Sayt test holatida ishlamoqda!
01 Iyul, 2025   |   6 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:09
Quyosh
04:54
Peshin
12:32
Asr
17:41
Shom
20:04
Xufton
21:41
Bismillah
01 Iyul, 2025, 6 Muharram, 1447

Musulmonlarning o'zaro haqlariga rioya qilyapmizmi?  

18.05.2021   2580   8 min.
Musulmonlarning o'zaro haqlariga rioya qilyapmizmi?  

Dinimiz mo'min-musulmonlarni bir-birlari bilan aka-ukalardek yaxshi munosabatda bo'lishga buyuradi. Qur'oni karimda bunday marhamat qilinadi: “Albatta, mo'minlar dinda o'zaro birodardirlar. Bas, sizlar ikki birodaringiz o'rtasini tuzatib qo'yingiz va Allohdan qo'rqingiz, shoyad, rahm qilinsangiz” (Hujurot surasi, 10-oyat).

Ikki musulmonni o'rtasini isloh qilish – aslida ularga yordam qilishdir. Chunki ba'zan oddiy tushunmovchiliklar ortidan ham o'zaro adovatlar kelib chiqadi. Bu borada Alloh taolo musulmonlarni bir-birlariga yordam berishga chaqirib, bunday marhamat qiladi: “... Ezgulik va taqvo (yo'li)da hamkorlik qilingiz, gunoh va adovat (yo'li)da hamkorlik qilmangiz! Allohdan qo'rqingiz! Albatta, Alloh azobi qattiq zotdir” (Moida surasi, 2-oyat).

Demak, dinimiz o'zaro birdamlikka va ezgu ishlarda bir-birimizga ko'makchi bo'lishga buyurar ekan, avvalo, o'z haqqimiz hamda zimmamizdagi boshqa musulmonlarning haqlarini ham yaxshi bilmog'imiz darkor. Bu haqda Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bunday deganlar: “Musulmonni (boshqa) musulmonning zimmasidagi haqlari oltitadir”, – dedilar. Shunda: “Ular nimalar, yo Rasulalloh?” – deyildiNabiy sallallohu alayhi vasallam: “Qachon uchratsangiz, unga salom bering; sizni (uyiga mehmonga) chaqirsa, unga ijobat qiling (ya'ni chaqirilgan joyga boring); nasihat so'rasa, nasihat qiling; aksa ursa va “Alhamdulillah” desa, unga javob qaytaring; bemor bo'lsa, uni ziyorat qiling; agar vafot etsa, janozasida ishtirok eting”, – dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bu hadisi shariflarida ummatlariga bir-birlaridagi haqlarini o'rgatmoqdalar:

  1. 1Qachon uchratsangiz, unga salom bering;

Ikki musulmon uchrashganda ularning birlarida ikkinchisiga nisbatan salom berish haqi bor. Ulardan qay biri avval salom bersa, savobning ko'pini oladi va narigi birodariga alik olishni farz qiladi.

  1. 2Agar sizni (uyiga mehmonga) chaqirsa, unga ijobat qiling;

Bir musulmon to'y yoki marosim qilib, biror tanishini taklif qilsa, o'sha taklifga javoban mazkur marosimga borish – taklif qilinganning musulmonlik burchidir.

  1. 3Agar nasihat so'rasa, nasihat qiling;

Qiyin vaziyatga tushgan inson maslahat so'raganda, unga to'g'ri maslahat berish ham musulmonlik burchi hisoblanadi.

  1. Agar aksa ursa va “Alhamdulillah” desa, unga yaxshilik tilang;

Har bir musulmon aksa urganida “Alhamdulillah” deyishi lozim. Uning aksa urib, hamd aytganini eshitgan kishiga esa, unga “Yarhamukallohu” (Alloh sizga rahm qilsin) deb, yaxshilik tilamog'i – musulmonlik burchidir.

  1. 5Agar bemor bo'lsa, uni ziyorat qiling;

Bemor bo'lgan musulmonni ziyorat qilib, ko'ngil so'rab, uning duosini olish –avvalo musulmonlik haqqi, qolaversa – insoniylik burchidir.

  1. 6Agar vafot etsa, janozasida ishtirok eting;

Vafot etgan musulmonni shariat ahkomlariga muvofiq dafn qilish –musulmonlar zimmasidagi farzi kifoyadir. Shuning uchun biror musulmonning vafoti haqidagi xabarni eshitgan har bir musulmon iloji boricha janozaga qatnashmog'i lozimdir.

