Shu yil 18 oktyabr' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o'rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov Janubiy Koreya Respublikasi Kiyonsan-Pukto provintsiyasi gubernatori o'rinbosari Li Dal' Hi boshchiligidagi delegatsiya vakillarini Hazrati Imom majmuasi bilan yaqindan tanishtirdi.
Homidjon domla mehmonlarni Toshkent shahrining eng asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri bo'lgan Hazrati Imom majmuasi bilan tanishtirish asnosida Qur'oni karimning “Mo'yi Muborak” madrasasida saqlanayotgan eng qadimiy nusxasi – Hazrati Usmon Mushafi va “Baroqxon” madrasasi haqida batafsil ma'lumot berdi.
O'z navbatida mehmonlar mazkur ziyorat va qimmatli ma'lumotlardan mamnun bo'lib tashakkur izhor qilishdi.
Ma'lumot uchun, Janubiy Koreya delegatsiyasi vakillari shu kunlarda poytaxtimizda o'tkazilayotgan "InnoWeek – 2023" xalqaro innovatsiyalar haftaligida qatnashish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati