Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Iyul, 2025   |   9 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:11
Quyosh
04:55
Peshin
12:33
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:40
Bismillah
04 Iyul, 2025, 9 Muharram, 1447

Hitoyda “O'zbek tili do'stlari” klubi tashkil etildi

24.07.2023   1048   2 min.
Hitoyda “O'zbek tili do'stlari” klubi tashkil etildi

Mamlakatimizning Pekindagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan “O'zbek tili do'stlari” klubining birinchi yig'ilishi o'tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda elchixona xodimlari va Hitoy oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan vatandoshlardan iborat klub a'zolari ishtirok etishdi.

So'nggi yillar davomida mamlakatimizda davlat tilini ravnaq toptirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga oid atroflicha ma'lumotlar tadbir ishtirokchilarining e'tiboriga havola qilindi.

Hususan, o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi, Davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi va ularda belgilangan vazifalar milliy tilimiz taraqqiyotida yangi davrni boshlab bergani qayd etildi.

Shu o'rinda, 2019 yil 21 oktyabrda qabul qilingan O'zbekiston Prezidentining “O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmonining mazmun-mohiyati haqida fikr yuritildi.

Mazkur xujjat asosida O'zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan besh jilddan iborat “O'zbek tilining izohli lug'ati” kitobi chop etilganligi ham tilga olindi. Mazkur to'plam 80 mingdan ortiq so'z va so'z birikmalaridan iboratligi, davlat tashkilotlari va muassasalarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning davlat tilida ish yuritish savodxonligi va malakasini oshirish, bilimlarini boyitishga ko'maklashayotgani qayd etildi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga 2021 yil 10 fevraldagi O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to'liq o'tishni ta'minlash chora-tadbirlar to'g'risida”gi qaroriga muvofiq, o'zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to'liq va to'g'ri foydalanishga erishish, shuningdek, barcha vazirlik va idoralar tarkibida ish yuritish, idoralararo hujjatlar aylanishi davlat tilida bo'lishini to'liq ta'minlash va bu jarayonda davlat tiliga qat'iy amal qilish belgilanganligi ta'kidlandi.


Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Kamtarga kamol, manmanga zavol

03.07.2025   4270   1 min.

O‘tkirbek domla Tolibov
Toshkent shahar, Sergeli tumani “Abdulloh ibn Zubayr” jome masjidi imom-xatibi