Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Iyun, 2025   |   18 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:28
Asr
17:39
Shom
20:01
Xufton
21:39
Bismillah
14 Iyun, 2025, 18 Zulhijja, 1446

Ulamolar tashrifi masjidlar jamoati va ehtiyojmand kishilarning qalbiga xursandchilik olib kirdi

15.06.2021   2871   2 min.
Ulamolar tashrifi masjidlar jamoati va ehtiyojmand kishilarning qalbiga xursandchilik olib kirdi

O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari Ibrohimjon domla Inomovlar asr namozini Namangan tumanidagi "Otavalixon" jome masjidida shom namozini "Umarboy xoji" jome masjidida jamoat bilan ado etdilar. Namozdan so'ng madaniy meros tarixi, bu erda qilinayotgan ishlar xususida jamoat bilan suhbatda bo'ldilar. Madaniy meroslarimizga bo'layotgan e'tibor, shukronalik ne'mati, yurtimizda yashab o'tgan dinimiz rivoji, xalqimiz ma'rifatiga hissa qo'shib o'tgan ulamolar va ularning qilgan ishlari xaqida suhbatlashdilar.

Namangan tumanidagi bemor va ijtimoiy ko'makka muxtoj oilalardan habar olindi va ularga "Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan sovg'alar berildi.

***

Namangan viloyatida mehmon bo'lib turgan O'zbekiston musulmonlari idorasi maslahatchisi Salohiddin domla bugun Namangan tumanidagi "Nurtepa", “Al-Masjidun-Nabaviy” va "Tursun acha" jome masjidi namozxonlari bilan asr namozidan so'ng Alloh taoloning rahmati, marhati va unga olib boruvchi omillar va Mo'min insonnig sifatlari to'g'risida xususan,boshqalarga yaxshilik qilish, yomonlik qilishdan saqlanishi, hatta til bilan bo'lsa ham ozor bermaslik haqida batafsil ma'ruza qilib berdilar.
Suhbatdan so'ng o'tgan ulamolar haqlariga hamda yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligida hizmat qilayotganlar haqqiga Alloh taolodan so'rab duoi xayrlar qildilar.

 

 

O'MI matbuot xizmati

Boshqa maqolalar

Ahli sunna va jamoa usuli

13.06.2025   1851   1 min.