Bugun Toshkent shahridagi "Shayx Zayniddin" jome masjidi majlislar zalida poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar uchun Ma'rifat soati bo'lib o'tdi.
Qur'oni karim tilovati bilan boshlangan tadbirni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov kirish so'zi bilan ochib berdilar hamda imomlarni bilim va malaka sinovidan muvaffaqiyatli o'tganlari bilan tabrikladilar.
Toshkent shahar hokimi o'rinbosari Abdulvosit Homidjonov ham tadbirda ishtirok etib, o'zlarining taklif va tavsiyalarini berdilar.
Kun tartibida umumiy masalalar, xususan, umra ziyoratiga boruvchi guruh rahbarlari yanada faolroq bo'lishi, o'z guruhidagi ziyoratchilar bilan ko'proq tushuntirish ishlarini olib borishi zarurligi ta'kidlandi.
Shuningdek, fuqarolar bilan xushmuomala bo'lish, mahallalar bilan ko'proq ishlab, xonadonlarga kirib borishni tizimli yo'lga qo'yish bugungi kun talabi ekani eslatib o'tildi.
Tadbirda Toshkent shahar bosh imom-xatibining o'rinbosarlari Abdulloh domla Yo'ldoshev hamda Ergashali domla Rustamov ham ishtirok etdilar.
Ma'rifat soati so'ngida xayrli duolar qilindi.
حدثنا عباس الدوري نا محمد بن بشر العبدي نا مجمع بن يحيى عن عثمان بن موهب عن موسى بن طلحة عن طلحة قال: قلت: يا رسول الله كيف الصلاة عليك ؟ قال: قل :اللهم صل على محمد كما صليت على إبراهيم إنك حميد مجيد وبارك على محمد وعلى آل محمد كما باركت على إبراهيم إنك حميد مجيد.
Muso ibn Talha roziyallohu anhu Talha roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: “Yo Allohning Rasuli, sizga salavot qanday aytiladi?” deb so‘radim.
U zot alayhissalom: “Allohumma solli ’alaa Muhammadin kamaa sollayta ’alaa Ibrohiyma innaka hamiydun majiyd. Va baarik ’alaa Muhammadin va ’alaa aali Muhammadin, kamaa baarakta ’alaa Ibrohiyma innaka hamiydun majiyd”, deb ayt”, dedilar.
Salavotning ma’nosi: “Allohim! Ibrohimga salavot yo‘llaganingdek, Muhammadga ham salavot yo‘llagin. Albatta, Sen maqtovga loyiq va ulug‘vor Zotsan. Ibrohimga barakot berganingdek, Muhammad va Muhammadning oilasiga ham barakot bergin. Albatta, Sen maqtovga loyiq va ulug‘vor Zotsan”.
Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD