Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Aprel, 2025   |   4 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:44
Quyosh
06:05
Peshin
12:32
Asr
16:57
Shom
18:52
Xufton
20:07
Bismillah
02 Aprel, 2025, 4 Shavvol, 1446

BMTning  50 yillik  bayrami

24.10.2021   3647   11 min.
BMTning  50 yillik  bayrami

“Ey imon keltirganlar!

Yoppasiga itoatga kirishingiz va

shaytonning izidan ergashmangiz!

Albatta u sizlarga aniq dushmandir”.

                Qur'oni Karim

                Baqara surasi 208 oyat

 

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) – Yer yuzida tinchlikni va xavfsizlikni ta'minlash, davlatlarning va millatlarning o'zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida 1945 yil 24 oktyabrda fashizm ustidan g'alaba qozongan mustaqil davlatlarning ixtiyoriy birlashish asosida tuzilgan eng yirik xalqaro tashkilot.

1971 yilda BMT Bosh Assambleyasi o'z rezolyutsiyasida a'zo davlatlarga bu kunni bayram sifatida nishonlashni tavsiya qilgan.

BMT Ustavida ko'rsatilgandek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning tenghuquqli bo'lishi va o'z taqdirini o'zi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar o'rtasida do'stlik munosabatlarini rivojlantirishni, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni xal etishda xalqlar o'rtasida hamkorlik bo'lishini ta'minlashni ko'zda tutib, shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar xarakatini uyg'unlashtirib turadigan markazi hisoblanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil topishi bilan inson va shaxs huquqlarini himoya qilishni xalqaro huquqiy tartibga solishni zamonaviy bosqichiga asos yaratildi va BMT Ustavida ta'kidlanganidek: “Biz, Birlashgan millatlar xalqlari, insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsining qadr qimmatiga, erkak va ayollarning teng huquqlariga va katta-kichik millatlar huquqlarining tengligiga ishonchini qayta qaror toptirishga qat'iy axd qilib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining ushbu Ustavini qabul qilishga va Birlashgan Millatlar Tashkilotini ta'sis qilishga rozilik berdik!

Ayni mahalda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo davlatlar “Barcha davlatlar o'rtasida do'stona munosabatlarni rivojlantirish uchun ta'minlash uchun zarur bo'lgan tinchlik adovat va farovonlikning muhim ahamiyati hisoblanadigan inson huquqlari va asosiy erkinliklarining hurmat qilinishi va ularning yalpi ahamiyatini tan olish” majburiyatini o'z zimmalariga oldilar.

BMT Ustavi barcha davlatlar rioya etilishi shart bo'lgan yagona xalqaro hujjatdir.

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng – 1992 yilning 2 martida BMTga a'zo bo'ldi. Bugungi kunda er yuzida 270 dan ortiq mamlakat mavjud bo'lib, ulardan 193 tasi BMTga a'zo bo'lgan. Dunyodagi eng nufuzli tashkilot bo'lmish BMTning Bosh Assambleyasi binosi oldida O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i shu kuni 2 mart 1992 yildan beri yuqoriga samoga ko'tarilgan. 1993 yilning 24 avgustida BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining va Birlashgan Millatlar Tashkilot taraqqiyot Dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili xamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishiga binoan O'zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti (N'yu-York shahri) dagi doimiy vakili faoliyat yuritadilar.

O'zbekiston Respublikasi BMTning tenghuquqli a'zosi sifatida bu eng nufuzli xalqaro tashkilotning maqsad va qoidalariga qat'iy amal qilib kelmoqda.

Inson huquqlari Umumjaxon deklaratsiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgandan so'ng qo'shilgan birinchi xalqaro huquqiy hujjat bo'ldi va u tufayli O'zbekiston BMTning tegishli konventsiyaviy organlariga o'zining davriy milliy ma'ruzalarini muntazam ravishda taqdim etish orqali inson huquqlari soxasidagi xalqaro majburiyatlarni izchillik bilan va qatiy ravishda bajarib kelmoqda. Ularning tavsiyalarini bajarishda muhtaram Prezidentimizni raxnamoliklarida davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolikning o'zini-o'zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari va bevosita fuqarolarning o'zlari ham ishtirok etmoqdalar. Inson huquqlari Umumjaxon Deklaratsiyasining qoidalari O'zbekiston Respublikasi, insonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilishni ta'minlaydigan milliy qonunchilik me'yorlarida o'z ifodasini topgan.

