Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Avgust, 2025   |   21 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:04
Quyosh
05:32
Peshin
12:33
Asr
17:20
Shom
19:26
Xufton
20:47
Bismillah
15 Avgust, 2025, 21 Safar, 1447

Ilm olish uchun qaysi vaqt afzal?

12.02.2024   940   3 min.
Ilm olish uchun qaysi vaqt afzal?

Payg'ambarimiz sollallohu alayh vasallam: “Beshikdan to qabrgacha ilm talab qilinglar”, deganlar. Bu amr umumiy bo'lib, yosh-u keksalarga barobardir.

Demak, ilm talab qilmoq uchun ma'lum bir yosh tayin qilinmagan va har kim har-xil yoshda ilmni tahsil qilish imkoniga ega. Oqil inson esa ana shu imkoniyatdan unumli foydalanadi. Bundan tashqari, ilm izlash chegara bilmas huzur bag'ishlaydi.

Hasan ibn Ziyod fiqh ilmi bilan shug'ullanishni boshlaganida sakson yoshda edi. Payg'ambarimiz sollallohu alayh vasallam ashoblarining ko'plari keksa bo'lsa-da, Islomni qabul qilib, so'ngra ilm tahsili bilan mashg'ul bo'lganlari hammamizga ma'lum. Ammo imkoniyatga qarab yoshlikdan tahsilni boshlamoq maqsadga muvofiq.

Tolibning fahmi etadigan, anglab olishiga yaqin, engilroq bo'lgan saboqdan boshlash kerak. Agar o'tgan mashoyixlarning uslublarini ko'llab dars berilsa, eng to'g'ri yo'l va foydaliroq bo'lar edi, – deydi Shayxul Islom, buyuk imom Sharafuddin al-Uqayliy (r.a.) hazratlari. Chunki ular ta'limni boshlovchiga kichik-kichik, keng yoritilgan manbalarni ixtiyor qilganlar. Zero, bu yod olish, tushunib olishga ham engil va qulay bo'lib, malol va og'ir kelishdan uzoqdir. Dars o'zlashtirib, pishiq takrorlagandan keyin, yangi saboqni ulab ketmog'i shartdir. Darsni uzib qo'yishdan saqlanishi zarur. Talaba daftariga o'zi tushunmaydigan narsani zinhor yozmasin! Chunki bu toliqishni, keyinroq esa erinchoqlikni keltiradi. Zehnni ketkazadi va vaqtni zoye o'tmog'iga sabab bo'ladi.

Dars tayyorlashlik uchun eng qulay vaqt sahar vaqti va shom bilan xufton namozining o'rtasidir. Chunki saharda insonning zehni, fikri o'tkir va tiniq bo'ladi hamda butun olam sukunatga, tinchlikka sho'ng'igan bo'ladi. Bu holat esa tolibi ilmga ilhom baxsh etadi.

Albatta, tolibi ilm shu ikki vaqt bilangina kifoyalanib qolmasdan, balki butun vaqtini imkoniyati boricha, dars tayyorlashga baxshida qilishi lozimdir. Agar bir darsi unga malol kelsa, boshqasi bilan mashg'ul bo'lsin, unisi malol kelsa, yana boshqasi bilan. Muhammad ibn Hasan Rahmatullohi alayh tun bo'yi uxlamas edilar. Yonlarida doimo daftar bo'lib, agar bir dars malol kelsa, boshqasiga qarar, bunisi ham malol kelsa, yozish bilan mashg'ul bo'lar edilar. Yonlarida doimo suv ham turar edi, agar uyqu g'olib kelsa, suv bilan uyqularini ketkazar edilar.

Ma'lumki, inson hayoti o'lchovlidir. Vaqtning qadriga etgan, uni hurmat qilgan kishi o'zini, o'z umrini hurmat qilgan hisoblanadi. Har kim har vaqtda o'zi o'ylagan ishni bajara olmaydi. Zotan ba'zida paydo bo'lib qoladigan bo'sh vaqtlarda o'sha bitira olmagan ishlarni bajarib olishga imkon tug'iladi. Mo'min kishi mana shunday bo'sh vaqtlarni ham Allohning ne'mati deb bilmog'i lozim. Aksincha, vaqtga beparvo bo'lish umrning zavolidir.   

Imomiddindomla Boboqulov,

 Imom Termiziy o'rta maxsus islom

ta'lim muassassasi o'qituvchisi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ma’naviyatli ayol-qizlar ko‘paysa, jamiyat barqaror bo‘ladi

14.08.2025   3910   2 min.
Ma’naviyatli ayol-qizlar ko‘paysa, jamiyat barqaror bo‘ladi

Yurtimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, hanafiy mazhabi asosida pok dinimizning asl mohiyatini ayol-qizlarga yetkazish, bid’at-xurofotlarning oldini olish muhim vazifa hisoblanadi. Bu jarayonda, tabiiyki, otinoyilarning alohida o‘rni bor. 
 

Shu yil 13 avgust kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani «Shayx Zayniddin» jome masjidi majlislar zalida Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan otinoyilar ishtirokida tadbir tashkil etildi.
 

Yig‘ilishni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov kirish so‘zi bilan ochib, bugungi kunda diniy soha hodimlari, shu jumladan, otinoyilarning mas’uliyati, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni, ayol-qizlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, sof Islom dini ta’limotining asl mohiyatini keng ommaga yetkazish va har qanday jaholatni ilm-ma’rifat bilan yengish mumkinligi to‘g‘risida gapirdilar.
 

   Tadbirda Toshkent shahar, “Ma’rifiy targ‘ibot markazi” davlat muassasasi direktori, “Shuhrat” medali soxibi, Xidirov Mirzoxid G‘ayratovich Toshkent shahar bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Zulayho Soatova, Toshkent shahar hokimligi mas’ul xodimasi Nilufar Irgasheva va Toshkent shahar tumanlari bosh imom-xatiblarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchilari va hudud otinoyilari ishtirok etdi.


   Toshkent shahar, "Ma’rifiy targ‘ibot markazi" davlat muassasasi direktori, “Shuhrat” medali soxibi, Xidirov Mirzoxid G‘ayratovich 2025-yil 25-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasining 1037-sonli Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasining mazmun –mohiyati. Mutaassiblik nima? Radikalizm atamasi haqida. Mutaassib va radikal shaxsning  belgilari, bir-biridan farqi va uni aniqlash usulari. Ular bilan suhbat o‘tkazish usullari to‘g‘risida ma’ruza qildi.

  
  Nilufar Irgasheva otinoyilar faoliyati bilan bog‘liq bir qator masalalar to‘g‘risida fikr almashdi. Shu bilan birga 6 oy davomida otinoyilar tomonidan amalga oshiriligan ishlar yuzasidan tahliliy fikrini bildirib, shuningdek, xar bir otinoyi MFY idoralarda “Jaxolatga karshi ma’rifat” loyihasi asosida tashkil etilayotgan manaviy-marifiy tadbirlarni o‘tkazishda faol bo‘lishlari lozimligini va ayollarni urfimiz va milliyligimizga xos kiyinishlarini va boshqalarga taqlid qilmasliklarini haqida bosqichma-bosqich tushuntirish ishlarini olib borishini ta’kidlab o‘tdi. Yig‘ilish doirasida otinoyilarning savollariga javoblar qaytarildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati

 

Ma’naviyatli ayol-qizlar ko‘paysa, jamiyat barqaror bo‘ladi Ma’naviyatli ayol-qizlar ko‘paysa, jamiyat barqaror bo‘ladi
O'zbekiston yangiliklari