   Alloh taologa behad hamdu sanolar bo'lsinki, ota-bobolarimiz ming yillardan buyon mana shunday mo'min-musulmonchilik haqlariga rioya qilib kelganlar. Mahalladagi boquvchisini yo'qotgan oilalar holidan xabar olish, yoshi ulug'larni xizmatlarida bo'lish kabi ezgu ishlar xalqimizning qon-qoniga singib ketgan.

Musulmon inson boshqa musulmonning biror gunoh ish qilayotganidan xabardor bo'lsa, uni bu ishidan qaytarishi ham – bir mo'minlik burchidir. Chunki bu – haqiqiy do'st-birodarlik ramzidir. Anas ibn Molik raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Sizlardan birortangiz o'zi uchun yaxshi ko'rgan narsani boshqa musulmon uchun ham ravo ko'rmagunicha (komil) mo'min bo'la olmaydi”, – dedilar” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari).

So'fi Olloyor bobomiz ham bu haqda bunday deganlar: 

Hudoning buyrug'idin toysa nogoh,

Birodarlik o'shaldur  qilsang ogoh.

Musulmon insonning zimmasidagi boshqa musulmonlarning haqlaridan biri – uning tilidan va qo'lidan boshqalar ozor chekmasligidir. Alloma ibn Rajab rahimahulloh o'zlarining “Jome'ul ulum val hikam” asarlarida: “Musulmonga har qanday ko'rinishda,  xoh so'z bilan, xoh fe'l bilan bo'lsin, nohaq aziyat berish – halol emasligi shariy dalillarda o'z ifodasini topgan”, – deganlar.

Musulmon insonning boshqalardan uch kundan ortiq arazlamasligi ham musulmonlik haqlaridan hisoblanadi. Afsuski, bugungi kunda arzimagan sabablarga ko'ra bir-birlari bilan arazlashib yurgan  mo'min-musulmonlar ko'zga tashlanib turibdi.

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam hadisi muboraklarida: “Musulmon kishiga o'z birodaridan uch kundan ortiq arazlash – halol emas. Kim uch kundan ortiq arazlasa va shu holida vafot etsa, do'zaxga kiradi”, –  dedilar (Imom Abu Dovud va Imom Ahmad rivoyatlari).

Musulmonlarning bir-birlaridagi haqlari bir qancha bo'lib, quyida ulardan ba'zilarini sanab o'tamiz:

  • Biror musulmonning huzuriga uning iznisiz kirmaslik;
  • Katta yoshlilarni ulug'lash, ulamolarni hurmat qilish va bolalarga rahmli bo'lish;
  • Qarzini vaqtida berish;
  • Omonatga xiyonat qilmaslik;
  • Bergan va'dasiga vafo qilish;
  • Qo'shnichilik haqlariga rioya etish;
  • Musulmon birodarining joni, moli va obro'siga etadigan zulmni daf qilish va unga bu ishda yordam berish;
  • Barcha musulmonlarning aybini berkitish;
  • Har bir musulmonga nisbatan tavozeli bo'lish, ulardan birortasiga mutakabbirlik qilmaslik;
  • Boshqa musulmonlarga nohaq tuhmat qilishdan va o'zi haqida ham boshqalarni yomon gumonga borishidan saqlash.

Alloh taolo barchamizga o'zaro hamjihat bo'lib yashashni muyassar qilsin!

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev: Yoshlarimizning har bir muvaffaqiyati biz uchun kuch-qudrat

30.06.2025   2454   3 min.
Shavkat Mirziyoyev: Yoshlarimizning har bir muvaffaqiyati biz uchun kuch-qudrat

Bugun mamlakatimizda Yoshlar kuni keng nishonlanmoqda. Asosiy bayram tadbirlari Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston yoshlarini tabriklash va qo‘llab-quvvatlash uchun bu yerga Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurdi.

Kongress markaziga kiraverishda yoshlarning turli sohalardagi loyihalari, kashfiyot va yutuqlari taqdimot qilindi. Masalan, “Yosh innovatorlar” ko‘rgazmasida muhandislik, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, uchuvchisiz qurilmalar namoyish etilgan. “Yashil” tashabbuslar” maydonchasida ekologiya, muqobil energetika, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarga oid ishlanmalar ko‘rsatilgan. “Kreativ loyihalar” bo‘limidan hunarmandlik, dizayn, tasviriy san’at, video va prodyuserlik faoliyatidagi yutuqlar o‘rin olgan. “Yoshlar tadbirkorligi va startaplar” maydonchasida ushbu yo‘nalishdagi muvaffaqiyatli loyihalar haqida ma’lumot berilgan.

