Сайт тест ҳолатида ишламоқда!
26 Май, 2025   |   28 Зулқаъда, 1446

Тошкент шаҳри
Бомдод
03:16
Қуёш
04:56
Пешин
12:25
Аср
17:30
Шом
19:48
Хуфтон
21:21
Bismillah
26 Май, 2025, 28 Зулқаъда, 1446

Do‘stlik va og‘izbirchilikni mustahkamlovchi shodiyona

13.11.2024   4005   5 min.
Do‘stlik va og‘izbirchilikni mustahkamlovchi shodiyona

Bag‘rikenglik haftaligi

Oʻzbekiston – bagʻrikeng mamlakat. Unda turli millat va elat vakillari asrlar davomida ahil-inoq yashab kelgan. Qiyin kunlarda bir-biriga yordam berib, quvonchli damlarda shodligiga sherik boʻlgan. Bagʻrikenglik xalqimiz uchun shunchaki umuminsoniy xislat boʻlibgina qolmay, davlat darajasida eʼtibor qaratiladigan qadriyat hamdir.


BMT Bosh Assambleyasi qaroriga koʻra, 1997-yildan buyon har yili butun dunyoda 16-noyabr Xalqaro bagʻrikenglik kuni sifatida nishonlanadi. Bu sanani yurtimizda ham nishonlash yaxshi anʼanaga aylangan. 2019-yildan buyon ushbu sanaga bagʻishlab tadbirlar tashkil etiladi. 


Bugun Oʻzbekiston jahon mamlakatlari uchun bagʻrikenglik namunasini oʻzida mujassam etgan davlat sifatida namoyon boʻlmoqda. Davlatimizning bu boradagi koʻp asrlik tajribasi, millatimizga xos bagʻrikenglik Markaziy Osiyo va boshqa rivojlangan mamlakatlar uchun andaza boʻlib xizmat qiladi, desak mubolagʻa emas. 


Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmi tasi hamda Din ishlari boʻyicha qoʻmita qator tashkilotlar bilan hamkorlikda Xalqaro bagʻrikenglik kuniga bagʻishlab mamlakatimizda “Bagʻrikenglik haftaligi”ni oʻtkazmoqda. Haftalik doirasida davra suhbatlari, konferensiyalar, fotokoʻrgazma va boshqa madaniy-maʼrifiy, ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil etilishi belgilangan. 


Haftalikni oʻtkazishdan asosiy maqsad fuqarolik burchi, masʼuliyatini anglash, vatanparvarlik, shaʼn va qadr-qimmat, shuningdek, bagʻrikenglikka asoslangan millatlararo muomala madaniyatini mustahkamlash orqali aholi, jumladan, bolalar va yoshlarning jamiyat rivojidagi ishtirokini faollashtirish, millatlararo totuvlik va konfessiyalararo bagʻrikenglik hissini yanada kuchaytirishga hissa qoʻshishdir. 


Haftalikning ilk tadbiri Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Media marka zida mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash, xorijiy davlatlar bilan doʻstlik aloqalarini rivojlantirish borasidagi ishlar yuzasidan “Oʻzbekiston — bagʻrikeng diyor” mavzusida Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi bilan boshlandi.


Press-klub sessiyasida qator tashkilotlar, milliy madaniy markazlar rahbarlari va konfessiya vakillari ishtirok etdi. Spikerlar mamlakatimizdagi millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik siyosatiga yuqori baho berib, “Bagʻrikenglik haftaligi” doirasida boʻlib oʻtadigan tadbirlar xalqlarimiz orasidagi doʻstlik rishtalari, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidladi. 


Xalqaro press-klub sessiyasidan soʻng “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida turli millat va diniy konfessiya vakillari ishtirokida Mustaqillik monumentiga gulchambar qoʻyish tadbiri boʻlib oʻtdi.


Haftalik dasturiga koʻra, yurtimizning barcha hududida turli tadbirlar oʻtkazili shi belgilangan. Davlat umumtaʼlim mak tablarida “Milliy anʼana va udumlar” koʻrgazmalari, “Bagʻrikenglik – mening nazdimda” mavzusida insholar tanlovi, “Mening bagʻrikeng dunyom” mavzusida rasmlar tanlovi hamda bagʻrikenglikni targʻib qiluvchi sheʼrxonlik kechalari oʻtkaziladi. 


Davlat oliy taʼlim muassasalarida “Biz – bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz”, “Diniy maʼrifat va millatlararo bagʻrikenglik – jamiyat barqarorligi sharti”, “Millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik – umrboqiy qadriyatlar” mavzularida davra suhbatlari, “Oʻzbekiston – umumiy uyimiz” mavzusida ilmiy-amaliy va maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish koʻzda tutilgan. 


Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lardagi xiyobon va sayilgohlarda “Oʻzbekiston – bagʻrikeng diyor” shiori ostida madaniy tadbirlar, qardosh xalqlar yozuvchi, shoir va rassomlarining badiiy asarlari koʻrgazmalari boʻlib oʻtadi. 


Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda nodavlat telekanallar orqali oʻzbek xalqining bagʻrikengligi, mehmondoʻst va tinchliksevarligi hamda buyuk ajdodlar merosiga bagʻishlangan badiiy va hujjatli filmlar namoyishi koʻzda tutilgan.


