Qadrdon va muhtaram Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning
vafot etgani haqidagi xabarni chuqur qayg'u bilan oldim.
Alimovlar oilasi va Musulmonlar idorasini og'ir qayg'uga g'arq etgan ushbu mash'um
judolikni men ham barobar o'rtoqlashayotganimni samimiy ravishda izhor etib,
hamdardligimni bildirmoqchiman.
Hayotdan ko'z yumgan rais janoblari, bosh muftiymizga Ollohning lutfu-karamiga
erishishlikni, jannatdan o'rin olishlikni tilab, Ollohdan rahmat, mahfirat so'rab qolaman.
Fursatdan foydalanib, o'zbekistonlik musulmon birodarlarimiz va Musulmonlar
idorasiga, qayg'uli Alimovlar oilasiga va yaqinlariga sabri-jamil tilab, ta'ziya izhor
etaman, chin yurakdan salomlarimni yo'llayman.
Prof., dr. Ali Erbash,
Turkiya Respublikasi
Diyonat ishlari rahbari
Rivoyat qilinishicha, bir kuni sahroda bir otliq kishi ketib borardi. Cho‘lda sarson bo‘lib, adashib chanqoqdan tinkasi qurigan bir kishini uchratdi. Bu odam otliqdan suv so‘radi, otliq unga suv berdi. Yo‘lovchi biroz o‘ziga kelgach otliqdan uni o‘zi bilan olib ketishini iltimos qildi. Otliq rozi bo‘ldi va yo‘lovchini otiga minishiga izn berdi.
Ammo, yo‘lovchi ko‘p toliqqani uchun otga o‘zi mingasha olmadi va: "Men chavandoz emasman, oddiy dehqonman, shuning uchun otga minishga o‘rganmaganman. Iloji bo‘lsa menga otga minishimga yordamlashib yuborsangiz", deb iltimos qildi.
Otliq otdan tushib, unga yordam berdi. Biroq, yo‘lovchi otga mingach, mohir chavandoz kabi otni choptirib qochib qoldi.
Shunda otliq o‘zini aldanganini angladi va qochayotgan o‘g‘rining ortidan qichqirib: "Menga qilgan bu ishingni hech kimga aytma, iltimos! Yo‘qsa, odamlar bir-birlariga muruvvat qilmay qo‘yadilar", dedi.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV