Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Iyul, 2025   |   8 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:10
Quyosh
04:55
Peshin
12:32
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:40
Bismillah
03 Iyul, 2025, 8 Muharram, 1447

Islom tarixidagi turli oqimlar va ularning paydo bo'lishi

01.05.2021   10459   10 min.
Islom tarixidagi turli oqimlar va ularning paydo bo'lishi

Islom bayrog'i ostida faoliyat ko'rsatayotgan ekstremizmning paydo bo'lishi va rivojlanishi tarixning muayyan davrida ustuvor bo'lgan ko'plab omillar, turli jarayonlarning o'zaro ta'sirlashuvining natijasi deb tushunish mumkin. O'rganish, din niqobi ostida paydo bo'lgan ekstremistik harakatlarning g'oyaviy ildizlari islom tarixining birinchi asriga borib taqalishini ko'rsatadi. Respublikamiz birinchi Prezidenti ta'kidlab aytganlarki: “Asrimiz vabosi bo'lmish bu jirkanch illatning faqat shafqatsiz ko'rinishlarini emas, balki ildizlariga etib borib, jamiyat hayotidan, dunyo xalqlari hayotidan uni tag-tomiri bilan sug'urib tashlash – barcha davlatlarning eng dolzarb vazifasi bo'lishi kerak, bu yo'lda barchamiz bir tan, bir jon bo'lib harakat qilishimiz, qattiq kurash olib borishimiz shart”[1].

Tarixiy manbalarda mazkur oqimlarning tarqalishi, faoliyati va ularning o'ziga xos yo'nalishlari batafsil tahlil qilingan. Shuni alohida ta'kidlash joizki, bugungi kunda faoliyat ko'rsatayotgan deyarli barcha ekstremistik guruhlar o'sha oqimlarga xos xususiyatlarni o'zida jamlagan holda, ular qo'llagan uslub va g'oyalardan keng foydalanib kelmoqda.

Islom niqobidagi ekstremizmning ilk vakillari sifatida 657 yili xalifa Ali roziyallohu anhu askaridan ajralib chiqqan, o'zlarini haqiqiy musulmon, saflariga qo'shilmaganlarni «dindan qaytgan» deb e'lon qilib, ularga qarshi murosasiz kurash olib borgan «xorijiylar» (arabcha – «ajralib chiqqanlar», «isyonchilar») oqimi faoliyati fikrimizning isboti bo'la oladi[2].

Demak, Islomda dastlab paydo bo'lgan firqa xorijiylardir. Boshqa dinlarda bo'lgani kabi musulmonlar ichida ham firqalar bo'lgan. Payg'ambar Muhammad alayhissalom aytganlaridek, Islom dinida 73 ta firqaga bo'linish yuz beradi. Ularning bittasigina to'g'ri yo'lda, qolganlari esa, zalolatda hisoblanadi. Qur'on oyatlari va hadislarda ham firqalarga bo'linmaslikka buyuriladi. Horijiylar o'z talqinlaridagi «sof» islom qoidalariga qat'iy rioya qilish tarafdori edi. Ilk Islomda inson e'tiqodini belgilashda niyatga e'tibor berilgan bo'lsa, xorijiylar amalga qarab baho berdi. Aynan xorijiylar o'z qarashlari va faoliyatiga qo'shilmaganlarni kofirga chiqarish, ularga qarshi «jihod» olib borish haqidagi g'oyalarni ishlab chiqib, terror uslubini qo'llash orqali hukmdorlarni jismonan yo'q qilish amaliyotini boshlab bergan edi. Shuningdek, xorijiylar dindor kishining islom arkonlariga sodiqligini qilgan ishlariga qarab baholash kerak, deb hisoblab, o'zlarining talqinidagi Islom qoidalariga rioya qilmagan har qanday hukmdorga bo'ysunmaslik, uni ag'darib tashlash zarurligi haqidagi g'oyani ilgari surgan edi. Bunday g'oyalar hokimiyat uchun kurashning zo'ravonlikka asoslangan usullari kelib chiqishiga va minglab kishilarning halok bo'lishiga olib keldi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam:»Yahudiylar etmish bir yoki etmish ikki firqaga bo'lindilar. Nasorolar etmish bir yoki etmish ikki firqaga bo'lindilar. Mening ummatim esa etmish uch firqaga bo'linadi», dedilar».

Boshqa bir rivoyatda: «Yetmish ikkitasi do'zaxda, bittasi jannatda. U – jamoatdir» iborasi ziyoda qilingan[3].

Hadisning davomida esa kelajakda Islom ummati etmish uch firqaga bo'linib ketishi haqida xabar berilmoqda. Ming afsuslar bo'lsinkim, bu gaplar yuzaga chiqdi. Islomga e'tiqod qilib yurganlar ichida ham turli-tuman firqalar paydo bo'ldi. Kezi kelganda shuni ta'kidlab o'tish lozimki, ushbu hadisda va shu ma'nodagi boshqa hadislarda zikr qilingan firqalardan murod aqiydaviy firqalardir. Ba'zi bir haddidan oshganlar o'ylaganidek, fiqhiy mazhablar emas. Chunki fiqhiy mazhablar o'z nomi bilan mazhab, firqa emas. Fiqhda ixtilof, bir-birini kofir qilish yo'q. Fiqhda sirtdan xilof bo'lib ko'ringan narsa aslida bir narsani ado etishning turli ko'rinishlari, xolos. E'tiqoddagi bo'linish esa firqachilik deb nomlanadi. Bunda har bir firqa boshqasini kofirga chiqaradi. Ularning kelishmovchiliklari tavhid asoslari, qazoi qadar, Payg'ambarlik shartlari kabi masalalarda bo'ladi. Aqiyda kitoblarida ana o'sha firqalarning asosini quyidagi olti firqa tashkil etishi aytilgan[4]:

  1. Rofizalar – shialar va ularga tobe'lar.
  2. Jahmiya – Jahm ibn Safvon Samarqandiyning buzuq aqiydaviy firqasiga ergashganlar. Ular asosan Alloh taoloning sifatlarini manfiy qilish, amaldan qoldirish bilan mashhur bo'lganlar.
  3. Haruriya – Havorijlardan bo'lib, Kufa yaqinidagi Haruro degan joyda turganlar. Ular gunohkor mo'min do'zaxda abadiy qoladi, gunohi kabira qilgan mo'min esa kofirdir, deydilar.
  4. Murji'alar – «Kalimai tavhidni til bilan aytib, dil bilan tasdiqlasa bo'ldi, amalning keragi yo'q», deganlar.
  5. Qadariya – qazoi qadarni inkor qiladiganlar.
  6. Jabriyalar – «Inson hamma ishlarini majbur holda qiladi, uning ixtiyori yo'q», deganlar. Ushbu asosiy olti firqadan boshqa firqalar ham tarqalgan. Bu firqalar o'zaro talashib-tortishib, juda ko'p zararlarga, balo-ofatlarga sabab bo'lganlar. Imom Abu Dovud qilgan rivoyatdagi ziyodada Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Mening ummatimdan bir qavmlar chiqadiki, havoyi nafs ularga xuddi quturish kasali kabi, hech bir tomirni qo'ymay kirgandek kiradi», deganlar. Ushbu ziyodada mazkur firqalarning umumiy sifatlari keltirilmoqda. Ularning barchasi o'z kibr-havosi kasaliga uchraydilar. Huddi quturgan it tishlab, quturib qolgan odam holiga tushadilar. Tafriqachilik ruhi ularning tomir-tomirlarigacha singib ketadi. Mo'min-musulmonlarni kofir qilishdan boshqa narsa ko'zlariga ko'rinmay qoladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bularning hukmi qanday bo'lishini hadisi sharifning oxirida aytmoqdalar:

«Yetmish ikkitasi do'zaxda, bittasi jannatda, u jamoatdir». Ya'ni, Islom ummatida paydo bo'lgan etmish uchta e'tiqodiy firqadan etmish ikkitasi do'zaxga, bittasi jannatga tushadi. O'sha jannatga tushadigan firqa jamoat firqasidir. Ya'ni, musulmonlarning asosiy ommasini jamlab, Kitob va Sunnatga amal qiluvchi toifadir. Bu saodatli toifa «Ahli sunna va jamoa» nomini olgan, ya'ni e'tiqod bobida Sunnatga muvofiq ish ko'ruvchi va musulmonlarning ommaviy jamoasini birlashtiruvchi mazhabdir. Alhamdulillah, bizning yurtimiz musulmonlari doimo shu mazhabda bo'lib kelganlar va bundan buyon ham shunday bo'lib qolishi uchun harakat qilmoq lozim.