1948 yil 10 dekabrda Bosh Assambleyasi Inson huquqlari Umumjaxon Deklaratsiyasini e'lon qildi va qabul qildi. “Har bir odam uchun insonning umumiy huquqlari ilk bor o'z ifodasini topgan ushbu hujjat bugungi kunda 360 dan ortiq tilda chop etilgan va jaxondagi eng ko'p tarjima qilinadigan hujjat hisoblanadi. Bu uning universal xususiyatga ega ekanligi va keng tarqalishidan dalolatdir. Mazkur hujjat ko'plab yangi, mustaqil davlatlar konstitutsiyalari va yangi demokratiyalar uchun namuna bo'lib xizmat qilmoqda, ongimizda ezgulik va yovuzlik xaqida fikr yuritish imkonini beradigan mezonga aylandi,” – deb tarifladi BMTning Bosh kotibi.

Ushbu deklaratsiya mustaqil O'zbekiston Respublikasi imzolagan eng birinchi xalqaro hujjatdir. 1991 yil 30 sentyabr'. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” deb atalgan ikki bo'limi mazkur deklaratsiya talablariga to'la mos bo'lib, unda O'zbekiston Respublikasi barcha fuqarolari teng huquq va erkinliklarga ega bo'lishi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqesidan qatiy nazar, qonun oldida tengligi ta'minlangan. Respublikamizda inson huquqlariga oid yuzdan ortiq qonunlar qabul qilingan va ular xalqaro me'yorlar va andozalarga muvofiqlashtirilgan.

BMT Bosh Assambleyasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik muammolarini hal etish yo'l-yo'rig'i dunyo miqyosidagi muammolar bilan birga qo'shib ochib berildi. Hamda O'zbekistonning keng ko'lamli hamkorlikka oid hamma takliflarida uni BMT faoliyati va bu tashkilotning ixtisoslashgan muassasalari orqali amalga oshirish tamoyillari ilova qilindi.

Hammamizning xabarimiz bor, muhtaram Prezidentimiz o'z nutqlarida muborak Islom dinimizning asl insonparvarlik mohiyatini butun jahon jamoatchiligiga etkazish oldimizda turgan muhim vazifa ekanini alohida qayd etdilar.

Davlatimiz Rahbari BMT Bosh Assambleyasining 72­-sessiyasida jaxonning eng yuqori minbaridan turib, mustaqil O'zbekiston tashqi siyosatining ma'naviy yo'nalishi insonparvarlik, insoniylik, oshkoralik, xurriyat, o'z imkoniyatlariga tayanish va insoniyatning yagona oilasida o'z taraqqiyot yo'liga ega bo'lishligini ta'kidlab, bayon qildilar.

Shuningdek,  davlatimiz Rahbari aslida Islom dini ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarga rioya etishga da'vat etishini alohida ta'kidlab o'tdilar. Jumladan, muhtaram Prezidentimiz shunday dedilar: «Biz butun jahon jamoatchiligiga Islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini etkazishni eng muhim vazifa, deb hisoblaymiz. Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamligining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zo'ravonlik va qon to'kish bilan bir qatorga qo'yadiganlarni qat'iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da'vat etadi”.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) – tinchlikni va xalqaro xavfsizlikni qo'llab-quvvatlash, davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan universal tashkilotdir.

BMT har bir insonni huquqlarini qo'llab-quvvatlash, kengaytirish va himoya qilish majburiyatini o'z zimmasiga olgan dunyodagi yagona tashkilot sifatida dunyoning “umumjahon parlamenti” sifatida kalendarning ma'lum bir kunini insoniyat uchun, xalq uchun, umumjamiyat uchun zarur bo'lgan masalalarga bag'ishlab qo'ygan.

