Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Iyun, 2025   |   19 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:01
Xufton
21:39
Bismillah
15 Iyun, 2025, 19 Zulhijja, 1446

Ibrohim qorining Eron Qur’on musobaqasida qachon ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi

23.04.2018   3227   1 min.
Ibrohim qorining Eron Qur’on musobaqasida qachon ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi

Avval xabar berganimizdek, 19 aprel kuni yurtimiz qori va qoriyalari 35-Xalqaro Qur’oni karim musobaqasida ishtirok etish uchun Tehron shahriga jo‘nab ketgan edilar.

20-26 aprel kunlari Eron Islom Respublikasining Vaqf va xayriya ishlari tashkiloti tomonidan tashkil etilgan musobaqada institutimiz 4-kurs talabasi Tuyg‘un Ibrohim qori ertaga o‘z ishtirokini boshlaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, musobaqa ijtimoiy tamoqlar orqali onlayn uzatilmayapti. Tadbir o‘tkazilayotgan Namozgoh binosiga o‘rnatilgan ko‘chma studiya mahalliy tele va radio kanallarda musobaqa jarayonlarini uzatib bormoqda.

Xabaringiz bor, ayni shu kunlarda Toshkentda «O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018» respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Final bosqichining 3-kuni bugun 23 aprelda Toshkent islom instituti talabalari Yo‘ldoshboy Nuriddinov, Muhammadhojimirzo Saydaliyev, Hamidulloh Najmiddinov va Muhammadyusuf Abdurahmonov chiqish qiladilar.

Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqada «Oliy mukofot» o‘rni joriy qilingan bo‘lib, g‘olibga Prezident sovg‘asi taqdim etiladi.

Manba: http://islaminstitut.uz

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

Hojilarimizning ilk guruhini kutib olish jarayonidan lavha

13.06.2025   13175   1 min.
Hojilarimizning ilk guruhini kutib olish jarayonidan lavha

 

MuslimShosh.uz

Dunyo yangiliklari