VII asrning ikkinchi yarmida xorijiylar orasida rahbarlarining ismi bilan ataladigan bir necha firqalar paydo bo'ldi. Ana shunday mutaassib firqalar orasida eng murosasiz va shafqatsiz jamoa nomini olgan Nofi' ibn Azraq boshchiligidagi «Azraqiylar» oqimi alohida o'rin egallaydi. Azraqiylar gunohi kabira (katta gunoh) qilgan barcha musulmonlarni «kofir» deb, ularning ta'limotiga qo'shilmagan kishilarga qarshi jihod e'lon qilish, hattoki, qariya, ayol va bolalarning qonini to'kishni halol, deb bilganlar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ummatning 73 firqaga bo'linishini aytganlar. Bu aytganlari vafotlaridan keyin o'z tasdig'ini topdi. U firqalardan qadariya, murjia va xavorijlarni o'z hadisi shariflarida nomma-nom keltirib, ulardan ogoh bo'lishni vasiyat ham qilganlar. Hulafoi roshidinlar zamonidan to Imom Moturidiy zamonasigacha, asosan quyidagi firqa yoki oqimlar paydo bo'lib, ummati muhammadiya o'rtasiga tafriqa va fitna solishga harakat qilgan edilar. Ular – qadariya, murjia, xavorij, shia, mo''tazila, ravofiz (rofiziylar), sabaiya, ziroriya, jahmiya, botiniya, karomita, hurramiya, karromiya (mujassima[5]), jorudiya, sulaymoniya (jaririya), butriya, bahniya, mugiriya, janohiya, mansuriya, xattobiya, hululiya, azoriqa, najadot, sufriya, ajorida, xozimiya, shahbiya, ma'lumiya, majhuliya, ma'badiya, rashidiya, mukarramiya, hamziya, ibrohimiya, voqifa, hafsiya, horisiya, yazidiya, maymuniya, mo'tazila firqalaridan – Vasiliya, amriya, huzaliya, nazzomiya, murdoriya, ma'mariya, samomiya, johiziya, xobitiya, himoriya, xatotiya,shahlamiya, ashobi Solih qubba, marisiya, ka'biya, jubboiya, bahshamiya, murjia firqalaridan – Abu Shimr, Muhammad ibn Shabib va Holidiy firqalari, yana murjiaga – yunusiya, g'assoniya, savboniya, sumaniya, marisiya, najjoriyalardan – burg'usiya, za'faroniya, mustadrika, karromiylardan – haqoiqiya, taroqiya, ishoqiya. Demak, zikr etilganlardan 20 firqa rofiziylar, 20 firqa xavorijlar, 20 firqa kadariy va murjialar, 12 firqa qolgan najjoriya, bakriya, ziroriya, jahmiya, karromiya kabi oqimlarga taqsimlab chiqilsa, umumiy soni hadisi sharifda aytilgan 72 ta adashgan firqalarning adadiga to'g'ri keladi[6].

73-firqa esa, Ahli Sunna val-Jamoa deya ataluvchi mazkur hadisi sharifda qayd etilgan nojiya (najot topuvchi) firqadirkim, Abu Hanifa (Imom A'zam), Imom Molik, Imom Shofiiy, Imom Ahmad, Avzoiy, Savriy kabi buyuk mujtahid allomalar va ularning izdosh va maslakdoshlari unga mansubdirlar.

4-kurs talabasi Abdusattarov Muhammad Mubin

[1] Karimov I.A. Havfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. 1-jild. – Toshkent: O'zbekiston, 2002. – B. 105-106.

[2] Mutaassib va adashgan oqimlarning paydo bo'lish tarixi (1-qism). http://muslim.uz/

[3] Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.

[4] https://savollar.islom.uz/s/54243

[5] Tajsim – Allohni jism ko'rinishida tasavvur etish; ko'pincha tashbihning sinonimi sifatida ishlatiladi. Tajsim izdoshlarini mujassima firqasi deb atashadi.

[6] A. Tulepov Islom va aqidaparast oqimlar. Ikkinchi nashr – T.: «Sharq», 2013. – 41B.

Boshqa maqolalar

Allohim, ofiyatda qil va shifo ber

30.06.2025   3067   1 min.
Allohim, ofiyatda qil va shifo ber

Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Men kasalimdan shikoyat qilib: «Allohim, agar ajalim yaqinlashgan bo‘lsa, meni rohatlantir, agar ajalimni kechiktirgan bo‘lsang, mendan kasallikni ko‘tar. Agar balo keltirgan bo‘lsang, menga sabr ber», deb aytayotganimda, nogahon oldimdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘tib qoldilar. Va: «Nima deding?» deb so‘radilar. Men aytganlarimni takrorladim. U zot oyoqlari bilan meni turtib: «(Yo‘q,)

اللهُمَّ عَافِهِ أَوْ اشْفِهِ

«Allohumma ’afihi» yoki «Allohumma ishfihi» (Allohim, ofiyatda qil yoki shifo ber), deb ayt», dedilar. Men ana shu kundan keyin kasallikdan shikoyat qilmadim» (Imom Termiziy rivoyati).