Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Avgust, 2026   |   8 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:12
Quyosh
05:38
Peshin
12:26
Asr
17:14
Shom
19:18
Xufton
20:39
Bismillah
21 Avgust, 2026, 8 Rabi`ul avval, 1448
Yangiliklar

Ramazon uchun xatmi Qur’on tadbirlariga qorilar tanlanmoqda

02.02.2026   12865   1 min.
Ramazon uchun xatmi Qur’on tadbirlariga qorilar tanlanmoqda

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tashabbusi bilan Ramazon oyida o‘tkaziladigan Xatmi Qur’on tadbirlarida ishtirok etadigan qorilarni suhbatdan o‘tkazish an’anasi yo‘lga qo‘yildi.


Mazkur an’anani davom ettirish maqsadida 2026/1447-hijriy yil Ramazon oyida respublikamiz bo‘ylab o‘tkaziladigan Xatmi Qur’on tadbirlarida qatnashadigan qorilarni saralash uchun barcha viloyat vakilliklarida suhbatlar tashkil etish rejalashtirilgan.


Jumladan, bugun — 2026 yil 2 fevral kuni Toshkent viloyati, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi masjidlarda xatm o‘qiydigan qorilar ishtirokida suhbatlar bo‘lib o‘tdi.


Suhbat davomida ustoz qorilardan iborat hay’at tomonidan ishtirokchilarning Ramazon oyiga tayyorgarlik darajasi sinovdan o‘tkazilib, ularga zarur tavsiyalar berildi. 

Al-Quran.uz

 

Ramazon uchun xatmi Qur’on tadbirlariga qorilar tanlanmoqda Ramazon uchun xatmi Qur’on tadbirlariga qorilar tanlanmoqda Ramazon uchun xatmi Qur’on tadbirlariga qorilar tanlanmoqda Ramazon uchun xatmi Qur’on tadbirlariga qorilar tanlanmoqda Ramazon uchun xatmi Qur’on tadbirlariga qorilar tanlanmoqda Ramazon uchun xatmi Qur’on tadbirlariga qorilar tanlanmoqda
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ozarbayjonlik jurnalistlar Samarqanddagi Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

21.08.2026   246   1 min.
Ozarbayjonlik jurnalistlar Samarqanddagi Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

"Report" xabariga ko‘ra, tashrif O‘zbekiston bo‘ylab media-tur doirasida bo‘lib o‘tdi.

Imom Buxoriy maqbarasi Samarqand viloyatidagi eng muhim ma’naviy va tarixiy obidalardan biridir.

Tashrif davomida Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari vakillari Imom Buxoriy maqbarasi, masjid, muzey va kutubxona vazifasini bajaruvchi xonani o‘z ichiga olgan yodgorlik majmuasi hududi bilan tanishdi. Jurnalistlarga majmuaning yaratilish tarixi, Imom Buxoriy hayoti va ilmiy merosi, shuningdek, uning islom ilm-fanidagi alohida o‘rni haqida so‘zlab berildi.

Media-tur ishtirokchilari majmuaning muzey qismiga alohida e’tibor qaratdi. Bu yerda islom madaniyati va Imom Buxoriy merosiga oid qo‘lyozmalar va turli tarixiy materiallar taqdim etilgan. Shuningdek, muzeyda turli mamlakatlar vakillari tomonidan majmuaga sovg‘a qilingan Qur’oni karim nusxalari ham saqlanadi.

Ishtirokchilarga majmua turli mamlakatlardan kelgan dindorlar uchun ziyoratgoh va allomaning ma’naviy merosini asrab-avaylashning muhim markazi ekanligi haqida so‘zlab berildi. Jurnalistlar majmuaning me’moriy xususiyatlari va tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan zamonaviy infratuzilma bilan ham tanishdi.

Imom Buxoriy eng nufuzli islom ulamolaridan biri va islom an’anasidagi eng muhim hadis to‘plamlaridan biri bo‘lgan "Sahih al-Buxoriy" hadislar to‘plamining muallifi hisoblanadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari