamiyatimizdagi mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yoshlar tarbiyasi va oilalar totuvligida ibrat bo‘lmoqdalar.

Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari
O'zbekiston yangiliklari