O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi 3-bosqich talabasi Meyerbek Ergashboyev Qozog'istonning Nursulton shahrida MDH davlatlari o'rtasida 2019-yildan buyon an'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan “Yilning eng yaxshi yosh olimi – 2021” xalqaro tanlovida munosib ishtirok etdi.
Meyerbek tanlovda Ekoturizm va xalqaro turizm yo'nalishida o'zining “O'zbekistondagi ekoturizmning dolzarb masalalari” mavzusidagi maqolasi bilan qatnashib, faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
religions.uz