Bugun, 8 iyun' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o'rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov va Toshkent islom instituti katta ustozi Muhammad Ayubxon domla Homidov Andijon viloyatiga safardari mobaynida Asaka tumanidagi “Fayziobod” jome masjidiga mo'min-musulmonlar bilan birga shom namozini ado etish va samimiy suhbat qilish uchun tashrif buyurdilar.
Masjidga yig'ilgan namozxonlarga Homidjon domla Ishmatbekov Alloh taboraka va taoloning o'lkamizga bergan ne'matlari, ularga shukrona keltirish, bugungi kunda bo'layotgan o'zgarishlar, mo'min-musulmonlarga berilayotgan keng imkoniyatlar hamda yoshlar tarbiyasiga alohida diqqat qaratish haqida mav'iza qilib berdilar.
Ulamolar so'zlari yakunida Haq taolo yurtimizga tinchlik-ofiyat, fayzu baraka va tan-sihatlik so'rab duolar qildilar.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Alloma Muhammad Avvoma hafizahulloh:
"Haqiqiy oqillar muxoliflari bilan bog‘lab turuvchi rishtalarga qaraydilar:
Birinchisi: Odamgarchilik,
Ikkinchisi: Islom,
Uchinchisi: Ilm rishtasi".
Bu hikmatda, aqlli va ixlosli insonlar hatto o‘zlariga qarshi fikrda bo‘lgan odamlar bilan ham umumiy bog‘liqliklarni ko‘radilar. Ular odamiylik jihatidan baribir bir inson ekanligini, agar musulmon bo‘lsa, Islom birodarligi birlashtirishini va ilm rishtasi bilan ham bog‘lanishini anglaydilar. Bu esa ixtiloflar chekinib, hurmat, bag‘rikenglik va ijobiy munosabatlar uchun asos bo‘ladi.