Guldana Avezdurdiyeva, 

Respublika turkman madaniyat markazi raisi:

– Bagʻrikenglik Oʻzbekistondagi turli millatlar hamjihatligi, birdamligi ifodasidir. Tarixga nazar solsak, oʻzbek xalqining bagʻrikengligi oʻziga xos qadriyatga aylanib ulgurgan. Albatta, bu qadriyatning munosib davom ettirilishi, kelajak avlodga oʻz holicha yetkazilishi bugunning talabi. Haftalikning yuqori saviyada oʻtkazilayotgani, hech shubhasiz, millatlarimiz orasidagi totuvlikni yanada rivojlantiradi, mehr oqibatni yanada mustahkamlaydi. 

Fursatdan foydalanib, Respublika turkman madaniyat markazi hamda Oʻzbekistonda istiqomat qilayotgan turkman millati vakillari nomidan barcha vatandoshlarni bayram bilan samimiy muborakbod etaman. Doʻstligimiz, hamjihatligimiz hamisha barhayot boʻlsin!


Yeji Matsulevich, 

Oʻzbekistondagi Rim-katolik cherkovi yepiskopi: 

– Ilgari Xalqaro bagʻrikenglik kuni faqat bir kun nishonlangan boʻlsa, hozir butun haftalik doirasida bayram qilinmoqda. Bu ham Oʻzbekistonning qanchalik bagʻrikeng mamlakat ekanini ifoda etadi. Qolaversa, butun millat, elat hamda turli din vakillari ahil va totuv yashayotganini koʻrsatadi. Mazkur bayram bilan butun Oʻzbekiston ahlini muborakbod etaman.

Jonibek ALIJONOV, 

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri

Manba: “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi 2024-yil 13-noyabr, 230-son

Бошқа мақолалар

Менинг онам эканликларини Роббим билади... (ҳаётий воқеа)

23.05.2025   5231   3 min.
Менинг онам эканликларини Роббим билади... (ҳаётий воқеа)

Саудиялик бир шифокор аёл ҳикоя қилади: "Муҳаммад исмли ёши тахминан ўттизларда бўлган бир йигит қабулимга келди. Унинг ёнида онаси бор эди — у ундан қочмоқчи бўлар, у эсa уни бағрига босарди. 
Онаси рўмолини улоқтирарди, у эса қайтадан жойига тўғирлаб қўярди. Унинг қўлларини тишлар, тирнарди, юзига туфларди — у эса жилмаярди.

Онаси шифохонага кирди-ю, рўмолини улоқтириб, ақли йўқ мажнун одам каби кулиб, шифокорнинг столи атрофида югуриб айлана бошлади.

Шунда мен сўрадим:
— Бу ким?
— Онам, — деди у.
— Унга нима бўлган?
— Улар шу ҳолларида, ақлсиз туғилганлар, — деди у.
— Ундай бўлса, сиз қандай туғилгансиз?
— Бобом уларни отамга олиб берган эканлар, шояд фарзандли бўлар деб. Отам бир йилдан сўнг уни талоқ қилган эканлар. Онам менга ҳомиладор бўлган эканлар. Сўнг мен туғилганман.

— Қачондан бери уларга қарайсиз, парвариш қиласиз?
— Ўн ёшимдан бери. Уларга овқат тайёрлайман, қарайман. Ухламоқчи бўлсам, чиқиб кетиб қолсалар қидириб юрмайин деб оёғимни оёқларига боғлаб ухлайман...
— Нега бугун бу ерга олиб келдингиз?
— Уларнинг қон босимлари юқори, қандли диабет касаллари бор.

Онаси кулиб:
— Картошка бер, — деди.
У берди. Онаси юзига туфлади. У кулиб, юзини тозалади.
Шунда мен сўрадим:
— У сизга она эканини биладиларми, сизни танийдиларми?
— Йўқ, валлоҳи, мен ўғлилари эканимни билмайдилар. Лекин Яратган Роббим биладики, у зот менинг онамдирлар.

Онаси қараб туриб:
— Эй ўғлим, сен ёлғончисан! Нега мени Маккага олиб бормаяпсан? — деди.
У эса:
— Пайшанба куни олиб бораман деб айтмадимми, онажон? Пайшанба куни борамиз — деди.
Мен сўрадим:
— Унинг зиммасидан (ақли жойида эмаслиги сабаб) соқит бўлса, Маккага олиб бориш керакми?
У жавоб берди:
— Опа, онам билан Роббимнинг ҳузурига ҳисобда турганимизда: “Муҳаммад, нега мени Маккага олиб бормаган эдинг?” — дейишини хоҳламайман.
 Мен Роббимга қарата: “Роббим, мен онамни елкамда опичлаб кўтардим, тавоф қилдирдим, замзам ичирдим, Каъбага қаратиб қўйдим”, дейишни хоҳлайман. 
   Яна: “Аллоҳим! Гарчи уларнинг ақллари бўлмаган бўлсада, менинг онам эканларини албатта Сен билгувчисан!”, дейишни истайман”, деди. 

Мен жим бўлиб қолдим, кўзим ёшга тўлди. Сўнгра унга:
— Онангга кўрсатган бу эҳтироминг учун Аллоҳ сенга ажру мукофотлар ато этсин! Бугунгидай ота-онага яхшилик қилишни кўрмаганман.
У эса жавоб берди:
— Мен бу ишимни (куни келиб) фарзандларим ҳам менга шундай муомала қилишлари умидила қилапман. Чунки биррул волидайн (албатта қайтадиган) қарздир".