Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Dekabr, 2024   |   27 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:48
Peshin
12:30
Asr
15:20
Shom
17:04
Xufton
18:24
Bismillah
28 Dekabr, 2024, 27 Jumadul soni, 1446

Islomiy banklar: raqobatchi emas, hamkorlardir

10.06.2021   1256   3 min.
Islomiy banklar: raqobatchi emas, hamkorlardir

PAYMO Russia bosh direktori Husan Umarov nima uchun O'zbekistonda islom bankingini rivojlantirish kerakligini tushuntirdi.

Uznews.uz xabariga ko'ra, 2021 yilda har bir inson an'anaviy iqtisodiyotning uch "ustuni" – ishonchlilik, mukammallik va barqarorlikni larzaga solgan yangi voqelikka duch keldi.

Jahon iqtisodiyoti o'zgarishlarni birinchi bo'lib his etib, yosh moliyaviy vosita:

* hamkorlik munosabatlari poydevori;
* kuchli diniy komponentga qurilgan islom bankingiga nisbatan jadal burilish yasadi.

PAYMO Russia bosh direktori Husan Umarovning aytishicha, islom iqtisodiyoti tarafdorlari "sigir dumlari"ni ushlab turmaydi. Payg'ambarimiz Muhammad sallolohu alayhi vassalam molni kreditga sotishni majoziy ma'noda shunday ataganlar. Asossiz boyish ("ribo") ta'qiqlanadi. Foiz olishga emas, balki foyda olishga yo'l qo'yiladi.

Biroq uzoq yillik kredit qulligi – G'arb iqtisodiyotining asosiy ustuni butun dunyo bo'ylab yuz minglab oddiy fuqarolarni uy-joy va ishsiz qoldirishi mumkin. 2008 yilgi Amerika inqirozi buni aniq ko'rsatdi va 2021 yilgi pandemiya ham undan qolishayotgani yo'q.

"Islomiy moliyada bank jazo beruvchi organ emas. U uyingizni olib qo'yib, oxirgi ko'ylagingizni echib olmaydi. Bu sizning hamkoringiz, sherigingiz, investoringiz va hatto do'stingizdir. Oddiy bir misol: agar mashinangiz avariyaga uchrasa, uning sug'urtasi yo'q bo'lsa, bank siz bilan zararlarni o'z bo'yniga oladi. Agar to'lovni kechiktirgan bo'lsangiz, bank sizdan jarima undirib olmaydi”, deb tushuntirdi Umarov Husan.

Barcha tavakkalchiliklar o'rtadan bo'linadi – islom tushunchasidagi "adolat" aynan shunday ko'rinishda bo'ladi. Masalan, islom asbobi "takaful" "bir-birini himoya qilish" deb tarjima qilinadi, "salam" narx oshishiga qarshi kafolatni bildiradi va "sukuk" esa foizlarni ta'qiqlaydi.

Dunyo xaritasida Islom bankingi mavjud 251 mamlakatdan 70 dan ortiq mamlakatni qamrab olgan. Eron va Sudan 2019 yilda to'liq, Saudiya Arabistoni va Bruney esa mos ravishda 70% va 65% islom bankingiga o'tib oldi.

Islom banklarining yalpi aktivlari $2,5 trln. dan oshdi. Mutaxassislarning aytishicha, 15 yil ichida Islomiy moliya global bankingga aylanadi.

Ekspertnging fikriga ko'ra, bularning barchasi ko'plab mamlakatlar qonunchiligida "Islomiy moliya" uchun huquqiy asos bo'ladi. Islom bankingining istiqbolini Buyuk Britaniya, Qozog'iston, AQSh, Lotin Amerikasi, Janubiy Afrika va islomiy bo'lmagan Osiyodagi Gonkong va Singapurda anglab etishdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan O'zbekiston ham ushbu vosita tomon qadamlar qo'ya boshlamoqda.

Bir narsa aniq: Islomiy banking bizga boshqa yo'l ham borligini tushunishimizga yordam bermoqda. Va bu "boshqa yo'l"ning samarasi uzoq vaqt davomida ishlatilgan narsalardan aslo kam emas.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Juma salomi - Amallar sarhisobi

27.12.2024   2892   1 min.

No‘monxon Yahyoxon
Toshkent islom instituti talabasi