“Dinlararo bag'rikenglik xaftasi”, “Saraton bilan kurashish xalqaro kuni”, “Halqaro ijtimoiy adolat kuni”, “Halqaro ona tili kuni” fevral' oyida. Mart oyida “Kamsitishga nol' kuni”, “Halqaro yovvoyi tabiat”, “Halqaro irqiy kamsitilishni bartaraf etish kuni”, “Irqchilik va irqiy kamsitilishlarga qarshi kurashayotgan xalqlar bilan birdamlik xaftasi”, “Halqaro sil kasalligiga qarshi kurashish kuni”, “Halqaro inson huquqlari poymol bo'lishida xaqiqatni o'rnatish kuni”. Aprel' oyida “xalqaro sport, tinchlik va taraqqiyot yo'lida kuni”, “Yo'l harakatlarida sodir etilgan xodisalarda xalok o'lganlarni xotiralash kuni”, iyun' oyida “Halqaro atrof muhitni muxofaza qilish kuni”, “Halqaro qochoqlar kuni”, “Giyohvandlikka qarshi kurashish kuni”, “Halqaro muruvvat kuni”, sentyabr' oyida “Halqaro tinchlik kuni” bo'lib deyarli 365 kun insonlarning turli muammolarini engillashtirishda, ba'zi muammolarni echilishida o'z samarasini bermoqda.

BMT o'z taraqqiyot dasturini amalga oshirishda dunyoning turli chekkalarida va er yuzining barcha mintaqalarida BMTning ko'plab ixtisoslashgan tashkilotlari va muassasalari orqali ham tinchlikni saqlashda, insonlar hayotidagi muammolarni bartaraf etishda salmoqli hissa qo'shib kelmoqda. Zero Birlashgan Millatlar Tashkilotining XIX ta boblaridagi 111 ta moddalarining barchalari ham er yuzida xalqlararo tinchlik va xavfsizlikni barpo etish bilan yo'g'irilgan.

BMT Ustavida ta'kidlangan xalqaro tinchlik va xavfsizlikni barpo etishda O'zbekiston Respublikasining hissasi beqiyos va betakror. Jannatmakon yurtimizni tinchligi, muqaddas Vatanimiz ravnaqi dono xalqimiz salomatligi va farovonligi uchun muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev raxnamoliklarida  xukumatimiz, Diniy idoramiz rahbariyati tomonlaridan oqilona olib borilayotgan xayrli, savobli ishlarni amalga oshirish maqsadida viloyatlarimiz rahbarlari hamda shahar, tuman rahbarlarining boshchiliklarida mehnatkash xalqimiz ko'p ishlarni amalga oshirdi va shu olijanob islohotlar hali hamon bajarilib kelinmoqda... Bunga dunyo tan bermoqda...

 

Ibrohimjon  INOMOV,

  O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Musibatlarni tabassum bilan yengib o‘ting!

01.04.2025   4724   1 min.
Musibatlarni tabassum bilan yengib o‘ting!

Musibat gohida mudroq iymonni uyg‘otishi va insonni Allohga qaytarishi mumkin. Natijada kasallikni davoga, qiyinchilikni esa sovg‘aga aylantiradi.


Qiyinchiliklarga dosh berish Allohga bo‘lgan odob va Uning taqdirini mamnuniyat bilan qabul qilish belgisidir.

Hikmatlarda aytiladi: "Men yumshoqlikni ham, qilichni ham sinab ko‘rdim. Bildimki, yumshoq – muloyimlik keskirroq ekan".


Bardoshli mo‘min hodisalarga nisbatan zaif va munofiqlarcha emas, xuddi raqibiga jang taktikasini sezdirmaydigan pahlavon bahodir kabi harakat qiladi. 


Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Mo‘min yangi ekilgan nihol daraxtiga o‘xshaydi. Qaysi tarafdan shamol essa, u ana shu tarafga og‘adi va shamol to‘xtagan paytda yana tik turib oladi. Xuddi shunday, musulmon ham har xil balo va qiyinchiliklarga duchor bo‘ladi (lekin u, Alloh uning qiyinchiliklarini ko‘targunicha, sabr qiladi). Va fosiq (yomon) odam esa qarag‘ay daraxtiga o‘xshab qattiq va tikka bo‘lib turaveradi, Alloh uni O‘zi xohlagan paytda uzib (sindirib) tashlagunicha" (Imom Muslim rivoyati).


Hayotning yoqimsiz voqealariga duch kelishda bardoshli bo‘lish gohida ularga nisbatan tabassum bilan boqishga va xotirjamlik bilan qabul qilishga imkon beradi. Siz shunday davom etishini xohlaganingiz uchun emas, ulardan bezovta bo‘lib, qayg‘uga tushishni yengillatish uchun shunday tabassum kerak bo‘ladi. 

©️ Shayx Muhammad G‘azzoliy

Ibratli hikoyalar