Jumladan, toshkentlik Rustam Hamdamovning “Billz” dasturi kichik va o‘rta biznesni avtomatlashtirishga yordam beradi. Hozirgacha bu loyihaga Buyuk Britaniya, Singapur, Turkiya ishbilarmonlari 6 million 600 ming AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritgan.

Qoraqalpog‘istonlik yosh fermer Sherzod Niyazimbetov organik pomidorlar yetishtirib, quyoshda quritib va qadoqlab, Italiya hamda Fransiya kabi davlatlarga eksport qilmoqda. Uning korxonasida 200 nafarga yaqin xodim ishlamoqda.

O‘zbekiston Prezidentining 2019 yildagi qarori bilan tashkil etilgan Yoshlar akademiyasi bugungi kunda 7 mingdan ziyod yosh olimlarni birlashtirgan. Ko‘rgazmada ular uchun keng o‘rin ajratilgan. Toshkentlik Sayfullo Qodirov ekin maydonlarini raqamli xaritalash va yuqoridan dori sepish imkonini beruvchi dronlar yasagan.

Olimlar orasida “Raqamli avlod qizlari” tanlovi g‘olibalari ko‘pligi ham diqqatga sazovor. Xorazmlik Lobar Abdullayeva onkologik kasalliklarga sun’iy intellekt orqali tashxis qo‘yishga mo‘ljallangan “AI Scan” dasturini ishlab chiqqan. Qoraqalpog‘istonlik Qumara Sagidullayeva quyosh energiyasida yuruvchi kichik traktor, toshkentlik Abdulloh Jamoliddinov bog‘ni avtomatik sug‘orish tizimini ixtiro qilgan.

Davlatimiz rahbari mazkur taqdimotlar bilan tanishib, ularning tashabbuskorlari bilan muloqot qildi.

– Yoshlarimizning har bir muvaffaqiyati biz uchun kuch-qudrat, mamlakatimiz kelajagiga tayanch. Bugun farzandlarimiz zamonaviy yo‘nalishlarni egallab, ancha ilgarilab ketyapti. Ularni qo‘llab-quvvatlasak, sifatli ta’lim berib, sharoit yaratsak, bundan ham katta natijalarga erishadi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mutasaddilarga ixtirochi yoshlarni tegishli vazirliklarga biriktirib, loyihalarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.        

Yurtimizda bunday iqtidorli o‘g‘il-qizlar ko‘p. Bu ta’lim sohasiga, ayniqsa, STEAM yo‘nalishlariga qaratilayotgan e’tibor natijasi. So‘nggi yillarda matematika, fizika, kimyo va axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan ko‘plab maktablar tashkil etildi. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 325 ming yigit-qiz o‘qitildi.

Yosh tadbirkorlar tashkil qilgan 261 ta korxonaning yillik aylanmasi 100 milliard so‘mdan oshgan. Startaplarni  moliyalashtirishga 145 million dollar venchur sarmoya kiritilgan.

Bayram munosabati bilan o‘tgan uchrashuvda Prezidentimiz yoshlar uchun yanada keng imkoniyatlarni belgilab berdi.

Manba: https://president.uz

 

Shavkat Mirziyoyev: Yoshlarimizning har bir muvaffaqiyati biz uchun kuch-qudrat Shavkat Mirziyoyev: Yoshlarimizning har bir muvaffaqiyati biz uchun kuch-qudrat Shavkat Mirziyoyev: Yoshlarimizning har bir muvaffaqiyati biz uchun kuch-qudrat Shavkat Mirziyoyev: Yoshlarimizning har bir muvaffaqiyati biz uchun kuch-qudrat Shavkat Mirziyoyev: Yoshlarimizning har bir muvaffaqiyati biz uchun kuch-qudrat Shavkat Mirziyoyev: Yoshlarimizning har bir muvaffaqiyati biz uchun kuch-qudrat Shavkat Mirziyoyev: Yoshlarimizning har bir muvaffaqiyati biz uchun kuch-qudrat Shavkat Mirziyoyev: Yoshlarimizning har bir muvaffaqiyati biz uchun kuch-qudrat