Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Iyul, 2025   |   16 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:18
Quyosh
05:00
Peshin
12:34
Asr
17:41
Shom
20:01
Xufton
21:35
Bismillah
11 Iyul, 2025, 16 Muharram, 1447

HAYIT NAMOZI QANDAY O'QILADI?

11.05.2021   4195   1 min.
HAYIT NAMOZI QANDAY O'QILADI?
  1. Alloh rizoligi uchun Ramazon hayiti namozini o'qishga niyat qilinadi.
  2. Imom “Allohu akbar” deya takbir aytgach jamoat ham qo'llarini ko'tarib, ichida iftitoh takbiri (Allohu akbar)ni aytadi.
  3. Takbir aytilganidan so'ng, qo'lni qovushtirib turib, har kim ichida sano duosini o'qiydi. So'ngra imom qo'llarini quloqlariga ko'tarib, uch marta takbir aytadi. Jamoat ham unga ergashadi. Birinchi va ikkinchi takbirda qo'llar yon tomonga tushiriladi. Uchinchi takbirdan so'ng qo'llar bog'lanib, qiyom holida turiladi.
  4. Imom ichida “A'uzu”ni va “Bismillah”ni aytib, ovoz chiqarib “Fotiha” surasini va zam surani o'qiydi. Takbir aytib ruku va sajda ado etiladi.
  5. Shundan so'ng ikkinchi rakatga turiladi. Imom “Fotiha” surasi bilan zam sura o'qigach, rukuga bormay turib, xuddi birinchi rakatdagi kabi uch marta takbir aytadi.
  6. To'rtinchi takbirda qo'l ko'tarmasdan imom orqasidan ruku va sajda ado qilinadi.
  7. Sajdadan so'ngra “Attahiyyot”, “Salovat” va “Duo” o'qilib, salom berilib, namoz tugatiladi.

Alloh ibodatlaringizni O'z dargohida qabul etsin!

 Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Yangi kun qachondan boshlanadi?

09.07.2025   3850   1 min.
Yangi kun qachondan boshlanadi?

Savol: Islomda yangi kun qaysi soatdan boshlab kiradi? Masalan, shartli qabul qilingan tartib bo‘yicha soat 00:00 yangi kunning boshlanishi sanaladi? Islomda yangi kunning boshlanishi va tugashi qaysi vaqtdan e’tiborga olinadi? 

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Dinimizga ko‘ra, kun shom vaqtidan boshlanadi va keyingi shomgacha davom etadi. Boshqacha qilib aytganda, islomda kun kecha bilan boshlanadi va uning ertasida kun botib, kunduz tugaganida, o‘sha kun ham yakunlanadi. Bunga oyat va hadislardan ko‘plab dalillar bor.
Faqat ayrim ahkomlarda kunning boshlanishi bomdod namozining vaqti kirishi (subhi sodiq)dan boshlanadi va kun keyingi bomdod vaqtigacha davom etadi. Masalan, Hajda Arafot vodiysida turishda hukm shunday.

Shuningdek, ayrim hollarda “kun” tushunchasi yuqoridagidek, 24 soatdan iborat (sutka) ma’nosida emas, balki tunga muqobil – qarama-qarshi ma’noda qo‘llanilishi ham mumkin. Bu holda kun boshlanishi bomdod vaqtidan to quyosh botgunigacha bo‘lgan muddat, ya’ni kunduzdan iborat bo‘ladi. Bunga misol uchun “bir kun ro‘za tutish” deganda aynan shu muddat nazarda tutiladi.

Xulosa qilib aytganda, dinimizdagi umumiy qoidaga ko‘ra, kunning boshlanishi kun botganidan boshlanib, keyingi kun botishigacha davom etadi. Ayrim istisno qilingan holatlarda kunning qachon boshlanib, qachon tugashi dindagi hukmlarga qarab farq qiladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.