frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

HAMDARDLIK

20.11.2023   1251   1 min.
HAMDARDLIK

O'zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi "Vaqf" xayriya jamoat fondining “Vaqf” xayriya ishlari bo'yicha direktori Sardor Rahimxonning onalari vafoti munosabati bilan chuqur ta'ziya izhor etadi.

Alloh taolo marhumani O'z mag'firatiga olsin, imonlarini salomat qilsin, solih amallarini o'zlariga hamroh etsin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!

Haq taolo Sardor Rahimxon va marhumaning farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to'ldirsin. Biz Buyuk Parvardigordan duo qilib so'raymizki, marhumani o'zining cheksiz rahmatiga olsin, jannat bog'lariga doxil etsin.

Inna lillahi va inna ilayhi roji'un!
«Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz U Zotga qaytuvchimiz».

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Imom-xatiblar ishtirokida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi

25.09.2026   62619   1 min.
Imom-xatiblar ishtirokida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi

Bugun, Namangan viloyati bosh imom-xatibi, Ulamolar kengashi a’zosi Abdulloh domla Samatov raisligida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyat vakilligining majlislar zalida viloyatdagi imom-xatiblar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Xatamov Jamshed Muxtorovich ishtirok etdi. Unda 2026 yilning 9 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda imomlik sharafli va mas’uliyatli vazifa ekani, bugungi kun imomi zamonga ziyraklik, teran fikr bilan qarashi, o‘z ustida muntazam ishlashi va mo‘min-musulmonlarning ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ehtiyojlarini qondirish uchun tinimsiz izlanib, xizmat qilishlari zarur ekani alohida qayd etildi.

Bundan tashqari, imomlar hududlardagi MFYlar bilan muntazam aloqada bo‘lib, hojilar bilan birgalikda yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish, ilm-ma’rifatga qiziqtirish va yosh avlod kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratish, oilalarni tinch-totuv yashashi, farzandlarni bevaqt tirik yetim bo‘lmasligi uchun ajrimlarning oldini olish, keksalarni hurmat qilish, qo‘shnichilik odoblariga rioya qilish, yurt tinchligi va osoyishtaligi uchun barcha birdek mas’ulligi kabilarga alohida e’tibor qaratish ta’kidlandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari