BAAdagi Dubay amirligining madaniyat va gumanitar masalalari bo'yicha maslahatchisi, Qur'oni karim mukofoti tashkiliy qo'mitasi raisi Ibrohim Muhammad Bumalhaning aytishicha, ushbu xalqaro Qur'oni karim musobaqasi Halqaro Shayxa Fotima binti Muborakning Qur'oni karimga xizmat qilish, jahonning turli mamlakatlaridagi qoriya, hofiza ayol-qizlarni rag'batlantirish, Amirlikning tashqi va ichki maydonidagi turli sohalarda insonparvarlik ishlarini amalga oshirishdagi o'rnini qadrlash maqsadida tashkil qilingan.
Mazkur ayol-qizlar Halqaro V Qur'oni karim musobaqasi Koronavirus pandemiyasi bo'yicha ko'plab mamlakatlarda qo'llanilgan ehtiyot choralari tufayli qoldirilgan edi. Lekin shu yil Ramazon oyida Halqaro XXIV Qur'oni karim musobaqasini o'tkazilgandan so'ng Qur'oni karim musobaqasini tashkil etish qo'mitasi bu yil xorijiy mamlakatlar va BAA idoralarida rasmiy tasdiqdan o'tgan qoriyalar ishtirokida Shayxa Fotima bint Muborak Halqaro V ayol-qizlar Qur'oni karim musobaqasini tashkil etishga qaror qildi.
Musobaqa shartlariga ko'ra, ishtirokchidan o'z mamlakatida qonuniy ro'yxatdan o'tgan bo'lishi, o'sha yurtning fuqaroligiga ega bo'lishi va yoshi 25 dan oshmagan bo'lishi hamda Qur'oni karimni tajvid qoidasi asosida yoddan bilishi talab qilinadi.
Shu yil 15 sentyabrga qadar ushbu musobaqaga qatnashmoqchi bo'lgan qoriyalarning ma'lumotnomasi qabul qilinadi.
O'MI Halqaro aloqalar bo'limi
Joriy yil, 18 aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev Qatar vaqf va islom ishlari vaziri G‘anim bin Shahin al-G‘anim bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot avvalida O‘zbekiston va Qatar aloqalari rivojlanayotgani, ikki davlat rahbarlarining do‘stona munosabatlari, oliy darajada imzolangan hujjatlar hamkorlikning jadal taraqqiy etishida muhim omil ekani ta’kidlandi.
Martabali mehmonga yurtimizdagi diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar, e’tiqod erkinligi yo‘nalishidagi yangilanishlar va ko‘p millatli xalqimiz uchun taqdim etilayotgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ayniqsa, «Vaqf» xayriya jamoat fondi, ilmiy-tadqiqot markazlari, masjid-madrasalar, Fatvo markazi, Qur’oni karim va tajvid o‘quv kurslari delegatsiyada katta qiziqish uyg‘otdi.
G‘anim bin Shahin al-G‘anim O‘zbekistonga ilk tashrifidan mamnun ekani, bu zamin dunyo tamadduni markazlaridan biri ekani, ulug‘ mutafakkirlarimiz bashariyat taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgani, Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi allomalar butun olamga mashhur ekanini e’tirof etdi.
Uchrashuvda diniy soha xodimlari malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot, ta’lim-tarbiya va ziyorat turizmi yo‘nalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Mehmonlar “Hazrati Imom” majmuasini ziyorat qilib, osori-atiqalarni saqlash, ilmiy-ma’naviy merosni asrab-avaylash va islom ma’rifatini keng targ‘ib etish borasida olib borilayotgan tarixiy ishlarni yuqori baholadi.
Shuningdek, martabali mehmonlar Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutida ham bo‘lib, oliy ma’had faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
“Hazrati Imom” masjidida o‘qilgan juma namozidan so‘ng ikki davlat hamkorligi yanada taraqqiy etishi, din yo‘lida qilinayotgan xizmatlar bardavom bo‘lishini tilab duo qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati