Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Oktabr, 2025   |   14 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:07
Quyosh
06:25
Peshin
12:16
Asr
16:12
Shom
18:01
Xufton
19:12
Bismillah
06 Oktabr, 2025, 14 Rabi`us soni, 1447

“Sahihul Buxoriy”ning samarqandlik roviylarini bilasizmi?

28.04.2021   2147   9 min.
“Sahihul Buxoriy”ning samarqandlik roviylarini bilasizmi?

“Sahihul Buxoriy”ni Imom Buxoriyning o'zidan juda ko'p odam eshitgan. Bu haqda uning eng mashhur shogirdlaridan biri Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Firabriy (hijriy 231-320 y.): “Muhammad ibn Ismoil Buxoriyning “Sahihul Buxoriy” kitobini muallifning o'zidan to'qson ming kishi eshitgan. Bu kitobni Imom Buxoriyning o'zidan rivoyat qiladigan mendan boshqa biror kishi qolmadi”, deb aytadi.

Haqiqatan, “Sahihul Buxoriy” versiyalari orasida Imom Firabriyning rivoyati juda mashhur bo'lib ketgan. Buning sababi uning uzoq umr ko'rgani va kitobining nusxasi to'liq bo'lganidir. 

Imom Buxoriyning vafotidan keyin “Sahihul Buxoriy”ning asl nusxasi shogirdi Abu Abdulloh Firabriyning qo'lida qolgan. Shu tariqa “Sahihul Buxoriy”ning Imom Firabriy rivoyati mashhur bo'lgan. Undan “Sahihul Buxoriy”ni juda ko'p shogirdlar ta'lim olgan va asar matnini ustozining qo'lidagi asl nusxadan ko'chirgan. Birorta tahqiqchi va ahli ilm ular yozgan nusxalarga shak-shubha qilmagan va e'tiroz bildirmagan. 

Ibn Rushayd Sabtiy bunday deb aytadi: “Bugun mashriq va mag'ribda “Sahihul Buxoriy” kitobini eshitishda sanadi Imom Buxoriyga bog'langan yo'l Abu Abdulloh Firabriyning yo'lidir. Rivoyati komilligi, muallifga yaqinligi va roviylarining mashhurligi uchun odamlar unga suyanadi. Uning qo'lida “Sahihul Buxoriy”ning asl nusxasi bo'lgan va undan Abu Abdulloh Firabriyning shogirdlari ko'chirib olgan. Bu esa Abu Abdulloh Firabriyni qo'llab-quvvatlaydigan hujjat va uning to'g'riligiga guvohdir. So'ngra, “Sahihul Buxoriy” kitobi Abu Abdulloh Firabriydan mutavotir yo'l bilan naql qilingan. Musulmonlar buni mahkam ushlagan va unga ijmo' bog'langan. Natijada hujjat aniq bo'lgan”. 

“Sahihul Buxoriy”ni Imom Firabriydan juda ko'plab siqa (ishonchli) roviylar jamoasi rivoyat qilgan. Hususan, Samarqandlik Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Mat Ishtixoniy Samarqandiy va Shayx Abu Ali Ismoil ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Hojib Kushshoniy (vaf. 391 h.) ham Imom Firabriyning eng mashhur shogirdlaridan hisoblanadi. 

Abu Bakr Ishtixoniy Samarqandiy 

Imom faqih Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Mat Ishtixoniy Samarqandiy “Sahihul Buxoriy”ni hijriy 319 yilda (Imom Firabriyning vafotidan bir yil oldin) Imom Firabriydan eshitgan. 

Imom Dovudiy bunday deydi: “Men Ishtixonda Ibn Matning huzuriga kirganimda, u menga: “Sen “Sahihul Buxoriy”ni eshitganmisan”, dedi. Men: “Ha”, dedim. U: “Kimdan”, deb so'radi. Men: “Ismoil Hojibiydan”, dedim. Shunda u: “Uni mendan ham eshitgin. Albatta, men uni (ikkinchi marotaba ham) mustahkamlab berayin. Men fiqhni o'rgangandim va “Sahihul Buxoriy”ni eshitgan paytimda katta  faqih edim. Ismoil esa elkada ko'tarib yuriladigan va o'zi yurolmaydigan yosh bola edi. Mening eshitishim bilan uning eshitishi teng bo'ladimi?” dedi. Men “Sahihul Buxoriy”ni Ibn Matdan ham eshitganman”. 

U Muhammad ibn Yusuf Firabriy va Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad ibn Odam Shoshiydan hadis rivoyat qilgan. 

Undan Abu Sa'd Idrisiy, Ali ibn Saxtam Samarqandiy, faqih Abu Nasr Dovudiy va boshqalar hadis o'rgangan. 

Ibn Asir Jazariy: “U shofe'iy mazhabining imomlaridan bo'lgan va “Sahihul Buxoriy”ni Imom Firabriydan rivoyat qilgan. Hijriy 381 yilning rajab oyida vafot etgan”, degan. 

“Hijriy 388 yilda vafot etgan” degan gap ham bor. Abu Sa'd Idrisiy “Tarixi Samarqand” asarida bunday deydi: “Abu Bakr ibn Mat Ishtixoniy – shayx, fazilatli, taqvodor va fiqhda shofe'iy mazhabining imomlaridan bo'lgan. Biz undan Ishtixonda bir necha marotaba hadis yozib olganmiz. U Muhammad ibn Yusuf Firabriy, Hasan ibn Sohib Shoshiy va boshqalardan hadis rivoyat qilgan. U hijriy 388 yilning rajab oyida Ishtixonda vafot etgan”. 

Shayx Abu Ali Kushshoniy

Shayx, asosiy tayanch va samimiy ulamo Abu Ali Ismoil ibn Muhammad ibn Abu Nasr Muhammad ibn Ahmad ibn Hojib ibn Hamona Kushshoniy (Kushshon Samarqanddan 12 farsax uzoqlikda joylashgan shahar). U “Sahihul Buxoriy”ni Imom Firabriydan hijriy 320 yilda eshitgan va undan eshitgan roviylarning eng oxirgisi hisoblanadi. Shuningdek, u Abu Nu'aym Abdulmalik ibn Muhammad ibn Adiy Usturoboziy, Abu Hasson Muhayb ibn Salim va boshqalardan hadis eshitgan. 

Undan oliy sanadni talab qilgan juda ko'p ulamolar “Sahihul Buxoriy”ni rivoyat qilgan. Undan Hofiz Hasanning ukasi Abu Abdulloh Husayn ibn Muhammad Holal, Abu Sahl Ahmad ibn Ali Abyurdiy, Abu Abdulloh G'unjor va boshqalar hadis eshitgan. 

Imom Sam'oniy: “U kushshonlik shayx, siqa (ishonchli), solih va mashhur ulamo bo'lgan. Odamlar uni oldiga kelib hadis eshitgan”, degan.

Imom Zahabiy: “U shayx, asosiy tayanch va samimiy kishi bo'lgan”, degan. Yana Imom Zahabiy: “U uzoq umr ko'rgan shayx bo'lgan va (oliy sanad bilan) “Sahihul Buxoriy”ni rivoyat qilgan roviylarning eng oxirgisidir”, degan.

Abu Sa'd Idrisiy: “Abu Ali Kushshoniy hijriy 391 yilda vafot etgan”, degan. Mu'tamin Sojiy esa: “U hijriy 392 yilda vafot etgan”, degan. 

Abu Ali Kushshoniyning tarjimai holini yozgan juda ko'p ulamolar uni Imom Firabriydan “Sahihul Buxoriy”ni rivoyat qilgan roviylarning eng oxirgisi, deb aytgan. U “Sahihul Buxoriy”ni hijriy 320 yilda (Imom Firabriy vafot etgan yil) eshitgan. Abu Ali Kushshoniy uzoq umr ko'rgan, hijriy 391 yilgacha yashagan. Ya'ni, Imom Firabriyning vafotidan keyin 70 yil “Sahihul Buxoriy”ni rivoyat qilgan. Shuning uchun ham uning sanadi oliy bo'lgan. Ulamolar turli joylardan kelib, uning oldida to'plangan. 

Ibn Makula: “U Imom Buxoriyning “Sahihul Buxoriy” kitobini Firabriydan o'rgangan. Men uni “Sahihul Buxoriy”ni Imom Firabriydan rivoyat qilganlarning eng oxirgisi deb hisoblayman”, degan.  

Imom Sam'oniy: “U rivoyat qilayotgan vaqtda dunyoda “Sahihul Buxoriy”ni Imom Firabriydan rivoyat qiladigan biror kishi qolmagan edi”, degan. Yana Imom Sam'oniy: “U dunyoda “Sahihul Buxoriy”ni Muhammad ibn Yusuf Firabriydan rivoyat qilgan roviylarning eng oxirgisidir”, degan. Shuning uchun juda ko'p ulamolarni Abu Ali Kushshoniydan rivoyat qilganini ko'ramiz.

Abu Ali Kushshoniydan “Sahihul Buxoriy”ni rivoyat qilganlardan biri juda ko'p kitoblar muallifi Abul Abbos Ja'far ibn Muhammad ibn Mu'taz ibn Muhammad ibn Mustag'fir ibn Fath Nasafiy Mustag'firiy (vaf. hijriy 432 y.)dir. “Sahihul Buxoriy”ning rivoyati mana shu vosita orqali Ibn Hajar Asqaloniy va Shahobiddin Qastaloniyga bog'lanadi. 

Undan rivoyat qilganlardan yana biri Abu Abdulloh Husayn ibn Muhammad ibn Hasan Holal Bag'dodiy (vaf. hijriy 430 y.)dir. U “Sahihul Buxoriy”ni Movarounnahrda Abu Ali Kushshoniydan eshitgan. Hatib Bag'dodiy undan rivoyat qilgan “Sahihul Buxoriy”dagi ba'zi hadislarni o'zining “Al-jomi' li-axloqir roviy” va “Al-asmaul mubhamatu” kitobida keltirgan. Shuningdek, undan Abul Hasan Ali ibn Husayn ibn Ayyub Bazzor ham hadis rivoyat qilgan. “Sahihul Buxoriy”ning rivoyati mana shu yo'l orqali Qozi Iyozga bog'lanadi.    

Albatta, yuqorida zikr qilinganlar “Sahihul Buxoriy”ni Imom Firabriydan eshitib rivoyat qilgan samarqandlik ikkinchi tabaqa roviylar hisoblanadi. “Sahihul Buxoriy”ni muallifiga bog'langan sanad bilan rivoyat qilishga e'tibor qiladigan juda ko'p roviylarning sanadlari ularga borib taqaladi. Shuning uchun ham ushbu roviylar hayoti va ilmiy faoliyatini o'rganish bugungi kundagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi.  

Abduvosi ShONAZAROV, 

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

 ilmiy xodimi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Rasululloh ﷺ bu haqiqatni qanday bilganlar?

06.10.2025   1873   3 min.
Rasululloh ﷺ bu haqiqatni qanday bilganlar?

Inson osmonga ko‘tarilsa nima bo‘ladi?
Qur’onda insonning osmonga ko‘tarilishi haqida nima deyilgan?

Alloh taolo Qur’on karimda bunday deydi: “Alloh kimni hidoyatga yo‘llashni iroda etsa, uning ko‘ksi (qalbi)ni Islom uchun (keng) ochib qo‘yadi. Kimni adashtirishni iroda etsa, ko‘ksini go‘yo osmonga ko‘tarilib ketayotgandek, tor va siqiq qilib qo‘yadi. Shunday qilib, Alloh imon keltirmaydiganlarga (loyiq) jazoni ravo ko‘rgay” (An’om surasi, 125-oyat).

Doktor Salohiddin al-Mag‘ribiy (AQSH kosmik tibbiyot assotsiatsiyasi a’zosi va London kosmik tibbiyot instituti professori) Islomobodda bo‘lib o‘tgan Qur’on va Sunnadagi ilmiy mo‘jizalarga bag‘ishlangan birinchi konferensiyada ma’ruza qilgan. U o‘z nutqida inson yuqori qatlam atmosferaga ko‘tarilganda uning holati qanday bo‘lishi haqida bunday degan edi: “Bizning tana hujayralarimiz havo bilan bog‘liq.

Kislorod o‘pka orqali kirganda, ular havo bilan to‘ladi. Biroq inson yuqoriroq qatlamga ko‘tarilganda havo siyraklashadi, undagi kislorod miqdori kamayadi. Natijada bosim tushadi va hujayralar siqiladi. Bu esa ko‘krakda siqilish hissini vujudga keltiradi.


Subhanalloh! Alloh taolo Qur’on karimda aytganidek: Go‘yo u osmonga ko‘tarilib ketayotgandek.

Bu esa nafas olishning qiyinlashishiga olib keladi. Oyatda aytilganidek: unga ko‘ksini tor va siqiq qilib qo‘yadi”.

Doktor so‘zida bunday davom etadi:

— Dengiz sathidan 10 000 futgacha (3 km) organizmda sezilarli o‘zgarish bo‘lmaydi.

— 10 000 futdan 16 000 futgacha (3–5 km) havo kamayganiga organizm moslasha boshlaydi.

— 16 000 futdan 25 000 futgacha (5–7,5 km) ko‘krak siqila boshlaydi, odam boshi aylanishi, hushdan ketishi yoki yiqilishi mumkin.

Bu balandlikda nafas olish juda qiyinlashadi. Samolyot uchuvchilarida kislorod ta’minoti tizimi ishdan chiqsa, aynan shunday hol yuzaga keladi. Chunki qanchalik yuqori ko‘tarilsa, shunchalik havoda kislorod kamayadi, nafas olish og‘irlashadi va hayotiy jarayonlar izdan chiqadi.

25.000 fut balandlikdan keyin insonning me’dasidagi gazlar kengayib, diafragmaga bosim qiladi. Diafragma esa o‘pkaga bosim o‘tkazadi. Shuning uchun ko‘krakda qattiq siqilish hissi paydo bo‘ladi. Bu holat aynan Qur’on karimda aytilgani kabidir:

“Alloh kimni hidoyatga yo‘llashni iroda etsa, uning ko‘ksi (qalbi)ni Islom uchun (keng) ochib qo‘yadi. Kimni adashtirishni iroda etsa, ko‘ksini go‘yo osmonga ko‘tarilib ketayotgandek, tor va siqiq qilib qo‘yadi. Shunday qilib, Alloh imon keltirmaydiganlarga (loyiq) jazoni ravo ko‘rgay” (An’om surasi, 125-oyat).

Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning muborak qo‘llarida bu haqiqatni bilish uchun uchuvchi apparatlar yoki havo kimyosi asboblari bor edi, deb ayta olamizmi?

Yo‘q. u zot sollallohu alayhi vasallam bundan ulkanroq narsaga Allohning vahiysiga ega edilar.

Bu masala ustida Jiddadagi Podshoh Abdulaziz universitetining to‘rt nafar olimi tadqiqot olib borishgan. Yushidi Kozanu — Yaponiyaning Tokio shahridagi observatoriya direktori bo‘lgan olimga ushbu oyatlar tarjima qilinganda, u juda hayratda qolgan. U Qur’on karimdan oyatlarni eshitib turdi, u oyatlar esa Kozanuning ilm sohasi — astronomiya va atmosfera haqida edi. So‘ng u bunday dedi: “Qur’on karim kim tomonidan kelgan bo‘lsa, U barcha narsani, har bir mayda-chuydasini ham biladi”.


Ilyosxon AHMЕDOV