Сайт тест ҳолатида ишламоқда!
31 Январ, 2025   |   1 Шаъбон, 1446

Тошкент шаҳри
Бомдод
06:14
Қуёш
07:35
Пешин
12:41
Аср
15:56
Шом
17:41
Хуфтон
18:57
Bismillah
31 Январ, 2025, 1 Шаъбон, 1446

“Аҳмад ибн Малик” масжиди сирдарёликларга байрам совғаси бўлди

20.03.2018   3315   1 min.
“Аҳмад ибн Малик” масжиди сирдарёликларга байрам совғаси бўлди

Сирдарё туманида "Аҳмад ибн Малик" масжиди очилди. У вилоятда расмий рўйхатдан ўтган 74-масжид бўлди.

Масжиднинг тантанали очилиш маросимида Сирдарё вилояти ҳокими Ғафуржон Мирзаев, Адлия бошқармаси бошлиғи Шокир Саидов, Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси ўринбосари Иброҳим Иномов ва Сирдарё вилояти бош имом-хатиби Мўминжон Усмонов иштирок этиб, юртдошларимизни масжид очилиши билан қутлашди.

Масжид очилгани шукронасига жонлиқ сўйилиб, муҳтож оилаларга тарқатилди.

Янги масжиднинг имом-хатиби вазифасига тайинланган Улуғбек Қобиловга Адлия бошқармасининг гувоҳномаси топширилди.

Намозхонлар масжидда икки ракат шукрона намозини ўқиб, бундай хайрли ишларнинг бошида турган юртбошимиз Шавкат Мирзиёев ва мутасаддилар ҳақига дуолар қилдилар.

ЎМИ Матбуот хизмати

Ўзбекистон янгиликлари
Бошқа мақолалар
Мақолалар

Mulla Aliy Qorini “Sharhi Musnadi Abu Hanifa” asarining hadis ilmidagi oʻrni

29.01.2025   1959   2 min.
Mulla Aliy Qorini “Sharhi Musnadi Abu Hanifa” asarining hadis ilmidagi oʻrni

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

Mulla Ali Qorining to‘liq ismi Mulla Ali ibn Sultan Muhammad al-Haravi al-Qori bo’lib, vafoti 1014/1605 yilga to’g’ri keladi. Islom ilmlarining ko‘plab sohalarida, xususan, hadis ilmi va uning sharhlari bo‘yicha mashhur olimlardan biridir. U “Sharhi Musnadi Abu Hanifa” nomli asarida Imom Abu Hanifaning hadis ilmiga qo‘shgan hissasini tahlil qilib, uning ahamiyatini yoritib bergan.

“Musnadi Abu Hanifa”da Imom Abu Hanifaga nisbat berilgan hadislar jamlangan bo‘lib, bu hadislar uning ijtihodiy masalalardagi qarashlarini asoslashda katta ahamiyatga ega. Mulla Aliy Qori ushbu hadislarni sharhlab, ularning sanad va matn jihatidan ishonchliligini tahlil qiladi. Bu esa hadislarning ilmiy asoslari haqida chuqur bilim beradi.

Imom Abu Hanifa ko‘pincha hadislarni ijtihod va fiqhiy masalalarda qo‘llagan, ammo baʼzi tanqidchilar uni hadis ilmiga yetarlicha eʼtibor bermaganlikda ayblagan. Mulla Aliy Qori ushbu asarda Imom Abu Hanifaning hadis ilmidagi faoliyatini himoya qilib, uning hadisga asoslangan ijtihodiy usullarini isbotlaydi.

Mulla Aliy Qori “Sharhi Musnadi Abu Hanifa”da hadislarning sanadlarini tahlil qilib, ularning sahihligi darajasini ko‘rsatadi. Bu orqali u nafaqat hadis ilmiga, balki isnod tizimining ahamiyatiga eʼtibor qaratadi. Shu bilan birga, u Imom Abu Hanifaning hadislarni tanlashda qo‘llagan mezonlarini ham yoritadi.

Asarda fiqh va hadis ilmining bir-biriga bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Mulla Aliy Qori hadislarning nafaqat matn mazmunini, balki fiqhiy hukmlar chiqarishdagi o‘rnini ham taʼkidlaydi. Bu esa hanafiy mazhabidagi fiqhiy dalillarning hadisga asoslanganligini isbotlaydi.

Asarda hadislarning isnod tizimi, roviylarning ishonchliligi va matnning mustahkamligi masalalari chuqur o‘rganilgan. Mulla Aliy Qori Imom Abu Hanifani nafaqat fiqhiy masalalarda, balki hadis ilmi rivojida ham katta hissa qo‘shgan olim sifatida taqdim etadi.

Abdulvoris Nuriddinov,
Toshkent Islom instituti talabasi.

МАҚОЛА